O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


V-bob. Milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilishi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

V-bob. Milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilishi
§ 1. Milliy iqtisodiyot tarkibi, uning mazmuni va asosiy shakllari.
§ 2. Iqtisodiy faoliyat tarkibini tahlil qilish.
§ 3. Milliy iqtisodiyot tarkibini takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari.
§ 1. Milliy iqtisodiyot tarkibi, uning mazmuni va
 asosiy shakllari
Iqtisodiyot murakkab va ko’p qirrali xususiyatga ega. U har biri aniq
funktsiyani bajaradigan va shuning bilan birga boshqa bo’Yoinlar harakatini
ta’minlaydigan keng tarmoqli turli xil bo’limlar tizimidan iborat. SHuning uchun
iqtisodiyotning tarkibi doimo rivojlanishda va takomillashtirishda bo’ladigan
murakkab organizmdir.
Iqtisodiyotning tarkibi (strukturasi) deganda ma’lum omillar ta’sirida
yuzaga kelgan ijtimoiy takror ishlab chiqarish va ijtimoiy mehnat taqsimotini
ifodalaydigan iqtisodiyot tarmoqlarining nisbati tushuniladi.
Ma’lumki, Markazlashgan boshqaruv tizimida muayyan mamlakat
iqtisodiyoti “xalq xo’jaligi” iborasi bilan ifodalanar edi. Bunday yondashuvda
mamlakat iqtisodiyoti ikki sohaga, ya’ni:
§ Ishlab chiqarish
§ Noishlab chiqarish sohalariga bo’lingan xalq xo’jaligi tarmoqlari tasnifiga
asoslanar edi.
Ishlab chiqarish sohasi:
§ Sanoat;
§ qishloq xo’jaligi;
§ o’rmon xo’jaligi;
§ qurilish;
§ yuk transporti;
§ ishlab chiqarishga xizmat o’iluvchi aloqa;
§ moddiy texnika ta’minoti;
§ savdo va tayyorlov tashkilotlari;
§ umumovqatlanish korxonalari;
§ boshqa har xil ishlab chiqarish faoliyatlari;
Noishlab chiqarish sohasi:
§ uy-joy kommunal xo’jaligi va aholiga maishiy xizmat ko’rsatish;
§ sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sotsial ta’minot;
§ xalq ta’limi;
§ madaniyat va san’at;
§ moliya, kredit va davlat sug’urtasi;
§ boshqarish;
§ mudofaa;
§ har xil noishlab chiqarish faoliyatlari.


47
Xalq xo’jaligini bu tartibda guruhlash iqtisodiyotni ma’muriy buyruq bilan
boshqarish sharoitida vujudga kelgan bo’lib, haddan tashqari markazlashgan
rejalashtirish uslubiga asoslangan edi. Bunday tasnif bozor iqtisodiyoti talablariga
javob bera olmaydi. CHunki unga asoslanib:
Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling