109
3. Amaldagi ta’lim-tarbiya jarayoni zamonaviy talablarga javob berolmasligi,
mutaxassislar tayyorlash, ta’lim-tarbiya tizimini jamiyatdagi bo’layotgan islohot, yangilanish
jarayonlari talablari bilan bog’lanmaganligi ko’rinib qoldi.
4. Yoshlarning sezilarli qismi (O’rta maktabni bitirganlarining 70 foizgacha bo’lgan
qismi) mehnat
bozoriga kirishga tayyor emas, chunki ular ma’lum bir kasb-malakaga ega emas
edi.
5. Aksariyat maktablarning moddiy texnika va axborot bazasi
yetarli axvolda emasligi,
O’rta va Oliy maktablarning zarur uskunalar bilan ta’minlanganligi esa-talab darajasidan ancha
past bo’lganligi, sifatli o’quv-uslubiy adabiyotlarni kamligi sezilarli darajada edi.
6. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning axvoli qoniqarsiz darajada qoldi. Bog’cha
yoshdagi
bolalarning 25 foizi maktabgacha bolalar muassasalariga qamrab olingan edi, xolos.
7. Maktablarda va boshqa o’quv yurtlarida ta’lim jarayonining o’zidagi va o’qitish
uslubiyatidagi juda ko’p kamchiliklar o’quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlanmay
qolishga sababchi bo’lib qolgan edi. O’rta maktabni bitirganlarning 10 foizigina Oliy o’quv
yurtlariga o’qishga kirar edi, xolos.
Yuqorida ko’rsatilgan va boshqa muammolar ta’lim jarayonlarini
chuqur isloh qilish
lozimligini taqozo etdi.
SHuning uchun O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1997 yil avgust oyida
«Ta’lim
to’g’risida» Qonun qabul qildi. Bu qonunda ta’lim sohasidagi davlat
siyosatining asosiy
printsiplari, ta’lim tizimi va turlarining xuquqiy asoslari belgilab berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: