O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

«Ta’lim to’g’risida»gi Qonunga binoan O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti
sohasi, ta’lim, ustuvor deb e’lon qilingan.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy printsiplari quyidagilardan iborat qilib
belgilangan:
1. Ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xarakterda ekanligi;
2. Ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
3. Umumiy o’rta, shuningdek o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi;
4. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo’nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar
kollejida o’qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
5. Ta’lim tizimining dunyoviy xarakterga ega ekanligi;
6. Davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
7. Ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
8. Bilimli bo’lishni va iste’dodni rag’batlantirish;
9. Ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg’unlashtirish.
Ta’lim to’g’risidagi qonunga binoan Kadrlar Tayyorlash Milliy dasturi qabul qilindi. U
uzoq davrga mo’ljallangan bo’lib ta’limning barcha tizimini va turlarini, tizimini isloh qilishga
qaratilgandir.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi quyidagi ta’lim turlarini belgiladi.
 Maktabgacha ta’lim – maktabgacha ta’lim bola sog’lom, har tomonlama kamol topib
shakllanishini ta’minlaydi, unda o’qishga intilish hissini uyg’otadi, uni muntazam ta’lim olishga
tayyorlaydi. Maktabgacha ta’lim bola olti-etti yoshga yetgunicha davlat va nodavlat
maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi. Maktabgacha
ta’lim maqsadi va vazifalarini ro’yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari,
halqaro fondlar faol ishtirok etadi.
Umumiy o’rta ta’lim To’qqiz yillik (I-IX sinflar) o’qishdan iborat umumiy o’rta ta’lim
majburiydir. Ta’limning bu turi boshlang’ich ta’limni (I-IV sinflar) qamrab oladi hamda
o’quvchilarning fanlar asoslari bo’yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o’zlashtirish
ehtiyojini, asosiy o’quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy
qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat ko’nikmlarini, ijodiy fikrlash va
atrof-muhitga ongli munosabatda bo’lishni va kasb tanlashni shakllantiradi. Umumiy o’rta ta’lim
tugallanganidan keyin ta’lim fanlari va ular bo’yicha olingan baholar ko’rsatilgan holda davlat
tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat beriladi.


110

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling