O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ettinchidan
- Yopiq iqtisodiyot
Beshinchidan, qo’shma korxonalarni tashkil qilishda ko’maklashish, shuningdek
sarmoyalarning manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash. Oltinchidan, tashqi savdo, lizing, konsalting va sug’urta firmalari, tashqi aloqalarni rivojlantirish manfaatlari va shartlariga mos keladigan transport, aloqa va kommunikatsiyalar tizimlarini vujudga keltirish. Ettinchidan, xalqaro huquq va tashqi iqtisodiy faoliyat, bank tizimi, hisob-kitob va statistik hisob sohasida malakali kadrlar tayyorlashni tashkil qilish. Bundan tashqari, respublika fuqarolar va yuridik shaxslarning aqliy mulkini himoya qilish uchun o’zimizning patent-litsenziya ishlari tizimini yo’lga qo’yish, zarur. Mahsulotni standartlash va sertifikatlash xalqaro tizimiga izchillik bilan o’tish zarurdir. Tashqi iqtisodiy faoliyatning ata shu va boshqa yo’nalishlarini amalga oshirish O’zbekiston iqtisodiyotining jahon iqtisodiy hamjamiyatida munosib o’rin egallash imkoniyatini beradi. SHunday qilib, mustaqillik tufayli O’zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish va “ochiq iqtisodiyot”ga o’tish uchun barcha shart sharoitlar yaratildi. Ochiq iqtisodiyot – bu shunday iqtisodiyotki, unda mamlakatning barcha fuqarolari xalqaro tovar va kapital bozorida oldi-berdilarni cheklanmagan holda amalga oshirishlari mumkin. Xalqaro savdoda ishtirok etmaydigan iqtisodiyot Yopiq iqtisodiyot deb ataladi. Jahon tarixida shunday voqealar ham bo’lib turadi. Masalan, biror bir mamlakat u yoki bu sabablar bilan o’z hududlari chegarasida o’ralashib qolgan bo’ladi va xorijiy davlatlar bilan juda kam ayriboshlash qiladi. Masalan, Sobiq SSSRda urushgacha bo’lgan davrda shunday bo’lgan. Ta’kidlash lozimki, hozirgi kunda mutlaq Yopiq iqtisodiyot mavjud emas. Ochiq iqtisodiyot qurishning asosi bo’lib xalqaro mehnat taqsimoti, mamlakatning jahon xo’jalik aloqalarida keng qatnashishi hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlanish tajribasi shuni ko’rsatadiki, faqatgina mamlakatlararo iqtisodiy aloqalar, kapital va tovar ayriboshlash bozor iqtisodiyotiga o’tishni va uning sur’atlarini ta’minlaydi. Amaliyot ochiq iqtisodiyoting baholash mezonini ham aniqlab bergan. 1. Tashqi savdo oborotini rivojlanish darajasi mamlakatda iqtisodiy o’sishni rag’batlantiradi. Bunga eksport va import aloqalarini kengaytirish yo’li bilan erishish mumkin. 2. Xalqaro mehnat taqsimotida qatnashish mamlakat ishlab chiqarish tarkibini tashkil qiladi va takomillashtiradi. Bu o’z navbatida mamlakat boshqa mamlakatlarga nisbatan samarali va arzon tovarlar ishlab chiqarishga e’tiborni qaratishga undaydi. 151 Pirovard natijada iqtisodiyotning ochiqligi bu mamlakatni jahon iqtisodiyoti bilan erkin raqobatga kira olishini bildiradi Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling