O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


ko’rsatkichlarini tahlil qilishda, asoslashda va tuzishda qo’llanilgan barcha


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

ko’rsatkichlarini tahlil qilishda, asoslashda va tuzishda qo’llanilgan barcha
metodlar, usullar yig’indisidir.
Strategik rejalashtirishning metodi bu prognozlar, dastur va rejalarni ayrim
ko’rsatkichlarini hisoblashda rejalashtirishda muammolarini hal qilishda
foydalaniladigan aniq uslub, texnik yondashuvdir.
Rejalashtirishda normativ metod, balanslash metodi, iqtisodiy matematika
metodi va modeli, ekspert (baholash) metodi, sotsial-iqtisodiy tahlil qilish metodi,
tizimli tahlil va sintez va ko’pgina boshqa metodlardan foydalanadi.
Strategik rejalashtirish metodologiyasini aniqlash uning quyidagi
xususiyatlarini hisobga olishni taqazo qiladi:
- Tarkibiy birlik;
- Strategik prognozlar, dasturlar va rejalar ishlab chiqarishning mantiqi
(logikasi);
- Maxsus uslubiy printsip va yondashuvlar;
- Strategik rejalashtirish jarayonida, prognozlashtirish va rejalashtirish
ko’rsatkichlarini tuzishda va asoslashda foydalaniladigan usullar tizimi.


145
Strategik rejalashtirishning metodologiyasining tizimi prognozlar, dastur va
rejalar ishlab chiqishning ilmiy asosi hisoblanadi.
Strategik rejalashtirish metodologiyasining printsiplari. Strategik
rejalashtirish jamiyatning boshqaruv tizimida markaziy element bo’lib hisoblanadi
va uning mantiqiy rejalashtirish printsiplariga suyanadi.
Rejalashtirishning asosiy printsiplari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
1. Iqtisod va siyosatning birligi printsipi
2. Markazlashtirish va mustaqillik printsiplarining birligi
3. Boshqaruv yechimlarini samaradorligi va ilmiy asoslanganlik printsipi
4. Umumiy va lokal (ayrim olingan) manfaatlarni birligi printsipi. Strategik
dasturlar va rejalarni bajarishda shaxsiy va jamoa manfaatini rag’batlantirish.
Ko’rsatkichlar tizimi va strategik rejalashtirish metodlari.
Prognozlashtirishda, dastur va rejalarni tuzishda ko’rsatkichlar tizimidan
keng foydalaniladi. Faqat ko’rsatkichlar tizimi orqali strategik rejalashtirishni
mantiqi, printsiplari va metodologik yondashuvlarini amalga oshirilishi mumkin.
Ko’rsatkich, deb xozirgi zamon hisoboti va statistikasida jamiyatdagi
sotsial-iqtisodiy voqelik va jarayonlarni miqdor va sifat jihatidan tavsiflash
tushuniladi.
Ko’rsatkich tizimi quyidagi 4 guruhga bo’linadi:
1. Miqdor va sifat ko’rsatkichlari
2. Tasdiqlanadigan va hisoblanadigan ko’rsatkichlar
3. Natural va qiymat ko’rsatkichlari
4. Absolyut va nisbiy ko’rsatkichlar
Ularni yana boshqacha tizimga ham bo’lish mumkin:
- umumiy rejalashtirishda foydalaniladigan ko’rsatkichlar tizimi;
- mamlakatni sotsial-iqtisodiy rivojlantirishda, davlat byudjetida
foydalaniladigan ko’rsatkichlar;
- federatsiya sub’ektlarini rivojlanishini va mahalliy byudjetni rejalashtirishda
foydalaniladigan ko’rsatkichlar;
- ayrim tarmoqni rivojlantirishda foydalaniladigan ko’rsatkichlar tizimi;
- korxona, birlashma, tijorat tashkilotlarini rivojlantirish pronozlarini,
dasturlarini va rejalarini tuzishda foydalaniladigan ko’rsatkichlar tizimi.
Strategik rejalashtirishda foydalaniladigan ko’rsatkichlar ma’lum talablarga

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling