122
Maishiy xizmat ko’rsatish - Milliy iqtisodiyotning o’ziga xos sohalaridan biridir. Xozir
O’zbekiston Respublikasi aholisiga maishiy xizmat ko’rsatish xizmatining o’z an’analari va
tarixiga ega bo’lgan tizimi shakllangan. Maishiy xizmat sohasida 130,0 ming kishi ishlaydi.
Respublikada 60,0 mingdan ortiq
modalar atelelari, salonlar, qabul punktlari ishlayapti. Aholiga
maishiy xizmat ko’rsatish iste’molchilar bilan bajaruvchilar o’rtasidagi munosabatdir. Bu
munosabatlarni tartibga solish uchun Respublika Vazirlar Mahkamasining qarori bilan
O’zbekiston respublikasi aholisiga maishiy xizmat ko’rsatish qoidalarini ishlab chiqildi va
tasdiqlandi.
Tizim korxonalari aholiga 800 dan ortiq xizmat turini ko’rsatadi.
Ular poyafzal, kiyim-
kechak, trikotaj buyumlarini
yakka tartibda tikish, to’qish va ta’mirlash, radio-televizion
apparaturalar, ro’zg’orda
ishlatiladigan asboblar, metall buyumlarini tuzatish va yasash,
shaxsiy
transport vositalariga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash, mebellarni ta’mirlash, kiyimlarni
kimyoviy usulda tozalash va bo’yash, kir yuvish,
suratga olish, hammom, sartaroshlik xizmatlari,
ro’zg’or
buyumlarini ijaraga berish, transport xizmatlari, uy-joylar qurish va ta’mirlash xizmati,
bog’ va polizlarda qishloq xo’jaligi ishlarini bajarish xizmati va boshqa shunga o’xshash ishlarni
bajaradi.
Aholiga maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari davlat, jamoa, kooperativ, shaxsiy,
aktsiyadorlik kabi turlicha mulk shakllariga asoslangan korxonalardan iborat.
Maishiy xizmat ko’rsatish korxonalarida har yili aholiga xizmat ko’rsatishning 150 dan
ortiq turi va usullari joriy qilindi. Barcha xizmat turlarining soni qariyb 800 ga yetdi. Lekin
aholiga maishiy xizmat ko’rsatish aholining o’sib borayotgan talabini yetarlicha qondira olmadi.
Respublikaning ayniqsa, qishloqlarda - maishiy xizmat ko’rsatish talab darajasidan ancha uzoqda
edi.
Aholiga maishiy xizmat ko’rsatishni yanada takomillashtirish maqsadida 1992
yil aprel
oyida aholiga maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari va tashkilotlari uyushmasi -
Do'stlaringiz bilan baham: