O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi. Uning Qonunchilik palatasi (quyi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi quyidagi tarkibga ega: 1. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri
2. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi. Uning Qonunchilik palatasi (quyi
palata) va Senati (yuqori palata), tegishli hay’at va qo’mitalari. Oliy majlisning Qonunchilik palatasi qonun yaratishdek muhim va zarur ish bilan shug’ullanadi. Qonunchilik palatasi sessiyalari sentyabrning birinchi ish kunidan boshlab, kelgusi yilning ohirgi ish kuniga qadar, demak 10 oy mobaynida o’tkaziladi. SHunday qilib Qonunchilik palatasi doimiy faoliyat yuritadi. Quyi palatada 150 ta deputat, (saylov kuni 25 yoshga to’lgan hamda kamida besh yil O’zbekiston hududida muqim yashayotgan O’zbekiston fuqarosi Qonunchilik palatasi deputati, shuningdek, Senat a’zosi bo’lishi mumkin). Ularning ichidan palataga rahbarlik qiluvchi Spiker (notiq) va uning o’rinbosarlari faoliyat yuritadi. Ishni samarali tashkil etish, palata qo’mitalari ishini muvofiqlashtirib borish, qonun loyihalarini tayyorlashni rejalashtirish masalasini dastlabki tarzda ko’rib chiqish maqsadida Qonunchilik palatasi kengashi tuziladi. SHuningdek quyi palata tarkibida qo’mitalar ham faoliyat yuritadi. Ushbu qo’mitalar qonun loyihalarini tayyorlash ishini olib boradi. Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko’rib chiqadi va tayyorlaydi. O’zbekiston Respublikasi qonunlari hamda palata tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qiladi. Qonunchilik palatasida qonunchilik tashabbusi huquqiga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, qonunchilik palatasi deputatlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xo’jalik sudi, Bosh prokurori egadirlar. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi quyidagi tarkibga ega: 1. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri 2. Oliy Majlis Spikerining 5 ta o’rinbosarlari: O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi konunchilik palatasi qo’mitalari: - Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo’mitasi - Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo’mitasi 133 - Mehnat va ijtimoiy masalalar qo’mitasi - Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo’mitasi - Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo’mitasi - Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo’mitasi - Agrar va suv xo’jaligi masalalari qo’mitasi - Fan, ta’lim madaniyat va sport masalalari qo’mitasi - Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqaroning o’zini o’zi boshqarish organlari qo’mitasi - Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo’mitasi - Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo’mitasi 3. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiniing Inson huquqlari bo’yicha vakili. 4. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi devoni. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majtasining Senati to’g’risidagi Konstitutsiyaviy Qonun yuqori palataning huquqiy maqomini belgilab bergan. Ma’lumki, Respublikada 14 ta ma’muriy hududiy birlik (Qoraqalpog’iston Respublikasi, 12 ta viloyat va Toshkent shahri) mavjud. Ularning har biridan 6 nafardan vakil tegishli qo’shma majlislarda Senatga (oqsoqollar kengashi ma’nosida) saylanadi. SHuning uchun mazkur palata Qonunda hududiy vakillik palatasi deb ataladi. SHunday qilib joylardan saylangan jami 84 nafar senator yoniga yuqori palataning 16 nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat hayotining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo’lgan, shuningdek, alohida xizmat ko’rsatgan eng obro’li fuqorolar orasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling