O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

vazifalarni bajaradi:
1.
Qurilish iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini asosiy fondlarini yangilanishini va
o’sishini ta’minlaydi.
2.
Iqtisodiyotni tarkibiy qayta tuzilishini ta’minlaydi.
3.
Ustuvor tarmoq va sohalarni qurish, rekonstruktsiya qilish orqali makroiqtisodiy
proportsiyalarni muntazam ravishda takomillashtirib boradi;
4.
Qurilish majmui ishlab chiqarishni, madaniy-maishiy tarmoqlarni hudud jihatdan
joylanishini yaxshilaydi. Bu o’z navbatida viloyatlar aholisini ish bilan bandlilik darajasini
oshiradi.
SHunday qilib, qurilish majmui mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida juda katta
ahamiyatga egadir.


82
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida qishloq aholisining turmush
darajasini yuksaltirishga, qishloqlarimiz qiyofasini o’zgartirishga, jahon andozalariga mos
keluvchi zamonaviy arxitektura va dizayn asosida barpo etiladigan, barcha qulayliklar va
kommunikatsiya tizimlariga ega bo’lgan shinam uy-joylar barpo etishga alohida e’tibor
qaratilmoqda.
2009 yilning “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” deb e’lon qilinishi qishloqda uy-
joy qurish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishni jadallashtirish dasturini 2010 yilning muhim
ustivor yo’nalishlari qatoriga kiritilishiga to’liq asos bor.
Zamonaviy qishloq arxitektura va me’moriy rejalashtirish talablariga mos kelishi, Bosh
reja asosida tartib bilan qurilishi, barcha qulayliklar va kommunikatsiya tarmoqlariga (elektr, gaz
uzatish tarmoqlari, suv ta’minoti, yo’llar va boshqa) ega bo’lishi bilan ajralib turishi lozim.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qabul qilgan Farmoni iqtisodiyotimizning
yetakchi tarmoqlaridan biri-kapital qurilishda bozor islohatlarini yanada chuqurlashtirishning
sifat jihatdan yangi bosqichi hisoblanadi.
Mazkur Farmonning qoidalarini xayotga tatbiq etish, hech so’zsiz, kapital qurilishda tub
o’zgartirishlarni amalga oshirish, tarmoq bozor iqtisodiyoti tamoyillari va talablariga mos
keladigan xo’jalik munosabatlarini keng joriy etishga imkon beradi.
Yangi qurilish ob’ektlari mavjudlarini rekonstruktsiya qilish va kengaytirish uchun mehnat
va moddiy-texnika resurslari sarf bo’ladi. Pul shaklidagi bu xarajatlar kapital qo’yilmalarni
tashkil etadi.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling