83
Harakatdagi
korxonalarni rekonstruktsiya qilish ularni to’ligicha yoki qisman qayta
qurilishini bildiradi. Unda yangi qurilish yoki harakatdagi asosiy ishlab
chiqarish tsexlarini
kengaytirish mumkin emas. Rekonstruktsiya ishlarini amalga oshirishda ma’naviy va fizik
jihatdan eskirgan uskunalar almashtiriladi. Bu o’z navbatida yangi
hozirgi zamon texnologiyasi
asosida ishlab chiqarish hajmini ko’paytiradi va uni texnik darajasini oshirish imkoniyatini
yaratadi.
Tajriba shuni ko’rsatadiki, industrial rivojlangan iqtisodiyotda
yangi qurilish uchun
sarflanayotgan xarajatlarning salmog’i, mavjud korxonalarni texnik jihatdan qayta qurollantirish
va rekonstruktsiya qilish uchun sarflanayotgan xarajatlar salmog’idan kamroq bo’ladi.
Davlatni bu yo’nalishda olib
borayotgan investitsiya siyosati texnologik tarkibni
takomillashtirishda ijobiy ta’sir ko’rsatadi. CHunki kapital qo’yilmalar
tarkibida asosiy
fondlarning aktiv qismiga xarajatlar sarflanishi maqsadga ko’proq muvofiqdir.
Tarkibiy qayta qurish muommalarini hal qilinishi yangi tarmoqlarni yaratilishi hamda
mavjud korxonalarni texnik jihatdan qayta o’urollantirish masalasini
yechilishi-Respublikada
mustaqillik yillarida misli ko’rilmagan darajada qurilish ishlarini olib borish imkonini berdi.
Mamlakat iqtisodiyotiga kapital qo’yilmalarni ajratish sezilarli darajada ko’paydi. Agarda
O’zbekistonda 1996 yil kapital qo’yilmalarning xajmi 166,5 mlrd.so’mga teng bo’lgan bo’lsa,
1999 yilda 369,7 mlrd.so’mni, 2011 yilda esa 718291,3 mlrd.so’mni tashkil qildi. Kapital
qo’yilmalarning umumiy tarkibida asosiy fondlarning aktiv qismi uchun sarflanayotgan
xarajatlar oshib borayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: