O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


«O’zbekinvest» davlat sug’urta kompaniyasi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

«O’zbekinvest» davlat sug’urta kompaniyasi mamlakat va xorijiy investitsiyalarni
sug’urtalash bo’yicha tashkilotlar hisoblanadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishning tarmoq tashkilotlari tashqi iqtisodiy faoliyatni
amalga oshiruvchi vazirliklar, idoralar, yirik korxonalar va tashkilotlarning maxsus
bo’linmalaridan tashkil topgan. Ular tarmoq, idora, korxona va tashkilotlar tashqi iqtisodiy
faoliyatini rivojlantirish dasturini ishlab chiqadi, xorijiy sheriklar bilan shartnoma va bitimlar
tuzadi, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning aniq yo’nalishlari bo’yicha Respublika
Vazirlar Mahkamasiga takliflar tayyorlaydi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar tashkilotlarining tuzilishi hamda ularni tashkiliy-huquqiy
mexanizminining ishlab chiqilishi, yaratilishi respublikada boshqarishni ma’muriy usullarini


157
chegaralaydigan liberalizatsiya printsiplarini xayotga tadbiq qilishni ta’minladi va tashqi
iqtisodiy faoliyatni tartibga solishni va boshqarishni bozor instrumentlarini (dastaklarini)
rivojlanishiga shart-sharoit yaratdi.
Tashqi iqtisodiy siyosatning asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
·Tashqi savdoni liberizatsiyalash;
·Eksportga mo’ljallangan ishlab chiqarish ixtisoslashuvining ustuvorligini ta’minlash;
·Tashqaridan respublikamizga sotib olinadigan(import) maxsulotlar ro’yxatini maqsadga
muvofiq ravishda ishlab chiqish va boshqalar.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishda funktsional tashkilotlar ham muhim rolь
o’ynaydi. Bu tashkilotlarga iqtisodiyot va statistika vazirliklari, Moliya vazirligi, Davlat Soliq va
bojxona qo’mitalari, Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi va boshqalar kiradi. Bu
tashkilotlarning har biri o’z mas’uliyat doirasiga kiruvchi masalalarni hal etadi va ularning
natijasi uchun javobgardir.
Iqtisodiyot vazirligi tashqi iqtisodiy faoliyatni tahlil qilishni va istiqbolini belgilashni
amalga oshiradi, tashqi iqtisodiy aloqalar samaradorligini oshirishga, iqtisodiyotni ichki omillar
vositasida ko’tarishga asoslangan, tashqi iqtisodiy faoliyatni yaxshilashga qaratilgan taklif va
tavsiyalarni tayyorlaydi.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling