O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


qayta takror ishlab chiqarish


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

qayta takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni ta’minlaydi, iqtisodiyotning maqbul
tarkibini barpo etish, ishlab chiqaruvchi kuchlarni maqsadga muvofiq joylashtirish,
respublikaning yangi tabiiy boyliklarini o’zlashtirish, bo’sh mehnat resurslarini ijtimoiy
ishlab chiqarishga jalb etishga yordam beradi.
Qurilish majmui bu asosiy fondlarni bevosita qayta ishlab chiqarish, moddiy ishlab
chiqarish jarayonini ta’minlaydigan moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining va loyiha
izlanish ishlarining yig’indisidir. Qurilish majmui qurilish ob’ektlarini loyihalashtirishdan to
ishga tushurgungacha bo’lgan barcha jarayonlarini o’z ichiga oladi.
Texnologik jihatdan qurilish majmui o’z ichiga:
- Bevosita qurilishni yoki qurilishni ishlab chiqarishini;
- Qurilish materiallari sanoatini;
- Konstruktsiya va detallar qurilishi sanoatini (yig’ma temir-beton, metall konstruktsiyasi,
yog’och va h.k.);
- Maxsus loyihalash va izlanish tashkilotlarini, korxona va birlashmalarni oladi.
SHunday qilib, qurilish majmui – qurilish ishlab chiqarishini, loyihalash tashkilotlarini
hamda zarur uskunalar, konstruktsiya va detallar, qurilish materillarini ishlab chiqaradigan
korxonalarni o’z ichiga oladigan murakkab tizimdir.
Qurilish majmuining asosi bo’lib qurilish ishlab chiqarishi hisoblanadi. Qurilish
ishlab chiqarishi bu doimiy malakali ishchi va mutaxassislarga, zarur qurilish
montaj ishlarini olib bora oladigan texnikaga ega bo’lgan qurilish va montaj
tashkilotlarining yig’indisidir.
Qurilish ishlab chiqarishi yoki kapital qurilish doimiy ravishda bino va har xil
maqsadlar uchun qurilmalar yaratadi yoki rekonstruktsiya qilishni ta’minlaydi. Uning
19
Альманах. Ўзбекистон 2011. Т-2011 21-25 бетлар


80
mahsuloti ekspluatatsiyaga tayyor ishlab chiqarish korxonalari, yo’llar, turar joylar,
jamoat binolari va boshqalar hisoblanadi.
Iqtisodiy mohiyatiga ko’ra kapital qurilish jarayoni bu asosiy fondlarni qayta takror
ishlab chiqarishdir.
Qurilish jarayoni xo’jalik va pudrat usulida olib boriladi.
Xo’jalik usuli – bu qurilishni bevosita quruvchilarning o’zlari (korxona, tashkilot,
firma va hokazo) olib boradilar. Bunda qurilayotgan obьekt ana shu korxonani
(tashkilotni) o’zi uchun mo’ljallangan bo’ladi.
Pudrat usuli buyurtmachilar bilan shartnoma asosida doimiy harakatdagi quruvchi
tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan qurilishdir. Unda ikki tomon: birinchi-

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling