O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

chorvachilikni, ya’ni qoramolchilik, qo’ychilik, xususan qorako’lchilik, eyakichilik,
parrandachilik, yilqichilik, tuyachilik, asalarichilik, pillachilik sohalaridan iboratdir.
O’zbekiston qishloq xo’jaligini asosini paxtachilik tashkil qiladi. O’zbekiston jahonda
paxta hosilini yetishtirish bo’yicha 5-o’rinda, paxta tolasi eksporti bo’yicha 2-o’rinda (AQSHdan
keyin) turadi. O’zbekistonda asosiy valyuta tushumi ana shu paxtadandir. Paxta dunyodagi 90 ta
davlatda yetishtiriladi. O’rta hisobda dunyoda yiliga 18 mln. tonna paxta tolasi olinadi. AQSH va
Xitoyda yiliga 4 mln tonnadan, Hindiston 3 mln tonna paxta tolasi yetishtiradi. Dunyoda
yetishtiriladigan paxta tolasining 6% ni O’zbekiston Respublikasi yetishtiradi. 2012 yilda
Respublikamizda 3,460 mln tonnadan ortiq paxta yetishtirildi. Har bir gektar yerdan 26,5
tsentner hosil olindi.
SHuningdek respublikada yetishtiriladigan meva, uzum, sabzovot, poliz mahsulotlarining
talay qismi qo’shni davlatlarga chiqariladi. Respublikada meva, uzum va sabzovotning yuqori
sifatli navlari yetishtiriladi. O’zbekiston o’zining sifatli pillasi va qorako’li bilan dunyoga
mashhur.
O’zbekiston qishloq xo’jaligida 28 mln.ga yaqin qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlar mavjud.
SHundan 4,2 mln.ga sug’oriladigan yerlar hisoblanadi va ulardan ishlab chiqariladigan
mahsulotni 95-97% olinadi. Respublikadagi jami ekin maydonining 42-43% paxta, 40 foizini
don ekinlari, 4 foizini sabzovot, 2,5 foizini kartoshka va poliz ekinlari hamda 10 foizga yaqinini
yem-xashak va boshqa ekinlar egallaydi. Ekin maydonlarini ekin turlari bo’yicha optimal
taqsimlanishi natijasida g’alla mustaqilligiga to’lig’icha erishildi. Hozir g’alla eksport
qilinayapti.
Respublika qishloq xo’jaligida mulkchilikning quyidagi shakllari mavjud:
1. Kooperativ (jamoa xo’jaliklari, xo’jaliklararo korxonalar, shirkat uyushmalari, davlat
xo’jaliklari negizida tashkil etilgan xo’jaliklar, jamoa mulkiga aylantirilgan fermerlar va
boshqalar).
2. Davlat (davlat xo’jaliklari, naslchilik zavodlari, o’quv tajriba hamda tajriba
xo’jaliklari).
3. Xususiy (dehqon va fermer xo’jaliklari, xususiylashtirilgan korxonalar).
4. Aholining shaxsiy yordamchi xo’jaliklari.
Respublika qishloq xo’jaligi mahsulotining deyarli 100% iqtisodiyotning nodavlat
sektorida ishlab chiqarilmoqda.
Respublika Prezidentining farmoniga binoan Qishloq xo’jaligi vazirligi, 1996 yil 1
noyabrdan boshlab Qishloq va suv xo’jaligi vazirligiga biriktirildi. Farmonga asosan uning aniq
vazifalari va funktsiyalari belgilandi. Joylarda viloyat va tuman Qishloq va suv xo’jaligi
boshqarmalari tashkil qilindi.
Respublikada qayta ishlash tarmoqlari uchun yangi uskunalar va boshqa zarur vositalar
sotib olindi. Qayta ishlash korxonalari bevosita ishlab chiqarish joylarida tashkil qilina
boshlandi. Qo’shma korxonalar tuzila boshlandi.
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi masalalari bo’yicha tashkiloti (FAO)ning
ma’lumotlariga ko’ra bugungi kunda dunyodagi 86 ta davlat o’z aholini oziq-ovqat maxsulotlari
bilan ta’minlay olmaydi ya’ni dunyoning 1 mlrd.ga yaqin aholisi ochlikda yashamoqda.
Tojikiston Respublikasida aholi ehtiyojining atigi 50-55 %i o’zida ishlab chiqarilgan don
mahsulotlari hisobiga ta’minlanadi. Respublikamiz aholini oziq-ovqat maxsulotlari bilan to’liq
ta’minlab chetga ham chiqarmoqda.
Qishloq xujaligini ish samaradorligi yuqori bo’lgan zamonaviy texnika vositalari bilan
lizing asosida ta’minlash tizimining joriy etilishi oldinga tashlangan muhim qadam bo’ladi. Bu
qishloq mehnatkashlarini texnika bilan ta’minlashni katta istiqbolga ega ekanligidan dalolat
beradi.


73
Rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasidan ma’lumki qishloq xo’jalik samaradorligini
yuksaltirishni asosiy omili sermehnat yumushlarni texnika gardaniga yuklashdir. Jahon tajribasi
tarmoq ishlab chiqarishining barqarorligi, yuqori unumdorligi ishlab chiqarish kuchlarining
kompleks rivojlanishi, ilmiy-texnika taraqqiyoti, moddiy texnika bazasining kuchliligi va kadrlar
uchun shart-sharoit yaratilganligi bilan bevosita mutanosibligini ko’rsatadi.
Paxtadan mato, sun’iy charm, plastmassa, pilik, fotoplenka, qog’oz, bo’yoq, paxta yoi,
sovun, margarin, glitsirin, texnik moylar, chigit po’stlogidag metil, etil spirtlari, sirka kislotasi
olinadi.
O’zbekiston olimlari tomonidan mustaqillik yillarida 100 dan ortiq ingichka va o’rta tolali
serhosil paxta navlarini yaratilishi hosildorlikni sezilarli darajada oshirish imkonini bermoqda.
Ushbu navlar tezpisharligi, turli kasallik va qishloq xo’jalik zararkunandalariga chidamliligi,
yuksak tola sifati bilan ajralib turadi va jaxon bozorida ularga talab katta bo’lmoqda.
Qishloqda xususiy fermer xo’jaliklarining talablari asosida barcha turdagi zarur
xizmatlarni ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lgan zamonaviy ishlab chiqarish va bozor
infratuzilmasi jadal rivojlandi. SHu davr mobaynida qishloqlarda 1424 ta mini bank, 1714 ta
MTP (mashina traktor parki) 2324 ta yoqilg’i – moylash materiallari va mineral o’g’itlar sotish
shahobchalari, 1711 ta suvdan foydalanuvchilar uyushmasi, 300 ta konsalting markazi va boshqa
infratuzilmalar tashkil etildi.
Qishloq xo’jaligi infrastrukturasi yaxshi rivojlangan davlat AQSH hisoblanadi.
AQSH qishloq xo’jaligi maxsulotlari buyicha jaxonning asosiy eksporteri hisoblanadi.
Ya’ni bug’doyning 45,0 % i, makkajo’xori donining 55,0 %, arpani 10,0 %, paxtani 33,0 %
uning xissasiga to’g’ri keladi. AQSHda meva, poliz, sabzavot ekinlari, chorvachilik
maxsulotlarini sanitariya-gigiena talablar darajasida saqlash uchun ombor va muzxonalar yetarli,
Masalan, qishloq xo’jaligi uchun bitta maxsus avtomobilning o’zi bir vaqtda 80 bosh qoramol,
260 bosh cho’chqa va 6000 ta parrandani tashish imkoniyatiga ega.
O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab qishloq xo’jaligini
rivojlantirish strategiyasi aniq ravshan belgilab olindi. Mazkur strategiya zamirida qishloq
xo’jaligini diversifikatsiya qilish, paxta yakkahokimligiga barham berish, yurtimiz aholisini
oziq- ovqat mahsulotlari, birinchi navbatda g’alla bilan ta’minlash, bir so’z bilan aytganda, oziq-
ovqat mustaqilligiga erishish vazifasi mujassam edi.
1998 yilda qishloqda faol institutsional o’zgarishlar bosqichi boshlandi. Agrar islohotlar
hamma joyda bozor munosabatlarini joriy qilish va xususiy mulk shaklini rivojlantirishga
qaratildi.
Zarar ko’rib ishlayotgan hamda samarasi past jamoa va kooperativ xo’jaliklari tugatilib,
ularning yerlari uzoq muddatli ijaraga xususiy fermer xo’jaliklariga yoki umrbod meros huquqi
bilan dehqon xo’jaliklariga berildi.
Fermerlik harakatini rivojlantirish uchun davlat tomonidan katta imtiyozlar berildi, xususiy
fermer xo’jaliklarining ekin maydonlarini maqbullashtirish, yerlarning meliorativ holatini
yaxshilash, paxtaning tezpishar va serhosil navlarini yaratish, shuningdek, paxta navlarini har
bir hududning tuproq-iqlim sharoiti va suv bilan ta’minlanish darajasini inobatga olgan holda
rayonlashtirish bo’yicha keng miqyosdagi ishlar amalga oshirildi.
Agrar sohadagi islohotlar natijasida xususiy fermer xo’jaliklarining to’liq iqtisodiy
va moliyaviy mustaqilligini ta’minlaydigan va ularga meros huquqi bilan uzoq muddatga
ijaraga berilgan qishloq xo’jaligi yer resurslaridan maqsadli, oqilona va samarali
foydalanishini rag’batlantiradigan huquqiy shart-sharoit va kafolatlar yaratildi. SHuningdek,
O’zbekiston Respublikasi Yer kodeksida fermer xo’jaliklariga ye r maydonlarini 50 yil
muddatga ijaraga berish mustahkamlab qo’yilgan.
Hozirgi vaqtda qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni moliyalashning bozor
printsiplariga to’liq javob beradigan va fermer xo’jaliklari uchun qishloq xo’jalik mahsulotlarini
sotishdan tushgan o’z daromadlari hisobidan barcha xarajatlarni qoplashda moliyaviy
mablag’lardan foydalanish usuli va shaklini tanlashda ularning mustaqilligini ta’minlaydigan
ishonchli tizim yaratildi.


74
Agrar sohadagi islohotlar qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida sezilarli ijobiy
o’zgarishlarga erishish
ishlab chiqarish hajmining o’sishi, qishloq xo’jaligi ekinlari
hosildorligi va chorva mahsuldorligining oshishi uchun zamin bo’lmoqda.
Qishloqda xususiy fermer xo’jaliklarining talablari asosida barcha turdagi zarur
xizmatlarni ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lgan zamonaviy ishlab chiqarish va bozor
infratuzilmasi jadal rivojlandi. SHu davr mobaynida qishloqlarda
1424 ta mini bank, 1714 ta muqobil MTP, 2324 ta yoqilg’imoylash materiallari va
mineral o’g’itlar sotish shoxobchalari,1711 ta suvdan foydalanuvchilar uyushmasi, 300 ta
konsalting markazi va boshqa infratuzilmalar tashkil etildi.
Qishloq xo’jaligini isloh etish borasida aniq maqsadga qaratilgan ishlar natijasida
mamlakat agrar sektori deyarli barcha tarmoqlarining dinamik rivojlanishi ta’minlandi.
Qishloq xo’jaligida dehqonchilik mahsulotlarining xajmi muntazam oshib bordi:
paxta xom ashyosining yalpi qishloq xo’jaligi mahsulotlaridagi ulushi qisqarib, 47,7
foizdan 11,1 foizga tushdi, dehqonchilik va chorvachilikning boshqa mahsulotlari ulushining
o’sishi, asosan ularning hosildorlik va mahsuldorlik darajasining oshishi hisobidan ta’minlandi;
g’alla maydonlarini kengaytirish va hosildorligini oshirish natijasida boshoqli don
y e tishtirish hajmi 1990 yilgi 2038,2 ming tonnadan 2012 yilda 7,5 mln. tonnaga yetdi;
kartoshka – 5 barobar, meva – 2,6 barobar, uzum – 1,3 barobar ortdi. 2012 yilda 2
mln.tonnadan ortiq kartoshka va 9 mln.tonnadan ortiq sabzavot hamda poliz mahsulotlari
yetishtirildi.
qishloq xo’jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga ixtisoslashgan zamonaviy
minitexnologiyalar bilan jihozlangan korxonalar tashkil etildi. Natijada meva-sabzavot va
go’sht-sut mahsulotlarini qayta ishlash hajmi 2000 yilga nisbatan 3 barobar oshdi.
Qishloq ho’jaligi mahsulotlarining yalpi hajmida
asosan dehqon xo’jaliklarida
qoramollar sonining oshishi hisobidan chorva mahsulotlarining ulushi 1990 yildagi 36,6
foizdan 2011 yilda 40,6 foizga yetdi, bu esa go’sht ishlab chiqarish hajmining 789,1 ming
tonnadan 1461,4 ming tonnaga (1,9 barobar ko’p), sutning 3034,2 ming tonnadan 6169 ming
tonnaga (2 barobar), tuxumning 1231,8 million donadan 3061,2 million donaga (2,5 barobar)
ko’payishi uchun samarali ta’sir ko’rsatdi;
2011 yilda O’zbekistonda qishloq xo’jaligi mahsulotini ishlab chiqarish 19633,6
mlrd.so’mni tashkil qildi. Bu 2010 yilga nisbatan 3823,9 mlrd.so’mga ko’pdir.
2008 – 2012 yillarda sug’oriladigan y e rlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat
dasturi qabul qilindi.
Melioratsiya ishlarini moliyalashtirishning ishonchli mexanizmini
ta’minlash maqsadida, Sug’oriladigan yerlarninng meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi
tashkil etildi. Yerlarning unumdorligini oshirish borasidagi ishlarni moliyalashtirish yo’li bilan
qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilariga davlat yordamini ko’rsatish mazkur jamg’armaning
asosiy vazifasidir.
Quyidagilar qishloq xo’jaligida olib borilayotgan
islohotlarning sifat natijasi
tariqasida namoyon bo’ldi:
ishlab chiqarish samaradorligi oshdi – asosiy qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligi va
chorva mahsuldorligi o’sdi;
xususiy fermer xo’jaliklarida rentabellik ortdi va oziq-ovqat mahsulotlarini barqaror
tarzda ishlab chiqarish masalasida mamlakatimiz oziq-ovqat havfsizligini ta’minlaydigan
darajada ijobiy o’zgarishlar yuz berdi.
Keyingi yillarda qishloq xo’jaligi maxsulotlari yo’lga qo’yish orqali qo’shimcha qiymat
yaratish, mahsulot ishlab chiqarishda yangi texnologiyalarni qo’llash natijasida yuqori iqtisodiy
samaradorlikka erishish buyicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
2011 yilda ishlab chiqarilgan meva-sabzavot maxsulotlarining 1 mln. 427 ming tonnasi
qayta ishlashga, 450 ming tonnasi ekportga 1mln. 466 ming tonnasi Toshkent shahri va boshka
yarmarka bozorlarida sotilishi 562 ming tonnasi byudjet tashkilotlariga ajratilishi va qolgani
ichki iste’mol uchun yetkazib beriladi. Fermer va dehqon xo’jaliklari aholi tomorqalarida
mahsulotlarning ekilishi ustidan monitoring o’rnatildi. Ekish uchun zarur bo’lgan urug’lik,


75
mineral o’g’itlar, ko’chatlar yetkazib berishning optimal tizimi yaratildi. Bugungi kunda meva-
sabzavotchilikni rivojlantirish maqsadida Xalkaro qishloq xo’jaligini rivojlantirish fondi orqali
22mln AQSH dollari miqdorida kredit liniyasi ochildi.
Imtiyozli ravishda 0,75 foiz yillik stavka bilan 25-30 yilgacha kreditlar ajratildi. Bundan
tashkari jahon banki bilan birgalikda sohani rivojlantirish uchun 110 mln. AQSH dollari
miqdoridagi kredit liniyalari ajratish buyicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish hajmi natura va qiymat ko’rsatkichlarida
ifodalanadi.
Natura ko’rsatkichlari ma’lum davr ichida bevosita mahsulot ishlab chiqarishining
hajmini aniqlaydi va u tonna, tsentner, litr va hokazolarda ifodalanadi.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining umumiy hajmi qiymat shaklida o’lchanadigan Yalpi

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling