O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
“O’zmaishiyxizmatuyushma”
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
“O’zmaishiyxizmatuyushma” tuzildi. Tizim tarmoqlarini bozor munosabatlariga o’tkazish
uchun maishiy xizmat ko’rsatish korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish – ularni ijaraga, aholiga shaxsiy mulk qilib berish hamda aktsiyadorlik korxonalari va kooperativlarni tuzish bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Ayni vaqtda mulkchilikning aralash shakllariga asoslangan korxonalar ham barpo etila boshlandi. 1992-95 yillarda maishiy xizmatga qarashli jami 12587 korxona xususiylashtirilib, 29 ijara korxonasi, 13 aktsiyadorlik jamiyatlari, 565 jamoa korxonasi, 527 shaxsiy korxona tashkil topdi, 4 mingga yaqin shaxs yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug’ullanishga o’tdi. SHahar va qishloqlarning guzarlarida 474 savdo-maishiy majmualari tashkil etildi, maishiy xizmatning 218 xil yangi shakl va usullari ishlab chiqarishga joriy etildi. 1996 yil boshlariga kelib, “O’zmaishiyxizmatuyushma”ga qarashli barcha davlat korxonalari xususiylashtirildi va ular turli mulkchilik shakllaridagi korxonalarga aylantirildi, ayrim korxonalar zarurat taqozosi bilan ko’ngilli assotsiatsiyalarga, kontsernlarga birlashtirildi. Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish ba’zan shoshilinch amalga oshirilganligi tufayli Respublika viloyatlarining yarimida maishiy xizmat uyushmalari tarqab ketdi. Maishiy xizmatga bo’lgan aholini talabini qondirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahakamasi 1995 yil 12 oktyabrda “Aholiga maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari faoliyatini barqarorlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” Qaror qabul qildi. Unga ko’ra tarmoqning viloyat va tuman tuzilmalari qaytadan tiklandi. Barcha viloyat markazlarida, tumanlarda va shaharlarda maishiy xizmat sohasidagi kichik, xususiy va o’rta biznesni muvofiqlashtirish va qo’llab-quvvatlash uyushmalari tuzildi. Respublika Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 17 sentyabrdagi Qarori bilan aholiga maishiy xizmat ko’rsatish sohasini markazdan turib boshqarishni tugatish va raqobat muhitini mustahkamlash, maishiy xizmat korxonalari va mahalliy boshqaruv organlarining xo’jalik mustaqilligini oshirish maqsadlarida “O’zmaishiyxizmatuyushma” tugatildi. Aholiga maishiy xizmat ko’rsatish ishlarini hududiy (viloyat) uyushmalari, maishiy xizmat ko’rsatuvchi tadbirkorlar tuman (shahar) 123 uyushmalari boshqardi. Respublikada aholiga maishiy xizmat ko’rsatishni rivojlantirishni 1996- 2000 yillarga mo’ljallangan dasturi muvaffaqiyatli bajarildi. O’zbekiston Respublikasida aholiga maishiy xizmat ko’rsatish sohasidagi chet el investitsiyalarini jalb qilish, yangi ishchi o’rinlarini tashkil etish maqsadida chet el firmalari bilan qo’shma korxonalar tashkil etildi. Xozirda O’zbekiston – Turkiya qo’shma korxonasi “SHuhrat” (Erkaklar ichki trikotaj kiyimlari), O’zbekiston – Afg’oniston qo’shma korxonasi “Imkon” (poyabzal ishlab chiqarish), Koreya respublikasi, Germaniya (“Ag Vella” firmasi), Turkiya, Yugoslaviya (“Lorealь”, “Legeran”, “Pьer Karden”, “Obreme”, “Fillips” firmalari) bilan aloqalar o’rnatilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil sentyabrdagi «Aholiga maishiy xizmat ko’rsatish tizimida islohotlarni chuqurlashtirish xaqida»gi Farmoni qabul qilindi. Bundan ko’zlangan maqsad aholiga xizmat ko’rsatish sohasini boshqarishda mahalliy hokimiyat organlari va korxonalarni mustaqilligini oshirish va bu sohada raqobatchilik muhitini mustahkamlashdir. Aholiga maishiy xizmat ko’rsatishni hududiy uyushmalari viloyat va tuman (shahar) hokimiyatlari ixtiyoriga berildi. Xozir Respublikada aholiga maishiy xizmat ko’rsatishni uning doimiy yashash va ishlash joyiga yaqinlashtirish, maishiy xizmat ko’rsatish turlarini kengaytirish, sifatini yaxshilash borasida katta ishlar qilinayapti. Maishiy xizmat ko’rsatish ishlariga sanoat korxonalari, qurilish tashkilotlari, fermer va dehqon xo’jaliklari jalb qilingan. Bu o’z navbatida qishloq joylaridagi maishiy xizmat ko’rsatish tarmoqlarini kengaytirish imkonini beradi. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling