IX BOB. STRATEGIK REJALASHTIRISH VA UNI TASHKIL ETISH
Reja:
§ 1. Strategik rejalashtirish nazariyasi, uning mohiyati va vazifalari.
§ 2. Strategik rejalashtirishning metodologiyasi.
9.1.Strategik rejalashtirish nazariyasi, uning mohiyati va vazifalari.
Ma’lumki, bozor munosabatlari ishlab chiqarish vositalariga va iste’mol
buyumlariga bo’lgan xususiy mulkchilikka, tovar ishlab chikaruvchilarni erkin
faoliyatiga, erkin raqobat va iqtisodiyotni ochiqligiga asoslanadi.
Iqtisodiyotning markazdan turib boshqaruv tizimiga xos xususiyatlari
bo’lib barcha bosqichlarni qamrab olish, ishlab chikarishni yuqori darajada
kontsentratsiyalashuvi va uni davlat korxonalarida monopollashganligi, ishlab
chikarish faoliyatini xalq xo’jaligi samaradorligiga yo’naltirilganligi,
mamlakatning yagona xalq xo’jalik majmuini yopiqligi bo’lib hisoblanadi.
Sobiq SSSRda rejalashtirishning umumdavlat tizimi mavjud edi. U
yuqoridan toki quyigacha bo’lgan boshqaruv va xo’jalik organlarini faoliyatini
barcha qirralarini nazorat qilar edi. Bozor iqtisodiga o’tilishi munosabati bilan
vaziyat tubdan o’zgardi. Bozor iqtisodiga har qanday ma’muriy buyruqbozlik bilan
kiritiladigan rejalar yotdir, chunki xo’jalik sub’ektlari ham huquqiy ham iqtisodiy
jihatdan davlat boshqaruvida emaslar.
Sobiq Ittifoq davrida tepadan tushirilgan rejalar qonun darajasigacha
ko’tarilgan bo’lsa ham ulardan samara bo’lmadi. SHuning uchun iqtisodiy
islohotlar jarayonini boshlanishidan rejalashtirishga bo’lgan e’tibor susaya bordi.
Hozir ham bu masalaga byurokratik kamchiliklarga ega bo’lgan hol deb qarash
uchrab turadi. Iqtisodiy rivojlanishni, aholini turmush darajasini yaxshilashni
asosiy vazifa qilib qo’ygan har bir davlat uning mexanizmlarini, bajarish
muddatlarini oldindan belgilaydi. Holbuki, yetti marta o’lchab bir marta kesgan
kishi yutqazmaydi. Ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari
bilan bog’liq bo’lgan har qanday muammo pirovard natijalarni oldindan ko’ra
bilishni, bashorat qilishni va rejalashtirishni talab qiladi. SHunday ekan, bozor
Do'stlaringiz bilan baham: |