O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aralash moliyalashtirish
- Xususiy moliyalashtirish
- Sog’liqni saqlash sohasida nodavlat tashkilotlarning shakllanishi va rivojlanishini
saqlandi;
¬ shaharlarda: maslahat – diagnostik poliklinika (yoki diagnostika markazi) - shahar kasalxonasi. ¬ Tibbiy xizmat sohasida tor mutaxassislik yo’nalishlaridan voz kechib, bosqichma- bosqich umumiy amaliyotchi vrachlarni tayyorlashga o’tildi. Bundan maqsad, sog’liqni saqlash tizimining boshlang’ich bo’g’inidan ko’p sohali malakali tibbiy yordam olishni ta’minlashdir. Umumiy amaliyotchi vrach bu terapevt, otolaringolog, ambulatoriya sharoitida diagnoz qo’yib og’ir bo’lmagan operatsiyalarni bajara oladigan xirurgdir. Dasturga muvofiq tibbiy hamshiralarni kollejlarda tayyorlanadi. Ular kollejlarda 3 yil o’qigandan so’ng Oliy o’quv yurtiga kirishlari va xorijiy davlatlarda bo’lgani kabi oliy ma’lumotli hamshira kasbini olishlari mumkin. ¬Respublikamizda pullik tibbiy xizmat ko’rsatish tizimini shakllantirish ham ko’zda tutilgan. Bunday tibbiyot muassasalari moliyalashtirishning ikki xili negizida shakllantiriladi. Birinchisi, xususiy moliyalashtirish. Bunda yuridik va jismoniy shaxslardan ko’rsatilgan tibbiy xizmatlar uchun pul undiriladi. Ikkinchisi, aralash moliyalashtirish. Bunda sarf-xarajatlarning ma’lum qismi davlat byudjetidan ajratiladigan dotatsiyalar hisobiga qoplanadi. Aralash moliyalashtirish asosida faoliyat yurituvchi tibbiy muassasalar jumlasiga kattalar va bolalarga mo’ljallangan ko’p tarmoqli kasalxonalar, ixtisoslashgan markaz va klinikalar, sog’liqni saqlash, sanitariya, farmakologiya sohasida izlanishlar olib boruvchi, ilmiy- tadqiqot tashkilotlari, qisman tibbiy kadrlarni tayyorlash bilan band o’quv dargohlari kiradi. Xususiy moliyalashtirish printsipiga asosan, shaxsiy amaliyotchi vrachlar, nodavlat davolash profilaktika tashkilotlari, homila-dorlarga va tug’adigan ayollarga tibbiy yordam ko’rsatuvchi ayrim xususiylashtirilgan muassasalar ish yuritadi. Sug’urta kompaniyalarining maqsadli pul o’tkazmasi, yuridik va jismoniy shaxslarning xizmat xaqini to’lashi tibbiy xizmat ko’rsatuvchi nodavlat muassasalarining moliyaviy ta’minot manbai hisoblanadi. Yalpi xarajatlar tarkibida sog’liqni saqlash tizimidagi harajatlar 10 % dan 13% ga ko’paydi. ¬Sog’liqni saqlash ishini takomillashtirish va «detsentralizatsiya» yo’li bilan boshqarishni tashkil etish; Boshqarish va taqsimlash funktsiyalarini pastki-quyi bo’g’inga zvenoga berish; Sog’liqni saqlash vazirligi boshqarishning oliy organi sifatida sog’liqni saqlashning strategik masalalarini hal qilish bilan shug’ullanishi lozim. ¬Respublikada sog’liqni saqlashni isloh, qilishning muhim muammolaridan bo’lib bu majburiy tibbiy sug’urtalashga o’tish masalasidir. Ma’lumki, ko’pchilik rivojlangan davlatlarda tibbiy sug’urtalash o’z samarasini ko’rsatgan. O’zbekistonda bu masalani hal qilishda shoshma- shosharlikka yo’l qo’ymasdan aholini iqtisodiy, demografik, tarixan vujudga kelgan urf-odatlarni e’tiborga olish lozim. Tibbiy sug’urtalash mexanizmini amalda qo’llashni ta’minlash maqsadida Davlat fondi tashkil etilgan. SHuningdek, ixtiyoriy tibbiy sug’urtalash bilan shug’ullanuvchi xususiy fondlar shakllantirildi, davlat nazorati ostida faoliyat yuritayotgan boshqa sug’urta tashkilotlariga tibbiy sug’urtalash bilan shug’ullanishga ruxsat berildi. ¬ Sog’liqni saqlash sohasida nodavlat tashkilotlarning shakllanishi va rivojlanishini Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling