O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Bozor tizimida davlatning iqtisodiyoti tartiblashdan iborat faoliyati


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

Bozor tizimida davlatning iqtisodiyoti tartiblashdan iborat faoliyati
ma’muriy taziyq orqali emas, balki iqtisodiy vositalar bilan amalga oshiriladi.
Davlat iqtisodiyotni boshqarishdagi asosiy vazifalari va funktsiyalari
quyidagilardan iborat:
O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmonlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar amalda ro’yobga
chiqarilishini,ularning ijrosi ustidan ta’sirchan nazorat amalga oshirilishini
ta’minlash;
Tashqi va ichki siyosatni amalga oshirish, davlatning tashqi va ichki
havfsizligini ta’minlash;
Mamlakatni strategik rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini
belgilash,davlatning maqsadli dasturlarini ishlab chiqish hamda ularni amalga
oshirishni tashkil qilish,iqtisodiy islohotlarni ro’yobga chiqarish borasidagi chora-
tadbirlarni amalga oshirish;
Insonning konstituttsiyaviy huquqlari va erkinliklarini, aholining ta’lim.
tibbiy xizmat, ijtimoiy ta’minotga bo’lgan huquqlarini ta’minlash va himoya qilish,
mehnat bozorini tartibga solish, ijtimoiy sohada umumdavlat boshqaruv tizimi
faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish;
Tegishli hususiy muhitni yaratish, litsenziyalash, sertifikatlashtirish va
standartlashtirish orqali ho’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tomonidan
tartibga solish;
Soliqlar, bojxona to’lovlarini yig’ish, davlat daromadlarini taqsimlash yo’li
bilan xazinaga oid vazifalarni amalga oshirish.
8.2 Milliy iqtisodiyotni boshqaruv tizimi, tarkibi va vazifalari
O’zbekiston Respublikasining Konstituttsiyasiga binoan davlat boshqaruv
organlari quyidagicha:
1. O’zbekiston fuqarolarining umumiy saylov yo’li bilan tayinlanadigan
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga 35 yoshga to’lgan, bevosita
saylovgacha kamida 10 yil O’zbekiston hududida muqim yashagan, davlat tilini
yaxshi biladigan O’zbekiston fuqarosi saylanishi mumkin. O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti O’zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan
umumiy, teng va to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi asosida, yashirin ovoz berish
yo’li bilan besh yil muddatga saylanadi. Prezident devoni tarkibida:
1. Tashkiliy kadrlar xizmati.
2. Oliy majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan xamkorlik kilish xizmati.


132
3. Huquqni muxofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvoqlashtirish
xizmati.
4. Ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish xizmati.
5. Fan, ta’lim, sog’liqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari xizmati.
6. Ommaviy axborot vositalari, madaniyat, san’at va ijodiy tashkilotlarni
rivojlantirish masalalari xizmati.
7. Ishlar boshqarmasi.
8. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining protokol xizmati.
9. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati.
10. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining kantselyariyasi
11. O’zbekiston Respubikasi Prezidenti xuzuridagi milliy xavfsizlik kengashi
kotibining xizmati kabi bo’limlar mavjuddir.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling