O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


mustaqillikka erishib bo’lmaydi”


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

mustaqillikka erishib bo’lmaydi” degan edi (333-bet). Iqtisodiyot tarkibini
tubdan o’zgartirishning asosiy vazifasi xom ashyo yetkazib berishdan tayyor
mahsulot ishlab chiqarishga o’tish, uning sifatini va raqobatbardoshligini
jahon bozori talablari darajasiga yetkazishdan iboratdir. Ana shuni nazarda tutib
respublikamiz mustaqilligining dastlabki yillarida an’anaviy bo’lgan paxta va
oltindan boshqa turdagi eksport mavjud bo’lmagan bo’lsa, endilikda yangi
turdagi tovarlar paydo bo’ldi. Bu – rangli metallar, avtomashinalar, mineral
o’g’itlar, to’qimachilik mahsulotlari va oziq-ovqat mahsulotlaridir. Bu bilan,
eksport-import tarkibi yangilandi.
Import o’rnini bosuvchi tovarlarning ko’plab yaratilishi, mamlakatning
importga qaramligini ancha chekladi, chunki bu bilan, mamlakatimiz o’zini-o’zi
mahsulotlar bilan ta’minlashga bir o’adar erishdi.
Ilgari O’zbekiston o’zini yoqilg’i-energetika resurslari bilan ta’minlash
uchun ularni katta miqdorda import qilar va bunga 600 ming tonna paxta tolasi
qiymatiga teng pul mablag’lari sarflanar edi. Yoqilg’i-energetika mustaqilligiga
erishish O’zbekistonni bu sohada chetga qaramlikdan va katta miqdordagi valyuta
sarfidan xoli etdi. Tarkibiy o’zgarishlar natijasida O’zbekiston oziq-ovqat
ta’minotida ham, mustaqillik tomon jiddiy qadam tashladi. Bunga birinchi
navbatda, don ishlab chiqarishni rivojlantirish orqali erishildi. Natijada,


58
O’zbekistonning donga bo’lgan talab-ehtiyojlarining to’liq o’z ishlab chiqarishi
hisobidan qondiriladigan bo’ldi.
Tarkibiy o’zgarishlar mamlakatning salohiyatidan samarali foydalanishni
ko’zda tutadi. SHu maqsad yo’lida mahalliy xom-ashyoni chuqur qayta ishlab,
undan tayyor yoki yarim tayyor, hatto, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish
yo’liga o’tildi va bu katta naf keltirdi. Paxtani sotish o’rniga undan kalava ip
tayyorlab, uni jahon bozorida sotishdan 3 marta ko’p daromad olina
boshlandi. Muhimi, bu sohaning rivojlanishi yangi ishchi o’rinlar hisobiga aholini
band qilish, uning daromadlari manbalarini oshirish imkonini yaratdi.
Tarkibiy o’zgarishlar tufayli O’zbekistonda iqtisodiy o’sishning an’anaviy

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling