O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
- Bu sahifa navigatsiya:
- 30 foiz kamaytirish
energetika salohiyatini yanada rivojlantirish, resurslarni tejaydigan
texnologiyalarni joriy etish, iste’molchilarni energiya bilan ishonchli va sifatli ta’minlash, energiya quvvatlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan o’nlab investitsiya loyihalari amalga oshiriladi. Ushbu chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida 2015 yilga borib sanoatda sarflanadigan energiya ulushini kamida 30 foiz kamaytirish mo’ljallanmoqda. Kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishda raqobat qila olish ustunliklariga, jumladan, tabiiy resurslarning ulkan salohiyatiga, qudratli ishlab chiqarish va texnik baza hamda yuqori malakali kadrlarga ega bo’lgan kimyo sanoati investitsiyalar va yangi loyihalarni amalga oshirish uchun jalb etuvchan yo’nalish hisoblanadi. Bu sohada 2011 – 2015 yillarda kimyo ishlab chiqarishini jadal rivojlantirish, materiallar va tayyor mahsulotlarning printsipial yangi turlarini ishlab chiqarishni o’zlashtirishga qaratilgan 30 dan ortiq investitsiya loyihasi amalga oshiriladi va kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 1,6 barobar oshiriladi. 2011 – 2015 yillarda mashinasozlik sohasida yengil avtomobillar ishlab chiqarishni 1,2 barobar, zamonaviy avtobuslar ishlab chiqarishni 1,3 barobar, sovutgich va muzlatgichlar ishlab chiqarishni 4 barobar hamda televizorlar ishlab chiqarishni 5,1 barobar oshirishga qaratilgan 80 dan ortiq investitsiya loyihasini amalga oshirish ko’zda tutilmoqda. Xususan, 2011 yilda «Jeneral Motors» kompaniyasi bilan hamkorlikda avtomobillarning kuchlanish agregatlarini ishlab chiqaradigan korxonaning foydalanishga topshirilishi nafaqat ichki ehtiyojlarni to’liq ta’minlash yoki mahalliy avtomobillarni mahalliylashtirish darajasini oshirish, balki avtomobilь dvigatellarini tashqi bozorlarga eksport qilish imkonini ham yaratadi. Samarqand viloyatida katta hajmda yuk tashiydigan «MAN» rusumidagi avtotransport vositalarini ishlab chiqaradigan va ularga xizmat ko’rsatadigan majmuaning tashkil etilishi ham yuk avtomobillariga butlovchi qismlar ishlab chiqarish bo’yicha kooperatsiya aloqalarining rivojlanishi uchun asos bo’ladi. Vertikal integratsiyalashgan yangi zamonaviy to’qimachilik majmualarining qurilishi paxta tolasini yurtimizda qayta ishlash hajmining 2 barobardan ziyod oshishini ta’minlaydi. Bu, o’z navbatida, 2011 – 2015 yillarda kalava ishlab chiqarishni 2,6 barobar, tayyor trikotaj va tikuvchilik buyumlari tayyorlashni 3,2 va 2,6 barobar hamda to’qimachilik sanoati mahsulotlari eksportini 1,7 barobar oshirish imkonini beradi. Dasturning ustuvor yo’nalishlaridan biri farmatsevtika sanoatini rivojlantirishdir. Ushbu yo’nalishda farmatsevtika korxonalarini tashkil etish va modernizatsiya qilish orqali 150 dan ortiq zamonaviy dori preparatlarining yangi turlarini o’zlashtirish, shu orqali dori- darmonlar iste’moli tarkibida yurtimizda ishlab chiqarilgan dori-darmonlar ulushini 3 barobardan ziyod oshirish nazarda tutilgan. Kelgusida «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi salohiyatidan to’liq foydalanishga katta e’tibor qaratilmoqda. Mazkur zonada yetakchi xorijiy korxonalar bilan hamkorlikda avtomobilь sanoati uchun butlovchi qismlar, eng yangi isitish moslamalari, kimyo va neftь- kimyo mahsulotlari, maishiy elektronika va aloqa vositalari ishlab chiqarish bo’yicha o’nlab yuqori texnologiyaga asoslangan yangi zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish ko’zda tutilmoqda. 69 Mamlakatimizdagi xomashyo va tabiiy resurslarni chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo’shilgan qiymatga ega bo’lgan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha loyihalarni jadal amalga oshirish sanoat tarkibida qayta ishlash tarmoqlarining ulushini oshirib, 2010 yildagi 41 foizdan 2015 yilda 49 foizga yetkazish imkonini beradi. Dasturni amalga oshirish 2011 – 2015 yillarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi ortib, yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 2010 yildagi 24 foizdan 2015 yilda 28 foizga yetkazilishi, shuningdek, yurtimizda ishlab chiqarilgan mah- sulotlar eksportining oshishini ta’minlaydi. Bunda umumiy eksport hajmida sanoat mahsulotlarining ulushi 1,4 barobar ortadi. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling