144
Strategik rejalashtirish metodologiyasi quyidagi
beshta muhim savolga javob
olish imkoniyatini beradi:
1.
Strategik rejalashtirish ob’ektlarini rivojlantirishni maqsadi;
2.
Prognozlar, dastur va rejalar ishlab chiqish jarayoni qanday ketma-
ktlikda bo’lishi
lozimligi;
3.
Strategik prognozlar dastur va rejalar qanday bo’lishi kerak va ular
qanday
talablarni qondirishi kerak;
4.
Strategik rejalashtirish ma’lum muammolarni hal qilishda qanday
yondashuvlardan foydalaniladi?
5.
Strategik
prognozlar, dastur va rejalarni optimallashtirish qanday
metodlar va ko’rsatkichlar tizimi yordamida ta’minlanadi.
Boshqaruvni, demak, strategik rejalashtirishni har qanday muammosini hal
qilish o’z mantiqiga egadir.
Strategik rejalashtirishning mantiqi deganda
strategik rejalashtirishning barcha muammolarini hal qilishda tartibli ketma-ketlik,
o’zaro bog’liqlik va bajariladigan ishlarning asoslanganligini tushuniladi.
Strategik rejalashtirishning mantiqiy
mazmuni uning quyidagi tarkibiy
elementlarini yoritib beradi:
1.
Strategik rejalashtirish davrida sub’ektning maqsadini aniqlash va
shakllantirish;
2.
Strategik rejalashtirish erishilgan darajasini
va tarkibini aniqlash, uni
tahlil qilish;
3.
Rejalashtirish davrida jamiyat talabining hajmi va tarkibini aniqlash;
4.
Rejalashtirish davrining boshlanishiga mavjud bo’lgan resurslar
hajmini va tarkibini aniqlash;
5.
Sotsial-iqtisodiy tarmoqlar talab va resurslarni muvozanatlashtirish,
bir-biri bilan bog’lash.
Strategik rejalashtirishning muhim tarkibiy qismi bo’lib, uning
metodikasi
hisoblanadi.
Metodika – bu prognozlarni, strategik
dasturlarni va rejalarni reja
Do'stlaringiz bilan baham: