O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


X BOB. TASHQI IQTISODIY FAOLIYaT


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

X BOB. TASHQI IQTISODIY FAOLIYaT
Reja:
§
1. O’zbekiston mustaqilligi va uning tashqi iqtisodiy faoliyati printsiplari. Ochiq
iqtisodiyot modeli.
§
2. Tashqi iqtisodiy aloqalar va hamkorlikning asosiy shakllari va yo’nalishlari.
§
3. Tashqi iqtisodiy faoliyat va uni boshqarishni tashkil qilish
10.1. O’zbekiston mustaqilligi va uning tashqi iqtisodiy faoliyati printsiplari. Ochiq
iqtisodiyot modeli.
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng xalqaro hamjamiyatning teng huquqli
a’zosi bo’ldi. O’zbekiston xalqaro munosobatlarda mustaqil suveren davlat sifatida faoliyat olib
boradi. Mustaqillik tufayli ko’pchilik xorijiy davlatlari bilan mustaqil iqtisodiy hamkorlik
aloqalari o’rnatdi. Bu hamkorlik davlat siyosatining muhim qismi bo’lib, respublika iqtisodiy
rivojlanishining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilab qo’yilgan.
O’zbekiston davlat siyosatining maqsadi respublika iqtisodiyotini jahon iqtisodiy
tizimiga integratsiyalashuvini ta’minlash va haqiqatda ochiq iqtisodiyotga
erishishdir.Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda mazkur mamlakat yuridik va jismoniy
shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek, xalqaro
tashkilotlar bilan o’zaro foydali iqtisodiy aloqalarni o’rnatish va rivojlantirishga
qaratilgan faoliyati tushuniladi.
O’zbekiston o’tmishda juda ko’p mineral xom ashyo resurlariga, katta ishlab chiqarish
texnika imkoniyatlariga, boy mehnat resurslariga ega bo’lgani holda, strategiya jihatidan juda
qulay geopolitik holatda joylashgan bo’lishiga qaramay tashqi dunyodan ajralib qolgan
edi.Respublikaning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi xalqaro mehnat taqsimotida, boshqa
davlatlar bilan teng huquqli aloqalar o’rnatishni nafaqat imkoniyatini, balki uning zaruratini ham
ochib berdi.
Prezidentimiz I.Karimov o’zining asarlari, ma’ruza va nutqlarida tashqi siyosiy va
iqtisodiy aloqalarning asosiy tamoyillarini nazariy va amaliy jihatdan puxta asoslab berdi. Tashqi
siyosatga tinchlik barqarorlik, hamkorlik yo’li asos qilib olindi.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling