O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
bo’lishini taqozo qiladi.
SHuni qayd etish lozimki, Sobiq SSSR davrida ikkinchi va uchinchi sohani, ya’ni qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish va saqlash, qayta ishlash tarmoqlarini birlashtirish maqsadida Gosagroprom tashkil qilingan edi. Bundan maqsad yagona rahbarlik ostida bir-biri bilan bog’liq bo’lgan qishloq xo’jalik sohalarini boshqarish, rejalashtirish va moliyalashtirish imkonini yaratish edi. Mamlakatda boshlangan qayta qurish iqtisodiy va siyosiy demokratlashtirish jarayoni yangi agrar siyosatni ishlab chiqishni zarurat qilib qo’ydi. Bu siyosatning asosiy maqsadi qishloqda ishlab chiqarish munosabatlarini qayta qurish, xar xil mulkchilik, xo’jalik va xo’jalik yuritish shakllari asosida agrosanoat ishlab chiqarishini rivojlantirishga o’tish edi. Tabiiy ravishda rahbarlikning ma’muriy-buyruqbozlik usuli o’rniga agrosanoat majmuiga rahbarlik qilishni yangi shakllari tashkil topa boshladi. Afsuski, tarmoqni boshqarishdagi qayta qurishlar agrosanoat majmualaridagi (ASM) nomutanosibliklarni hal qila olmadi. ASMning texnik va moliyaviy yordam, infrastrukturani, ayniqsa, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash tarmoqlariga ko’rsatilmay qolaverdi. Natijada, agrosanoat majmuasining bu tarmoqlarning quvvati qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining imkoniyatlaridan orqada qoldi. Oqibatda tez buziladigan mahsulotlar, ya’ni kartoshka, sabzavot, meva va hokazolarning sezilarli qismi iste’molchilarga yetib bormay qolaveradi. Qayta ishlaydigan korxonalarning soni kam, borlarida esa kam samarali eski texnika saqlanib qolinaverdi. Bularning hammasi katta muammoga aylanib qola boshladi va tarmoqni qayta qurishni zarurat qilib qo’ydi. Bu muammo o’zi yechimini asta-sekin mustaqillik davrida topa boshladi. Qishloq xo’jaligi milliy iqtisodiyotning hal qiluvchi tarmoqlaridan biridir. Respublika aholisining 50 foizdan ziyodrog’i qishloq joylarida yashaydi. Respublikada mehnatga qobiliyatli bo’lgan mehnat resurslarining (17157,6 ming kishi), iqtisodiyot tarmoqlarida band bo’lganlar soni, ya’ni 25% ga yaqini qishloq va o’rmon xo’jaligida xizmat qilishadi. Yalpi ichki mahsulotning 17,5% qishloq xo’jaligida ishlab chiqariladi. 2012 yil respublikada yetishtirilgan qishloq xo’jalik mahsulotlarining 34,1% fermer xo’jaliklarida, 63,7 % dehqon xo’jaliklarida va 2,2 % qishloq xo’jalik korxonalarida yetishtirilgan. Qishloq xo’jalik 72 mahsulotlari o’sish darajasi 2010 yilga nisbatan 106,6 %ni tashkil etdi. (O’zbekiston 2011 Alьmanax T-2011 21 bet). Respublika qishloq xo’jaligiga dehqonchilikni, ya’ni g’allachilik, paxtachilik, sholikorlik, kanopchilik, lavlagikorlik, mevachilik, tokchilik, polizchilik, sabzovotchilik, sohalaridan va Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling