O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
§ 2. Iqtisodiy faoliyat tarkibini tahlil qilish
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-jadval Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida davlat va nodavlat sektorlarining yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishdagi ulushi 17 2011 y.
- 2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik darajasini tahlil qilish.
§ 2. Iqtisodiy faoliyat tarkibini tahlil qilish
Iqtisodiy faoliyat tarkibi u yoki bu mamlakat, butun insoniyat alohida individuallari guruhlari ijtimoiy qatlamlarining faoliyatidir. Iqtisodiy faoliyat tarkibini tahlil qilishdamilliy iqtisodiyotni tarkibiy bo’limlari, tarmoqlar va ularning o’sish sur’atlari, mahsulot turlari bo’yicha o’sish darajalari va hakozo ko’rsatkichlar tahlil qilinadi. Tarkibiy tahlil asosida iqtisodiy siyosat ishlab chiqiladi. Milliy iqtisodiyotni tahlil qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1. Mulkiy munosabatlar tahlili. Respublikamizda mulk munosabatlarini takomillashtirish bo’yicha ma’lum ishlar amalga oshirildi. Xususan, O’zbekiston Respublikasida “Mulkchilik to’g’risi”da, uni “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida”gi qonunlar va “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulkni himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirishni ta’minlash tadbirlari to’g’risida”gi Prezident Farmoni va boshqa huquqiy hujjatlarni qabul qilindi. 52 9-jadval Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida davlat va nodavlat sektorlarining yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishdagi ulushi 17 2011 y. Davlat sektori(%) Nodavlat sektori(%) Yalpi ichki mahsulot 17,5 82,5 Sanoat mahsuloti 15,4 84,6 Yalpi qishloq xo’jaligi mahsuloti 0,1 99,9 Qurilish 7,8 92,2 Transport 36,8 63,2 Aloqa 4,2 95,8 CHakana tovaroborot hajmi 0,2 99,8 Xizmat ko’rsatish sohasi 18,3 81,7 Iqtisodiyotda band bo’lgan aholi soni 18,5 81,5 2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik darajasini tahlil qilish. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rag’batlantirish, qimmatbaho qog’ozlar bozorini shakllantirish islohotlar taqdirini belgilovchi shartlardan biri hisoblanadi. O’zbekistonda qisqa vaqt ichida kichik va o’rta biznesni rivojlantirishni huquqiy shart-sharoitlari va tashkiliy tuzilmalari yaratildi. Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, o’rta va kichik biznesni qo’llab-quvvatlash bo’yicha hukumat komissiyasi, Biznes-Fond, “Madad” sug’urta agentligi, konsalting, injiniring, lizing, firma va kompaniyalar, biznes-inkubatorlar ish olib bordilar. Xususiy korxona to’g’risidagi qoidalar qonun nuqtai-nazaridan mustahkamlandi. Tadbirkorlik sub’ektlarini ro’yxatga olish tartibi tubdan yangilandi va soddalashtirildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida ish bilan band bo’lgan aholining 76% dan ko’prog’i mehnat qilmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini rivojlanishiga soliq yukini yanada kamaytirish, mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovining, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i stavkalarining kamaytirilishi, kichik biznes va tadbirkorlikni izchil rivojlantirish uchun zarur omillar yaratdi. Natijada ularning soni 2012 yil 1 yanvardan 246441 tani tashkil qildi. Kichik biznes sub’ektlari tomonidan ishlab chiqilayotgan sanoan mahsulotlarining xajmi 2011 yili salkam 21 % ni tashkil qildi. Bu sanoat tarmog’ida o’rtacha o’sish ko’rsatkichidan ancha ko’pdir. SHuning natijasida kichik biznesning YaIMdagi ulushi 2011 yilda 54,0 % ni tashkil qildi. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish bilan bir qatorda xizmat ko’rsatish sohasi va kasanachilikning turli shakllarini joriy etishga keng e’tibor berilmoqda. natijada, Respublikamizda 2012 yili 950 mingga yaqin ish o’rinlari 17 Ўзбекистон Республикасининг статистик ахборотномаси Т. Ўзбекистон 2011 йил 47 бет 53 yaratilgan bo’lsa, shundan xizmat ko’rsatish va servis sohasini xissasi 250 mingtani, kasanachilik sohasi hissasi esa qariyb 100 mingdan oshiqrog’ini tashkil qiladi. Yangi ish o’rinlarini yaratishda, shuningdek, aloqa, axborotlashtirish, moliya, bank, transport xizmati ko’rsatish, maishiy texnika va avtomobillarni ta’mirlash sohalarining hissasi oshib bormoqda (50,0 % ga yaqin). O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uch muhim masalani yechishni ko’zda tutadi: Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling