O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


sohalari bilan birgalikda yangi sohalari ham rivojlantirila boshlandi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

sohalari bilan birgalikda yangi sohalari ham rivojlantirila boshlandi. Bundagi
asosiy omillardan birinchidan, sanoatlashuv bo’lsa, ikkinchidan, servis
sektorining tez sur’atlarda o’sishiga ahamiyat berilganligi bo’ldi va hokazo.
Iqtisodiyotimizdagi tarkibiy o’zgarishlar mamlakatning iqtisodiy
mustaqilligini ta’minlash, iqtisodiy o’sishga erishish, aholi farovonligini
oshirishning eng muhim shartlaridan biri sifatida amalga oshirildi. Bu, birinchi
navbatda, qishloq xo’jaligi xom ashyosi va mineral resurslarni chuqur qayta
ishlash, texnologik tsiklning tugallanganlik darajasini oshirish, mamlakatning
yoqilg’i-energetika ta’minoti va oziq-ovqat mustaqilligiga erishishga oid
muammolarni hal etishda o’z ifodasini topdi. Tarkibiy o’zgarishlarni amalga
oshirishda import o’rnini bosuvchi ishlab chiqarishni rivojlantirish ustuvor
yo’nalishlardan hisoblanadi. Ilgari faqat chetdan keltirilgan minglab turdagi
mahsulotlarni, shu jumladan, avtobenzin, konchilik sanoati, quvurlar ishlab
chiqarish uchun asbob-uskunalar, yengil avtomashinalar, murakkab maishiy
texnika, optik tolali va boshqa xil kamyob tovarlar ishlab chiqarish keng yo’lga
qo’yildi. Bugun minglab turdagi sanoat mahsulotlarining yorliqlariga biz
ko’rganda faxr-iftixor tuyg’ularini his qiladigan so’zlar bitilgan – “O’zbekistonda
ishlab chiqarilgan”.
O’zbekistonda xususiy va kredit-moliya mablag’larining asosiy qismi ishlab
chiqarishni kengaytirish uchun asos yaratish maqsadlariga safarbar etildi. Bular
avtomobilь va neftni qayta ishlash zavodlari, yangi temir yo’l va avtomobilь
yo’llari qurilishi, shahar va qishloqlarni obodonlashtirish, shuningdek, o’nlab
modernizatsiya qilingan yangi yengil, to’qimachilik va oziq-ovqat sanoati
korxonalaridir. Ta’kidlash joizki, O’zbekistonning industrial qudrati ilgari, asosan
Toshkent, Samarqand, Andijon, Farg’ona, CHirchiq kabi yirik shaharlarda
jamlangan edi. Bugungi kunga kelib, yangi investitsiya loyihalari geografiyasi
sezilarli tarzda kengaydi. Buning natijasida iqtisodiyotning tarmoq va hududiy
tarkibi mukammallashib bormoqda.
Ustuvor tarmoqlarni to’g’ri belgilab olish avvallari tanqis bo’lgan
mahsulotlar turlarini keng miqyosda ishlab chiqarishga keng yo’l ochish bilan
cheklanmadi, balki ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibining takomillashuviga ham
yordam berdi. Ayni paytda, iqtisodiy taraqqiyotda o’ziga xos lokomotiv vazifasini
ham o’tadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida asosiy
sanoat tarmoqlarini rivojlantirishni jadallashtirish, ishlab chiqarishni
modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, iqtisodiy salohiyatini kuchaytirish va


59
import o’rnini bosuvchi mahsulotlar turlarini ishlab chiqarishni qo’llab-quvvatlash,
ichki bozorni xalq iste’moli tovarlari bilan to’ldirish, kommunikatsiya va ishlab
chiqarish infratuzilmasi tizimini rivojlantirish, investitsiya faoliyatini
jadallashtirish, O’zbekistonning eksport imkoniyatlarini kengaytirish, tashqi
iqtisodiy faoliyatni rag’batlantirish bilan bog’liq boshqa yo’nalishlar eng ustuvor
vazifalar sifatida belgilab olindi. Investitsiyalar tarkibida ishlab chiqarish
tarmoqlari ulushi 70 foizdan oshib ketdi. Bu esa, o’z navbatida, yalpi ichki
mahsulot ishlab chiqarishning real ko’rsatkichlarini oshirish sari keng yo’l ochdi.
Eng muhim tarmoqlar bilan bir qatorda ilg’or, yuksak ilmtalab yuqori ishlab
chiqarishlar – avtomobilsozlik, samolyotsozlik, qishloq xo’jaligi mashinasozligi,
elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va metallsozlik, shuningdek, iste’mol
tovarlari ishlab chiqaruvchi yengil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari ham jadal
rivojlantirilmoqda. Neftь-gaz qazib olish va qayta ishlash sanoati, rangli
metallurgiya, avtomobilь sanoatida yaratilayotgan qudratli salohiyat butun
mamlakatimiz makroiqtisodiy barqarorligi va taraqqiyotida muhim omil
bo’lmoqda.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling