O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


O’zbekistonda 1996 yilda “Erkin iqtisodiy zonalar to’g’risida” qonun qabul


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

O’zbekistonda 1996 yilda “Erkin iqtisodiy zonalar to’g’risida” qonun qabul
qilingan.
Mazkur qonunda:
- erkin iqtisodiy zonalar;
- erkin savdo zonalari;
- erkin ishlab chiqarish zonalari;
- erkin ilmiy-texnikaviy va boshqa zonalar tarzida tuzilishi mumkin, deb ko’rsatib qo’yilgan.
Ular O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi taqdimnomasiga asosan Oliy Majlis
qarori bilan tuziladi.
Erkin iqtisodiy zonani tuzish jarayoni O’zbekistonda alohida ahamiyat kasb etadi.
Respublikada uzoq vaqt mobaynida rejali markazlashgan boshqaruv tizimi hukm surgan. Bu
erkin iqtisodiy zonani tuzish xususiyatini, uning maqsad va vazifalarini belgilashda asosiy omil
bo’lib hisoblangan.
MDH davlatlarida erkin iqtisodiy zonani tuzish chet el kapitalini jalb qilishni, yangi
texnologiyaning importini ta’minlaydi. Oxir oqibatda mamlakat iqtisodiy potentsialini oshiradi,
uni dunyo xo’jaligiga teng xuquqli hamkor sifatida integratsiyalashuvini ta’minlaydi.
Rossiyada erkin iqtisodiy zona sezilarli darajada faoliyat ko’rsatayotganiga qaramasdan
MDH davlatlarida hozirgacha ham erkin iqtisodiy zona tuzish, ularning faoliyati printsiplarini
xuquqiy masalalari aniqlangan emas.
Amaliyotda erkin iqtisodiy zonalar quyidagi aniq printsiplarga rioya qilgan taqdirdagina
samarali ishlashlari mumkinligi tasdiqlanayapti:
1. Har qanday erkin iqtisodiy zona mamlakatning mustaqil xo’jalik birligi sifatida
tuzilishi va o’z faoliyatini o’z byudjeti asosida qurishi lozim.
2. Erkin iqtisodiy zona byudjetining daromad qismi quyidagilardan iborat bo’lishi
kerak:
· Erkin iqtisodiy zona hududida joylashgan korxona, birlashma tashkilotlari va u hududda
yashaydigan kishilardan tushadigan soliqlar;
· Bojxona yig’imlari, mustaqil tadbirkorlik faoliyatidan tushadigan tushumlar;
· Homiylik mablag’lari;
· Erkin iqtisodiy zona ehtiyojlariga uzoq muddatli kredit shaklida beriladigan davlat
byudjeti mablag’lari
3. Erkin iqtisodiy zona davlat tomonidan beriladigan subsidiyalarsiz, dotatsiyalarsiz
faoliyat ko’rsatishlari kerak.
4. Erkin iqtisodiy zona hududidan yig’ilgan barcha soliqlar va byudjetga to’lovlarni
hududiy boshqarmalar ixtiyorida qoldirish lozim.
Respublikada birinchi erkin iqtisodiy zona Navoiy EIIZ O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2008 yil 2 dekabrdagi PF-4059 Farmoniga muvofiq tashkil etilgan. Navoiy EIIZ
yaratilishi kontseptsiyasi quyidagi 4 tarkibiy markazlarning o’zaro mantiqiy bog’likligi
asoslangan:
- sanoat;
- logistika;
- innovatsiya;
- turistik, madaniy rekreatsion.


154
Navoiy EIIZning yaratilish asoslari:
- qulay geografik joylashuv;
- energetik resurslar bilan ta’minlanganlik;
- yetarli xom ashyo bazasi;
- rivojlangan sanoat bazasi;
- kadrlar salohiyati.
Ishlab chiqarishning quyidagi asosiy yo’nalishlari mavjud: -
elektrotexnika maxsulotlari;
- aniq mashinasozlik va avtomobilь ehtiyot qismlari;
- farmatsevtika sanoati va tibbiyot mahsulotlari;
- oziq-ovqatni qayta ishlash va qadoqlash;
- plastik mahsulotlar va polimerlar.
Hozirgi vaqtda yuqorida sanab o’tilgan korxonalarga 43,73 mln dollardan ziyod
investitsiya kiritilgan 397 ta yangi ish o’rinlari yaratilishi ko’zda tutilgan.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling