O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


§ noishlab chiqarish tarmoqlarida yaratilgan ijtimoiy qiymatni aniqlash


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn


§ noishlab chiqarish tarmoqlarida yaratilgan ijtimoiy qiymatni aniqlash;
§ tarmoqlarni mulk shakllariga ajratib o’rganish;
§ tadbirkorlikning yangi strukturasiga oid ko’pgina ko’rsatkichlarni
aniqlash imkoniyati bo’lmaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xalq xo’jaligining ikki sohasidagi chegara
yo’qoladi, yangi turli-tuman mulkiy tizim vujudga keladi. Natijada, turli mulk
shakllari ko’rinishida bozor iqtisodiyotining quyidagi sub’ektlari shakllanadi:
§ Iqtisodiy mustaqil mulk egasi, ya’ni iste’molchi bo’lgan ayrim kishilar
yoki guruhlar. Bularga odatda yollanib ishlovchilar, yer egalari, kapital
sohiblari, ishlab chiqarish vositasi egalari kiradi. Ular tadbirkorlik qilmay,
o’z mulkidan daromad topadi yoki yollanib ishlaydi.
§ Firma, korxona, xo’jaliklar va ularda band bo’lgan tadbirkorlar. Ular
foyda olish yo’lida mustaqil ish yuritadilar, ishlab chiqarish omillarini
ishga soladilar.
§ Davlatning barcha mahkama-idora tashkilotlari. Ular ham ishlab
chiqarish, ham iste’mol bilan shug’ullanadilar, bozor va unda
qatnashuvchilar faoliyati ustidan nazorat qiladilar.
Bozor iqtisodiyoti ishtirokchilari o’zaro aloqaga kirishadilar. Ishchi kuchi,
yer, kapital va boshqa vosita egalari ularni korxona, firmalarga sotadi. Ular o’z
navbatida ishlab chiqarish omillaridan foydalanib tovar ishlab chiqaradilar va
xizmatlar ko’rsatadilar.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1993 yilda qabul qilingan MSTining 3-
tahririda Milliy iqtisodiyot ikki qismga ajratilgan:
1. Ichki iqtisodiyot
2. Qolgan dunyo (tashqi dunyo)
Ichki iqtisodiyot 5 sektorga ajratilgan:
1. Tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalari (nomoliyaviy
korxonalar);
2. Moliya tashkilotlari ;
3. Davlat tashkilotlari;
4. Uy xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi ijtimoiy tashkilotlar;
5. Uy xo’jaligi;
Milliy iqtisodiyotning ikkinchi qismi - qolgan dunyo yoki tashqi dunyo
sektoridir. Unga tashqi iqtisodiy aloqalar kiradi. Bu sektor asosan chet davlatlar va
mamlakat instituttsional birliklar (rezidentlari) o’rtasidagi muomalalarni hisobga

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling