O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


xizmat ko’rsatish vazirligi «O’zkommunxizmat» agentligiga aylantirildi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

xizmat ko’rsatish vazirligi «O’zkommunxizmat» agentligiga aylantirildi. Bunday qayta
qurishning asosiy maqsadi aholiga xizmat ko’rsatish tizimidagi islohotlarni chuqurlashtirish,
hamda aholiga xizmat ko’rsatishda o’z-o’zini boshqarish va mahalliy davlat organlarining rolini
va javobgarligini oshirish hisoblanadi. Xududiy kommunal-ekspluatatsiya birlashmalari viloyat
hokimiyatlari ixtiyoriga berildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kommunal xizmat
ko’rsatish sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirishning yangi bosqichi to’g’risida» 2001 yil
17 aprelda PF-2832 sonli Farmoni qabul qilindi. Unga muvofiq uy-joy mulkdorlarining
shirkatlarini samarali faoliyat ko’rsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, aholiga
ko’rsatiladigan kommunal xizmatlar sifatini oshirish, kommunal xizmatlar haqining to’liq va o’z
vaqtida to’lanishi yuzasidan ma’suliyatni kuchaytirish masalalari ko’rib chiqildi.
2002 yilning 26 fevralida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Uy-joy mulkdorlari
shirkatlarining faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni chiqdi.
Unda ta’kidlanganidek respublikada aholiga kommunal xizmat ko’rsatish tizimidagi iqtisodiy
islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Zarur qonunchilik va normativ xuquqiy baza yaratilgan.
Uy-joy mulkdorlarining shirkatlarini shakllantirish jarayoni faol davom etmoqda. Uy-joy
mulkdorlarining salkam 1400 ta shirkatlari tashkil etilgan bo’lib, ko’p xonadonli jami uy-joy
binolarining 86%iga rahbarlik qilish ularga topshirilgan. Ko’rsatilgan kommunal xizmatlarga
hisob-kitoblar o’z vaqtida amalga oshirilishi uchun kollektiv ma’suliyati tizimi yaxshilandi. 1991
yilga qadar barpo etilgan ko’p xonadonli uy-joy binolarini kapital ta’mirdan chiqarish dasturlari
ishlab chiqildi.
Ushbu yutuqlar bilan birga uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyatida qator jiddiy
kamchiliklar va hal etilmagan muammolar mavjud. Xususan, uy-joy mulkdorlari shirkatlarini
zurur moddiy-texnika bazasi nochor, ularning moddiy resurslar, asbob-anjomlar bilan
ta’minlashda ularga amaliy ko’mak va yordam ko’rsatish zarur edi, hamda uylar atrofidagi yer
uchastkalarini qonun yo’li bilan biriktirib qo’yish kabi kamchiliklar mavjud edi. Oqibatda
ko’pgina uy-joy mulkdorlarining shirkatlari uy-joylarini joriy hamda kapital ta’mirdan chiqarish,
obodonlashtirish ishlarini o’z vaqtida bajarish uchun yetarlicha mablag’ga ega emas edilar.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling