128
Qonunchilik iqtisodiy faoliyatning huquqiy asoslarini belgilab beradi. Davlat
qonunlarni ishlab
chiqish bilan cheklanmay, ularning amalda joriy etilishini ham
ta’minlaydi. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi uning siyosatida ifodalanadi.
Iqtisodiy siyosat ko’zlagan maqsadlar va ularga erishish vositalari yaxlitligini talab
qiladi.
9-chizma
Davlat ixtiyoridagi moliyaviy vositalar: maqsadlari va tarkibi
Davlatning ixtiyorida kuchli moliyaviy vositalar mavjud. SHulardan
eng
muhimi soliqdir.
Fan-texnika taraqqiyoti yuzaga keltirgan yangi ishlab chiqarish sohalari borki,
ularni jadal o’stirish talab qilinadi. Bu sohalarda chiqarilgan
tovarlar bozorbop
bo’lib, tez sotiladi va katta foyda keltiradi. Bu mahsulotlar sanoatning boshqa
sohalarida ishlatilganida ham katta naf beradi. Masalan, yonilg’ini tejovchi, o’tga
chidamli dvigatellar ishlab chiqaruvchi korxonalarga
soliqdan yengillik berilsa,
ularning xarajatlari soliq hisobidan kamayadi. Natijada dvigatellarni ishlab
chiqarish va ommaviy qo’llanishi ko’payadi, ular iqtisodiy o’sishga olib keladi.
Soliqlar o’z-o’zidan emas, balki muqobil tanlov qoidasini ishga solish orqali
iqtisodiy o’sishni rag’batlantiradi.
Davlat
soliqlardan tadbirkorlikni, xayr-ehson ishlarini, eksport-importni, xorij
kapitalining kirib kelishini rag’batlantirish uchun ham foydalanadi. Masalan,
O’zbekiston Respublikasi qonunlariga ko’ra
yangi ochilgan kichik firmalar, fermer
xo’jaliklari ma’lum muddat davomida soliqdan ozod qilinadi. Xayriya ishlariga
sarflangan daromadlardan ham soliq olinmaydi. Eksportbop tovar ishlab
chiqaruvchi korxonalar ham soliq imtiyozlari oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: