O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

Avtomobilь yo’llari. Respublika rivojlangan yo’l xo’jaligi va zamonaviy talablarga javob
beradigan xalqaro, respublika, mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan avtomobilь yo’llariga ega.
Respublika mustaqillikka erishganidan keyin mavjud avtomobilь yo’llarini xalqaro
andozalarga moslash, yo’llarni saqlash va ta’mirlash, yangi barpo etilayotgan sanoat rayonlarini
xalqaro magistrallar bilan bog’laydigan yo’llar qurilishi masalalariga e’tibor kuchaydi. Bu borada
O’zbekiston Xitoy va Pokistonga chiqish imkoniyatini beruvchi Andijon-O’sh-Ergashtom-
Qashqar avtomobilь yo’lini ishga tushirishdi (1997 yil 21 iyulь), Xind okeaniga chiqish
imkonini beradigan Termiz-Xirot-Karachi avtomobilь yo’li qurilishida o’z ulushi bilan
qatnashmoqda. SHuningdek Buxoro-Nukus avtomobilь yo’lini qurish davom etayapti.
Xavo transporti. O’zbekiston jahondagi ko’p mamlakatlarning poytaxtlari, yirik
shaharlar, sanoat markazlari bilan havo yo’llari orqali bog’langan.
 Respublika havo transporti – fuqaro aviatsiyasi tarixi 1920 yillardan boshlanadi.
1930 yildan Toshkent-Moskva yo’lida samolyotlar muntazam qatnay boshladi.
Respublika mustaqillikka erishgandan keyin, 1992 yil yanvar oyida «O’zbekiston havo
yo’llari» milliy aviakompaniyasi tashkil etildi.
Respublikaning, ayniqsa, xorijiy mamlakatlar bilan tashqi iqtisodiy, turistik aloqalarini
yo’lga qo’yishda mamlakatning o’z havo transporti muhim rolь o’ynamoqda. «O’zbekiston havo
yo’llari»ning bir qancha Yevropa va Osiyo, Amerika mamlakatlarida vakolatxonalari ochildi;
yangi xalqaro marshrutlarda samolyotlar qatnovi yo’lga qo’yildi: 1993 yildan Toshkentdan
MDHdan tashqari London, Manchester, Frankfurt-Mayn,Telь-Aviv, SHarja, Jidda, Istambul,
Karachi, Dehli, Kuala-Lampur, Bangkok, Pekin, Afina, Amsterdam, Seul va Nьyu-York
shaharlariga muntazam xalqaro aviareyslar, Xalab (Aleppo), Singapur hamda Osiyo va
Yevropaning ko’pgina mamlakatlariga charter yo’lovchi tashish reyslari bajariladi.
«O’zbekiston havo yo’llari» milliy aviakompaniyasi Germaniya, Frantsiya, Rossiya
firmalari bilan turli sohalarda hamkorlik qilmoqda.
«O’zbekiston havo yo’llari» xilma-xil tipdagi havo kemalariga ega. Havo transporti
tarmoqlarida yangilash ishlari davom ettirilmoqda 2010 yil “Air bus industy”kompaniyasining 6
ta A 320 – 200 rusumli samalyoti sotib olindi. SHu yilda “O’zbekiston havo yo’llari” milliy
aviakompaniyasi “Korean Air” kompaniyasi bilan hamkorlikda havo qatnovlari geografiyasini
yanada kengaytirish, aeroport infratuzilmasini yanada takomillashtirish va yuklarni tashish
uchun samolyotlar sonini ko’paytirish ishlarini davom ettirmoqda.
Navoiy xalqaro intermodal logistika markazi yangitdan shakllangan yuk terminali orqali
50,1 ming tonna 2009 yilga qaraganda 3 barobar ko’p yuk tashildi.


89
«O’zbekiston havo yo’llari» milliy aviakompaniyasi tarkibida 12 zamonaviy aerovokzal

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling