10.3. Tashqi iqtisodiy faoliyat va uni boshqarishni tashkil qilish.
Mustaqil O’zbekistonni Tashqi bozorga chiqishi tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida 1991
yil 14 iyunda qabul qilingan qonun bilan bog’liqdir. Bu qonunda tashqi iqtisodiy faoliyatni
tashkil qilish tartibi va asosiy printsiplari belgilangan. Bu qonun tashqi iqtisodiy faoliyatni
amalga oshirishda ata rolь o’ynadi. O’zbekistonda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar
va savdo vazirligi, Respublika tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Bojxona qo’mitasi
tashkil etilishi bilan O’zbekistonda tashqi iqtisodiy kompleksni boshqarish tizimi yaratildi.
Hozirgi paytda respublikada tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish tizimi asosan
shakllangan va uning tarkibiga kirgan tashkilotlar faoliyatlari takomillashtirilmoqda.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish tizimining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
1. Respublika milliy manfaatlariga jabob beruvchi va uning jahon hamjamiyatidagi
o’rnini ta’minlovchi tashqi iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish;
2. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etishning qonuniy asoslarini o’rganish;
3. Mulkchilik ko’rinishining turli shakllaridan qat’iy nazar, tashqi iqtisodiy faoliyatning
barcha ishtirokchilari uchun eng yuqori samaradorlikni ta’minlash, ularning faoliyati
va manfaatlarini himoya qilish;
4. Milliy iqtisodiyotni muvaffaqiyatli isloh etish uchun tashqi iqtisodiy omildan to’liq
foydalanish.
Hozirgi kunga kelib, tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish Respublika Prezidenti, Oliy
Majlis va Respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. Ular O’zbekiston tashqi
iqtisodiy faoliyatining rivojlanish strategiyasini aniqlaydi, uning normativ bazasini ishlab chiqadi
va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning barcha ishtirokchilari harakatiga umumiy rahbarlikni va
ular ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi – yagona tashqi iqtisodiy
faoliyatni amalga oshirishni, xalqaro aloqalarning barcha ishtirokchilari, ya’ni davlat, shirkat,
paychilik, jamoat, xususiy tashkilotlar faoliyatini nazorat qilishni ta’minlaydi;
- tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning davlat usullarini ishlab chiqadi va
qo’llaydi (bojxona tariflari, eksport kvotalari, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanishga
ruxsat beradi va boshqalar);
- vazirlikka taqdim etilgan ro’yxatga mos keluvchi mahsulot bo’yicha eksport-import
operatsiyalarini o’tkazadi;
- tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlari tomonidan tuziladigan tashqi iqtisodiy shartnoma va
kelishuvlarni tekshirishni amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |