O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo’yicha


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

Qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo’yicha O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 1998 yil 18- martidagi Farmoniga asosan 1998-2000 yillarga
mo’ljallangan qishloq xo’jaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Dasturi ishlab
chiqildi. Qishloqda islohotlarni amalga oshirish yuzasidan bir qator tadbirlar belgilandi. Qishloq
xo’jaligini moddiy va moliyaviy, texnikaviy jihatlardan qo’llab-quvvatlash choralari
ko’rildi va qishloq xo’jaligini yanada rivojlantirishda katta rolь o’ynadi.
Kartoshka meva-sabzavot mahsulotlari, chorva parranda sut, tuxum qorako’l terisi va jun
mahsulotlariga erkin (kelishilgan) narxlar joriy etildi, bu esa xo’jaliklarning o’zi yetishtirgan
mahsulotlarni o’z xohishicha foydalanishga imkon yaratdi. Davlat buyurtmasi faqat paxta va
donga nisbatan saqlanib qoldi. Qishloqda mulkdorlar sinfini shakllantirish agrar siyosatdagi
muhim yo’nalishga aylandi. Respublika qishloq xo’jaligini rivojlantirishda xalqaro
tashkilotlar dasturidan foydalanish yo’lga qo’yildi.
Qishloq joylariga sanoatni olib kirish, zamnonaviy texnologiyalarga ega bo’lgan kichik
korxonalarni ochish hisobiga yangi ish joylarini yaratish ustuvor vazifadir. Qishloqda tub
islohotlarni o’tkazish, qishloq xo’jaligini taraqqiy qildirish, qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish
samaradorligini oshirish O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy omili va manbaidir.
O’zbekistonda hamisha dehqon yer egasiga emas, yerning o’ziga biriktilgan. Rossiyada
esa krepostnoy dehqon pomeshchikniki bo’lib kelgan. Birgina shu hodisaning o’zi ham
xususiy mulkchilik yerga egalik qilishning yagona shakli bo’la olmasligini ko’rsatadi.
Dehqonchilikda oilaviy pudrat shaklini qo’llash, daromadni taqsimlashda paychilik
usulidan foydalanish, pay orqali mulkka egalik qilish, daromad olish, shartnoma asosida ishlash
bugungi kunda maqsadga muvofiqdir.
Respublikada sug’orish
dehqonchilikning zaruriy sharti va moddiy asosidir.
Sug’oriladigan yerlar maydonini kengaytirish, suv ta’minotini yaxshilash, daryolar oqimini
mavsumiy va ko’p yillik boshqarish uchun suv omborlari, to’g’onlar qurilishi, irrigatsiya
shaxobchalarini yaxshilash bo’yicha katta ishlar amalga oshirildi. Yerlarni melioratsiyalash,
qishloq xo’jaligini mehanizatsiyalash, elektrlashtirish, kimyolashtirishda erishilgan yutuqlar
ekinlar hosildorligini oshirish, mehnat unumdorligini ko’tarishda hal qiluvchi ahamiyatga ega
bo’ldi. Respublikaning o’zida qishloq xo’jaligini ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlaydigan
sanoat tarmoqlarining rivojlanishi uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlaydi.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirishdagi asosiy jarayonlar mexanizatsiyalashtirildi va
qo’l mehnatidan foydalanish ancha qisqardi. Qishloq xo’jaligida asosiy dala ishlari (er haydash,


77
ekish, kulьtivatsiya bilan bir vaqtda o’g’itlash, don ekinlarini yig’ib olish va boshqa) to’liq, ekin
qator oralarini ishlash yuqori darajada mexanizatsiyalashtirildi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi va 12 viloyat birlashmasi, 158 tuman ishlab chiqarish
korxonasi, 28 ta’mirlash zavodi, 64 kichik korxona va 13ta qo’shma korxonalar bor. traktor, yuk
avtomobili, aftobus va yengil avtomobilь, bulьdozer, paxta terish mashinasi, g’alla kombayni,
xashak o’rgich, traktor tirkamalari, kulьtivator, chigit ekish seyalkasi, purkagich va boshqa
ko’plab qishloq xo’jaligii tizimida qishloq tadbirkorlari va qishloq xo’jaligi korxonalariga servis
xizmati ko’rsatish bo’yicha “O’ztexchorvaservis” respublika birlashmasi tashkil etilgan. Uning
barcha viloyat va tumanlarda 160 dan ortiq ishlab chiqarish-texnika markazlari ishlaydi. Mayda
ulgurji do’konlar, ijara servis shaxobchalari orqali qishloq xo’jaligi mashinalari, ehtiyot qismlar,
uzellar, butlovchi detallar sotiladi va boshqa turli xizmatlar ko’rsatiladi.
Respublikada mavjud qishloq xo’jaligi texnikasi parkidan oqilona foydalanish, uni
ishlatish xarajatlarini qisqartirish qishloq xo’jaligi texnikasi xo’jaliklardan qoldiq qiymat
bo’yicha mashina–traktor parklari balansiga beriladi va yerlarni ekishga tayyorlash, qishloq
xo’jaligi ekinlariga ishlov berishga hosilni yig’ib-terib olishga doir mexanizatsiyalashgan
ishlarni xo’jaliklar bilan shartnomalar bo’yicha bajaradi.
2003 yil 27 oktyabrda O’zbekiston Respublikasining “Fermer xo’jaligi to’g’risidagi”
qonuniga muvofiq qishloq xo’jaligidagi iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish maqsadida “2004-

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling