O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11-jadval Sanoat tarmoqlari ishlab chiqarish sur’atining o’sishi (foiz hisobida) Ko’rsatkichlar 2011 yil (2010 yilga nisbatan %
- Rangli metallurgiya 102,4 Kimyo va neftь-kimyo sanoati 107,9 Mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati
- Oziq-ovqat sanoati 113,1 Boshqa sohalar 111,0 Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Toshkent O’zbekiston 2011 yil.
miqdori bo’yicha O’zbekiston MDX mamlakatlari orasida ikkinchi, kumush, qo’rg’oshin, rux
va volьfram bo’yicha uchinchi o’rinni egallaydi. O’zbekiston jahon hamjamiyatida oltin ishlab chiqarish hajmi bo’yicha sakkizinchi, uni aholi jon boshiga ishlab chiqarish bo’yicha esa beshinchi o’rinda turadi. Kimyo va mashinasozlik majmualari sanoatning muhim sohalaridir, yangi iqtisodiy sharoitda bu tarmoqlarda chuqur tarkibiy qayta qurishlar amalga oshirilmoqda. Ular mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlashga yo’naltirilgan. Ishlab chiqarilayotgan iste’mol mollarining uchdan bir qismi yengil sanoat korxonalari tomonidan amalga oshirilmoqda. Bu yerda an’anaviy yetakchi soha to’qimachilikdir. 66 11-jadval Sanoat tarmoqlari ishlab chiqarish sur’atining o’sishi (foiz hisobida) Ko’rsatkichlar 2011 yil (2010 yilga nisbatan % hisobida) Sanoat – jami 106,3 Elektro-energetika 101,0 Yoqilg’i sanoati 100,3 Qora metallurgiya 106,3 Rangli metallurgiya 102,4 Kimyo va neftь-kimyo sanoati 107,9 Mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati 112,2 O’rmon, yog’ochni qayta ishlash va tsellyuloza- qog’oz sanoati 107,1 Qurilish materiallari sanoati 111,9 Engil sanoat 104,7 Oziq-ovqat sanoati 113,1 Boshqa sohalar 111,0 Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Toshkent O’zbekiston 2011 yil. Sanoatning o’sish sur’atlari va tarmoq tarkibi. Sobiq sovet xo’jalik yuritish tizimining barham topish davridagi bir oz pasayishdan so’ng yurtimizda 1996 yildan boshlab sanoat ishlab chiqarishi hajmi izchil o’sib bormoqda. 2012 yilda snaot ishlab chiqarish hajmi 7,7% ga o’sdi. Mustaqillik yillarida yurtimizda avtomobilsozlik, neft-gaz kimyo sanoati, neft-gaz mashinasozligi, zamonaviy qurilish materiallari sanoati, temir yo’l mashinasozligi, maishiy elektrotexnika, farmatsevtika, zamonaviy oziq-ovqat sanoati va yengil sanoatning ayrim sohalari kabi bir qator mutlaqo yangi sanoat tarmoqlari yaratildi. Mamlakatimiz iqtisodiyotida avtomobilsozlik sanoati alohida o’rin egallamoqda. Bu tarmoq Asaka shahrida AQSHning «Jeneral Motors» kompaniyasi bilan hamkorlikda y e ngil avtomobillar ishlab chiqaradigan, Toshkent shahrida Germaniyaning dunyoga mashhur «Daymler Bents» va Samarqand shahrida Yaponiyaning «Isuzu» kompaniyalari bilan hamkorlikda avtobuslar ishlab chiqaradigan hamda Samarqand shahrida Germaniyaning «MAN» kompaniyasi bilan tashkil etilgan yuk avtomobillari ishlab chiqaradigan yangi zavodlarni o’z ichiga oladi. Ana shunday o’zgarishlar natijasida mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoatida mahsulot ishlab chiqarish hajmi 1990 – 2010 yillarda 11,6 barobar o’sdi. Faqat oxirgi 10 yilning o’zida yengil avtomobillar ishlab chiqarish 7,1 barobar, avtobuslar – 2,6 barobar va yuk avtomobillari tayyorlash – 12,9 barobar oshdi. Neftь qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoatining yaratilishi mamlakatimizning energetik xavfsizligini ta’minladi. Neftь va gaz kondensati qazib olish 1990 yilga nisbatan 1,4 barobar o’sdi. Tabiiy gaz ishlab chiqarish sur’ati 1990 – 2010 yillar davomida 1,6 barobar, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmi esa 15,2 barobar ko’paydi. Muborak gazni qayta ishlash zavodini birinchi navbati ishga tushirildi. SHo’rtanneftgaz korxonasida suyultirilgan gaz ishlab chiqardigan qurilma o’rnatildi va h.k. Energetika mustaqilligini ta’minlash hamda neftь va gazni qayta ishlash tarmoqlarini rivojlantirish dasturi doirasida, istiqlol yillarida eng zamonaviy texnologiyalarga ega bo’lgan chet el kompaniyalari bilan hamkorlikda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi («Teknip», Frantsiya) va SHo’rtan gazkimyo majmuasi («ABB») barpo etildi, Farg’ona neftni qayta ishlash 67 zavodi to’liq rekonstruktsiya qilindi. Gaz-kimyo tarmog’ining tashkil etilishi tabiiy gazni qayta ishlashni chuqurlashtirish va turdosh tarmoqlarda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish imkonini yaratdi. Qo’ng’irot soda zavodida 2006 yildan boshlab kalьtsiyli soda, Samarqand kimyo zavodida nitrokalьtsiyfosfat o’g’iti ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi, 2010 yilda mintaqamizda yagona bo’lgan Dehqonobod kaliyli o’g’itlar zavodi ishga tushirildi. Uning 2 navbatining qurish ishlari boshlab yuborildi. Yog’ochni qayta ishlash va tsellyuloza-qog’oz sanoatida ishlab chiqarish hajmi 13,4 barobar, oziq-ovqat sanoatida – 5,7 barobar, yengil sanoatda – 3,8 barobar o’sdi. Ip-kalava ishlab chiqarish 2,2 barobar ko’paydi. Gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 21 million kvadrat metrdan ziyod bo’ldi. O’tish davrining murakkab sharoitida makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash maqsadida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari, xususan, neftь, gaz, oltin qazib olish, rangli metallurgiya, kimyo va neftь-kimyo sanoatini jadal rivoj- lantirish uchun davlat barcha shart- sharoitlarni yaratib berdi. Natijada chuqur sifat o’zgarishlari ro’y berdi va O’zbekiston sanoatining tarmoq tarkibi ancha diversifikatsiya qilindi va mutanosiblashdi. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling