O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Reja: § 1. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning mohiyati va
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
Reja:
§ 1. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning mohiyati va zaruriyati § 2. Milliy iqtisoliyotni boshqaruv tizimi, tarkibi va uningn vazifalari 8.1. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning mohiyati va zaruriyati Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlardagi rejalashtirish va iqtisodiyotni tartibga solish tajribasi shuni ko’rsatayaptiki bu mexanizmlar orqali davlat jamiyatni sotsial-iqtisodiy stabilligini, makroproportsiyani tashkil qilishni, iqtisodiyotni dinamik rivojlantirishni ta’minlaydigan asosiy omillarni o’z qo’lida ushlab turadi. Har bir mamlakatda qarama-qarshi manfaatlarni, turli xil kuchlarni birlashtiradigan, jamiyatni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqadigan va amalga oshiradigan davlatni roli beqiyosdir. Bu umumiy qoidani mensimaslik og’ir oqibatlarni olib kelishi mumkin. Xususan, iqtisoddagi uzulishlar, makroiqtisodiy proportsiyalarni va mikroiqtisodiy bog’liqliklarni buzilishi, moliya, baho tizimidagi va hokazolardagi vujudga kelishi mumkin bo’lgan muammolar, shular jumlasidandir. SHuning uchun ham O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning besh tamoyilidan biri qilib respublikaning ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy rivojlanishida davlat asosiy reformator-islohatchi qilib belgilangan. Davlatning iqtisodiyotdagi o’rni va ahamiyati quyidagichadir: 1. Davlat iqtisodiyotni tartibga solib turuvchi sub’ekt hisoblanadi. 2. Davlat soliq, subsidiya, litsenziya, boj to’lovlari kabi vositalar bilan iqtisodiyotga ta’sir ko’rsatadi. Davlatning qo’lida katta moliyaviy resurslar to’planadi. 3. Davlat siyosiy hokimiyatga ega bo’lgan alohida sub’ektdir. U o’z izmini boshqa sub’ektlarga o’tkazadi. Uning organlari beradigan buyruq va farmoyishlar barcha iqtisodiy sub’ektlar uchun majburiy hisoblanadi. Ayrim tadbirkor, ishchi yoki xizmatchi, firma, korporatsiya yoki fermer xo’jaligi faqat o’zining manfaatini ko’zlab faoliyat ko’rsatadi, davlat esa yakka yoki guruhiy manfaatlarni yagonalikka birlashtiruvchi va hammaning umumiy manfaatini ifodalovchi kuch hisoblanadi. Davlat mulk sohibi, ammo uning iqtisodiyot uchun ahamiyati iqtisodiy faoliyatni tartiblay olishidan kelib chiqadi. Gap shundaki, iqtisodiyot bir maromda rivojlanib borishi uchun uning turli tarmoqlari bir-biriga mutanosib bo’lishi, bir-biriga bog’lanib, bir-birini to’ldirib turishi talab qilinadi. Buni ta’minlashning asosiy vositasi – bozor mexanizmidir. Agar bozor mexanizmi iqtisodiyotni nuqsonsiz tartiblab turganida edi, tanglik va iqtisodiy beqarorlik hech yuz bermagan bo’lar edi. Holbuki, bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida tanglik va inqirozlar uchrab turadigan hodisalardir. Demak, bozor Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling