O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalqaro turizm.
Fan-texnika hamkorligi tashqi iqtisodiy faoliyatning muhim shakllaridan biridir.
Respublikada hal qilinayotgan strategik vazifalar jahon hamkorligida ilmiy-izlanish, laboratoriya va ishlab chiqarishda ishtirok etish kabi shakllarda faol olib borilishi kerak. Jahon tajribasi bunday hamkorlikning turli shakllarini ishlab chiqqan: 1. Hamkorlikda fundamental va Amaliy ishlanmalarni olib ata va ularning natijalarini almashinish; 2. Ilmiy texnika imkoniyatlarni birlashtirib hamkorlikda ishlab chiqarishni tashkil qilish; 3. Muhim umuminsoniy muammolarni hal qilishda ilmiy-texnika jamaotchiligi vakillarini xalqaro konferentsiyalarda, simpoziumlarda qatnashishi; 4. Texnologik yutuqlar, axborotlar va hokazolar bilan ayriboshlash hamkorligida qatnashish; 5. Kadrlar, mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishda qatnashish. Yuqorida qayd etib o’tilgan hamkorlikni hayotga tadbiq qilish respublikaning intellektual va iqtisodiy salohiyatini o’stirishga xizmat qiladi hamda jahon iqtisodiy hamjamiyatida respublika reytingini sezilarli oshirishga sharoit yaratib beradi. Xalqaro turizm. O’zbekiston Respublikasi O’rta Osiyo mamlakatlari o’rtasida eng ata sayyohlik salohiyatiga ega bo’lgan davlatdir. Yurtimiz o’zining tarixiy maskanlari, Buyuk Ipak yo’lining rivojlanishini o’ziga aks ettiradigan ko’p asrlik tarixiy va madaniy 4 mingdan ziyod tarixiy-arxitektura yodgorliklari bo’lgan boy merosga egaligi jihatidan dunyoda yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. Samarqand, Buxoro, Xiva, SHahrisabz, Qo’qon kabi qadimiy madaniy yodgorliklarga boy shaharlar butun dunyoga mashhur. Bu azim shaharlar betakror tarixiy qiyofasi bilan har qanday odamni maftun etadi. Hozirgi vaqtda Respublikamizning betakror tarixiy, arxitekturaviy tizimlari va yodgorliklari bilan tanishtirishga yo’naltirilgan, O’zbekistonning barcha hududlari bo’ylab yuzdan ortiq sayyohlik yo’nalishlari tashkil etilgan bo’lib, bu tarixiy ob’ektlarning 140 tasi BMTning YuNESKO tashkiloti tomonidan muhofazaga olingan. Mamlakatimizdagi mavjud rekreatsion imkoniyatlar turistik yo’nalishlarning har xil turlarini tashkil ata va sayyohlarni yil davomida qabul qilish imkonini beradi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentini 2007 yildagi farmoniga binoan, turistik tashkilotlar negizida “O’zbekturizm” Milliy Kompaniyasi tashkil etildi. “O’zbekturizm” MK O’zbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirish bilan bog’liq bo’lgan barcha masalalarni, xarakatlarni amalga oshiruvchi tashkilot hisoblanadi. Bu tashkilot barcha turlarini rivojlantirish uning moddiy-texnik bazasini va infrastrukturasini vujudga keltirish turistlarga xizmat ko’rsatish darajasini jaxon andozalariga ko’tarish, chet el valyutasi tushumini ko’paytirish, Respublikadagi tarixiy va madaniy yodgorliklar haqidagi ma’lumotlarni jahonga yoyish, turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash, yangi ish joylarini tashkil etish kabi qator masalalar bilan shug’ullanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling