O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
Xizmat ko’rsatish sohasi, bunga xizmat ko’rsatish bilan
shug’ullanadigan tarmoqlar kiritilgan. Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasi statistika xizmati YaIM, bandlik, mehnat haqi va boshqa ko’rsatkichlarni soha va tarmoqlar bo’yicha hisoblaydi va e’lon qiladi. SHunday qilib, Milliy iqtisodiyot turli qism va bo’laklardan tashkil topgan murakkab tizimdir. Iqtisodiyotning turli qism va bo’laklari o’rtasidagi o’zaro nisbat iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi deb ataladi. Iqtisodiyotni alohida qismlarga bo’lish asosida turli belgilar yotadi, shuning uchun tarkiblarning tuzilishi bir necha turlarga ajratib o’rganiladi. 1. Ijtimoiy tuzilishi. 2. Tarmoq tuzilishi. 3. Takror ishlab chiqarish tuzilishi. 4. Hududiy tuzilishi. Ijtimoiy tuzilish - bu iqtisodiyotning turli mulkchilik shakllari o’rtasidagi o’zaro nisbatdir. O’zbekistonda mulkchilik turlari davlat, jamoa, xususiy va aralash mulkchilik tarzida shakllanãàí. Iqtisodiyotni barcha tarmoqlarida ish bilan band bo’lganlar soni, asosiy fondlar va ishlab chiqarish bo’yicha bu bo’g’inlarning har birini ulushi,-Respublika iqtisodiyotining ijtimoiy tuzilishini aks ettiradi. Iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi bu turli tarmoqlar o’rtasidagi o’zaro nisbatdir, ya’ni sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport va aloqa o’rtasida yoki qazib oluvchi va qayta ishlovchi tarmoqlar o’rtasidagi, moddiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlar va hokazolar o’rtasidagi nisbatdir. Tarmoq tuzilishi milliy iqtisodiyotning rivojlanish darajasini ifodalaydigan muhim ko’rsatkich bo’lib hisoblanadi. 50 Yuksak rivojlangan mamlakatlarda * xizmat ko’rsatuvchi sohalarning hissasi yuqori, qayta ishlovchi tarmoqlarning hissasi esa - qazib oluvchi tarmoqlardan ustun bo’lgan iqtisodiyot tuzilishiga xosdir. U mehnat va kapitalning yuqori darajada unumdorligidan, tabiiy resurslardan oqilona foydalanganligidan va pirovard natijada aholini turmush darajasi yuqoriligidan dalolat beradi. Iqtisodiyotning takror ishlab chiqarish tuzilishi bu kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni asosiy nisbatlari, ya’ni ishlab chiqarish Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling