O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
Jamoat tashkilotlari:
1. Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi 2. Xotin qizlar qo’mitasi 3. O’zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy xarakati Markaziy kengashi 4. “Vatanparvar” tashkiloti 5. Avtomotoxavaskorlar ko’ngilli jamiyati 6. Bastakorlar uyushmasi 7. Nogironlar jamiyati 138 8. Qizil yarim oy jamiyati 9. Karlar jamiyati 10. Yozuvchilar uyushmasi 11. O’zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi 12. O’zbekiston xorijiy davlatlar bilan do’stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi 13. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 14. O’zbekiston musulmonlar idorasi 15. Yeparxiya boshqarmasi Bevosita iqtisodiyotni boshqaradigan, davlat iqtisodiy siyosatini hayotga tadbiq etadigan boshqaruv bo’g’inlari bu - Prezident devonida ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo’yicha Davlat maslahatchisi mavjud. Bosh Vazir, bosh vazir birinchi o’rinbosari va o’rinbosarlari, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat stasistika qo’mitasi, O’zbekiston Markaziy va tijorat banklari, Xalq banki, Davlat boj, soliq va mulk qo’mitalari, barcha vazirliklarning iqtisodiy boshqarmalari va hokimliklar. O’zbekiston Respublikasi ma’muriy jihatdan 12 ta viloyat va Qoraqalpog’iston Respublikasini o’z ichiga oladi. Ma’lumki, viloyatlar yana tumanlarga bo’linadi. Ushbu mintaqalarning boshqaruv organlari va ularning huquqiy, mulk chegaralariga o’zgartirishlar kiritildi. Mahalliy ahamiyatga molik bo’lgan qonunlar va farmonlar qabul qilish xalq tomonidan saylangan tuman, viloyat deputatlari, ularning kengashlari zimmasiga yuklatilgan. Mahalliy darajada Oliy boshqaruv va ijrochi organ -viloyat va tuman hokimiyat organlari tuzilgan. Hokimlar Respublika Prezidentining joylardagi vakili bo’lib, ular Prezident tomonidan tavsiya etiladi va mahalliy deputatlar kengashida tasdiqlanadi. SHu bilan birga ular mahalliy kengash raislari etib saylanadi. Mahalliy hokimiyatning mulk huquqlari asosiy qonunda qat’iy belgilanib, ularning shakllanish manbaalari ham aniq ko’rsatilgan. Munitsipal mulk deb atalmish ushbu mulk mahalliy sanoat, tijorat va boshqalar hisobiga tashkil etiladi va ular to’liq mahalliy hokimiyatlar tasarrufida bo’ladi. Mahalliy hokimiyatlarning iqtisodiyotning boshqaruv bo’g’inlari yuqorida sanab o’tilgan respublika organlarining bo’limlari hisoblanadi. Respublikamiz viloyat hokimliklari, Toshkent shahar hokimligi, qishloq va shahar tuman hokimliklari boshqaruv apparatining namunaviy tarkibi mavjud. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling