O’zbеkistоn rеspublikas I aхbоrоt tехnоlоgiyalari va kоmmunikats iyalarini rivоjlantiris h vazirligi


Download 1.71 Mb.
bet10/23
Sana02.01.2022
Hajmi1.71 Mb.
#194906
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Bog'liq
fhdyo bolimi axborot tizimini loyhalash

O‘limni qayd etish. O‘limni qayd etish o‘lim haqida tibbiy guvohnoma yoki sudning vafot etgan deb e'lon qilish haqidagi qaroriga asosan amalga oshirilib, o‘limni qayd etish uchun asos bo‘lgan hujjat

o‘lim haqida dalolatnoma yozuvining ikkinchi nushasi bilan birga tikilib, adliya boshqarmasi FHDYO arhivida 75 yil davomida saqlanadi.


O‘limni qayd ettirish uchun FHDYO organiga o‘lim haqida tibbiy guvohnoma yoki sudning fuqaroni vafot etgan deb e'lon qilish haqidagi qonuniy kuchga kirgan (bu haqda belgi qo‘yilgan yoki tegishli ma'lumotnoma bilan tasdiqlangan) qarori bilan birga 16 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi, 16 yoshdan oshganlarning esa pasportlari va harbiy bileti taqdim etiladi.
O‘lgan fuqaroning hujjati taqdim etilmagan hollarda o‘limni qayd etish rad etilmaydi, bunday holda dalolatnoma yozuvining «Belgilar uchun» ustunida «hujjati topshirilmadi, dalolatnoma yozuvi o‘lim haqida tibbiy guvohnomaga
yoki sudning fuqaroni vafot etgan deb e'lon qilish haqidagi qaroriga asosan qayd etildi» deb yozib qo‘yiladi.
O‘limni qayd etish muddatini o‘tkazib murojaat etilganida, FHDYO organi tomonidan o‘limni qayd etish rad qilinmaydi va umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
O‘limni qayd etish muddatini o‘tkazib, bir yilgacha murojaat etilganda, marhumning o‘lgan joyi bo‘yicha yoki o‘limidan oldin yashagan joyi bo‘yicha, bir yildan so‘ng murojaat etilganda esa, marhumning o‘limidan oldin yashagan joyi bo‘yicha FHDYO organi tomonidan o‘lim qayd etiladi.
O‘lim haqida tibbiy guvohnomaning asl nushasi taqdim etilmagan hollarda, fuqaroning vafot etgan va o‘limidan oldin yashagan joyidagi adliya boshqarmasi FHDYO arhivi tomonidan o‘lim qayd etilmaganligi haqida ma'lumotnoma olinganidan keyingina dalolatnoma yozuvi qayd etiladi.

O‘zbekiston hududida doimiy yashovchi shahslar O‘zbekistondan tashqarida vafot etgan hollarda, marhumning jasadi dafn etish uchun olib kelinganida, hududida o‘lim sodir bo‘lgan davlatning vakolatli organi tomonidan berilgan tegishli hujjat taqdim etilganida, marhum dafn etiladigan joydagi FHDYO bo‘limi tomonidan qabristonga va sug‘urta kassasiga ma'lumotnomalar beriladi. Ma'lumotnoma FHDYO bo‘limidan chiqish daftarida ro‘yhatdan o‘tkazilib, alohida yig‘majildga tikiladi va yig‘majildning ichki chap tomonida ro‘yhati ko‘rsatib boriladi.


Tug‘ilgan bola uning tug‘ilishi qayd etilmasdan vafot etganda, unga tug‘ilish haqidagi dalolatnoma yozuvi hamda bir vaqtning o‘zida o‘lim haqidagi
dalolatnoma yozuvi qayd etilib, talab qilinganda o‘lim haqidagi guvohnoma beriladi.
Dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish uchun arizachining yashash joyidagi yoki tegishli dalolatnoma yozuvi qayd etilgan FHDYO organiga belgilangan shaklda ariza bilan murojaat qilinadi .
Nikohdan ajralganda nikohgacha bo‘lgan familiyasiga qaytishni tanlab, lekin shahsini tasdiqlovchi hujjati o‘zgarishsiz qolgan hollarda fuqaro tegishli ariza bilan FHDYO organiga murojaat qiladi va FHDYO organi tomonidan nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish kiritiladi.
Dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish ishonchnoma orqali amalga oshirilmaydi.
Arizalar shu kunning o‘zida mahsus daftarda ro‘yhatdan o‘tkazilib, ariza va taqdim etilgan hujjatlar alohida yig‘majildga tartib bilan - tikiladi. Hulosa qilinishi lozim bo‘lgan arizalar bo‘yicha hujjatlar alohida

yig‘majildga tikilib, yig‘majildning ichki chap tomoniga hujjatlar ro‘yhati yozib qo‘yiladi.


O‘zgartirish kiritilishi lozim bo‘lgan dalolatnoma yozuvlari albatta yig‘majildga tikilishi lozim.
Bola 16 yoshga to‘lishi bilan shahsini tasdiqlovchi hujjatini olgunga qadar, tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvida imlo hatolar bo‘lganligi sababli, unga tuzatish kiritish yoki ismiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risidagi ariza
bilan murojaat etganda, tuzatish yoki qo‘shimcha kiritish uning ota-onasi roziligi bilan amalga oshiriladi.
Fuqaroning jinsi o‘zgarganida dalolatnoma yozuviga tuzatish kiritish faqat sog‘liqni saqlash organlari hulosasiga asosan amalga oshiriladi.
Hulosaning nechta nushada tuzilishi o‘zgartirishlar nechta FHDYO organida qayd etiladigan dalolatnoma yozuvlariga kiritilishiga qarab belgilanadi.
Arxivga yuborilgan habarnoma nushasi ariza ijrosining tasdig‘i sifatida birga tikilishi lozim.
O‘zgartirish respublika hududida qayd etilgan dalolatnoma yozuvlariga kiritilishi lozim bo‘lgan hollarda, yig‘majild hulosani tuzgan FHDYO bo‘limining o‘zida sa?lanadi. O‘zgartirish kiritilishi lozim bo‘lgan dalolatnoma yozuvi boshqa FHDYO organida bo‘lgan hollarda, o‘sha FHDYO organi tomonidan o‘zgartirishlar kiritilib, guvohnoma berilganligi nazorat qilinadi va arizaga gerbli guvohnoma raqami yozib qo‘yiladi.
O‘zgartirish boshqa respublikada qayd etilgan dalolatnoma yozuviga kiritilishi lozim bo‘lgan hollarda yig‘majild nushasi va

habarnoma rus tiliga tarjima qilingan holda jo‘natiladi.



Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling