O’zbеkistоn rеspublikas I aхbоrоt tехnоlоgiyalari va kоmmunikats iyalarini rivоjlantiris h vazirligi


Download 1.71 Mb.
bet9/23
Sana02.01.2022
Hajmi1.71 Mb.
#194906
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Bog'liq
fhdyo bolimi axborot tizimini loyhalash

Tug‘ilganlikni qayd etish. Tug‘ilganlikni qayd etishda bolaning tug‘ilganligi haqida tibbiy ma'lumotnoma, ota-onaning shahsini tasdiqlovchi hujjatlari va nikoh guvohnomasi talab etiladi.
Zarur hujjatlar taqdim etilmagan hollarda FHDYO bo‘limi dalolatnoma yozuvini qayd etish rad qilinganligi haqida asoslantirilgan ma'lumotnoma beradi.
Tug‘ilganlikni qayd etish uchun asos bo‘lib hisoblanuvchi tug‘ilganlikni tasdiqlovchi tibbiy ma'lumotnoma, dalolatnoma (bola tug‘ruqhonadan tashqari joylarda tug‘ilgan bo‘lsa) tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvining birinchi nushasining orqa tomoniga tikilib, u bilan birga 75 yil davomida saqlanadi.

Tug‘ilganlikni qayd ettirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksida belgilangan bir oylik muddat o‘tkazib, bola 16 yoshga to‘lguncha murojaat etilgan hollarda tug‘ilganlikni qayd etish rad qilinmaydi, balki umumiy asoslarda amalga oshiriladi. Bola bir yoshga to‘lganidan so‘ng, uning tug‘ilganligi ota-onasidan birining doimiy yashash joyida qayd etiladi va zaruratga qarab qo‘shimcha ravishda quyidagi ma'lumotnomalar talab qilinishi mumkin:




  • bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risida uchastka pediatridan ma'lumotnoma;




  • maktabgacha ta'lim muassasasi yoki maktabdan u erga qabul qilinganligi to‘g‘risida ma'lumotnoma;




  • tegishli FHDYO arhividan ushbu bolaga nisbatan tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi to‘g‘risida ma'lumotnoma.




  • Bola bir yoshga to‘lganidan so‘ng tug‘ilganlik qayd etilgan hollar 14 (22) shakl hisobotida muddati o‘tkazib qayd ettirilgan tug‘ilish ustunida ajratib ko‘rsatiladi.

Bola tug‘ruqhonadan tashqari joylarda tug‘ilgan bo‘lsa va ushbu holatda u bir yoshga to‘lgandan so‘ng tug‘ilganlik qayd etilgan taqdirda,


mazkur Yo‘riqnomaning 41-bandida ko‘rsatib o‘tilgan ma'lumotnomalarga qo‘shimcha ravishda FHDYO organiga bola tug‘ruqhonadan tashqari joylarda tug‘ilganligini tasdiqlovchi dalolatnoma ham taqdim etiladi.
Agarda tug‘ruqhonadan tashqari joylarda tug‘ilgan bolaning tug‘ilganligini tasdiqlovchi dalolatnoma tuzilmagan bo‘lsa va tug‘ilishni qayd etish uchun etarli asoslar mavjud bo‘lmagan taqdirda, bolaning u yoki bu onadan tug‘ilganlik faktini aniqlash sud tartibida amalga oshiriladi.

Tug‘ilganlikni qayd etish bilan bir vaqtda nikohda bo‘lmagan ota-onadan tug‘ilgan bolaga otalikni belgilash ota va onaning FHDYO organiga birgalikda bergan arizasi asosida amalga oshiriladi.


Bunday hollarda, agar bolaning onasi boshqa shahs bilan qonuniy nikohda turgan bo‘lsa, otalikni belgilash to‘g‘risidagi arizaga nikohda turgan shahsning (erning) notarial tasdiqlangan roziligi ilova qilinishi yoki FHDYO organiga kelib yozma ravishda o‘z roziligini bildirishi lozim. Bunday rozilik FHDYO organi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Tugilganlik haqida dalolatnoma yozuvi to‘ldirilgach, albatta arizachi tomonidan o‘qib chiqilib imzolanishi lozim va unga asosan shu vaqtning o‘zida tug‘ilganlik haqida gerbli guvohnoma va sug‘urta kassasiga topshirish uchun ma'lumotnoma to‘ldirilib arizachiga beriladi
Yolg‘iz onadan tug‘ilgan bolaning tug‘ilganligini rasmiylashtirish tartibi tug‘ilganlikni yolg‘iz (qonuniy nikohda bo‘lmagan) ona tomonidan qayd ettirishda FHDYO organiga onaning shahsini tasdiqlovchi hujjati va yozma arizasi taqdim etiladi. Ariza belgilangan shakl bo‘yicha to‘ldirilmay, erkin holda yozilganida, unda belgilangan shaklda ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan barcha ma'lumotlar aks ettirilgan bo‘lishi zarur. Yolg‘iz onaning arizasi belgilangan tartibda tasdiqlanishi lozim b o‘lib, ishonchnoma orqali dalolatnoma yozuvi qayd etilishi mumkin emas.
Agarda tug‘ilgan bolaning onasi voyaga etmagan bo‘lsa, tug‘ilganlik bolaning tug‘ilganligini qayd etish haqidagi tibbiyot muassasasining ma'lumotnomasi hamda vasiylik va homiylik organining arizasiga asosan qayd etiladi. Bunday holda, bolani tuqqan onaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi, shuningdek yashash joyidan, o‘qiyotgan bo‘lsa o‘qish joyidan rasmi elimlangan holdagi ma'lumotnomalar taqdim etilishi lozim.

Yolg‘iz ona arizasida bolaning, onaning va otaning familiyasi bir hilda ona familiyasi bo‘yicha ko‘rsatilishi lozim.


Tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvini qayd etishda yolg‘iz ona shahsan ishtirok etolmagan taqdirda arizadagi ona imzosi tug‘ruqhona yoki ona joylashtirilgan shifohona shifokorining imzosi va tug‘ruqhonaning muhri bilan yohud notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi shart. Boshqacha tartibda yoki ishonchnoma orqali dalolatnoma yozuvi qayd etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yolg‘iz onalar arizalari ro‘yhatga olish daftariga qayd etilib, arizaning o‘ng tomonining pastki qismiga kirish raqami va ro‘yhatga olingan sanasi yozilib, tartib bilan tikib boriladi
Arizaning yuqori o‘ng burchagiga dalolatnoma yozuvi raqami, sanasi va berilgan gerbli guvohnoma raqami yozib qo‘yiladi.
Yolg‘iz onaga farzandining tug‘ilganligi haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilganligi to‘g‘risida belgilangan shakldagi ma'lumotnoma beriladi .

Tug‘ilganlikni qayd etishning alohida hollari


Tug‘ilganlikni qayd ettirish muddatini o‘tkazib (16 yoshgacha) murojaat qilinganida, FHDYO organiga tug‘ilganlikni qayd ettirish muddatini o‘tkazib yuborganlik sababi ko‘rsatilgan ariza bolaning tug‘ilganligini va sog‘ligini tasdiqlovchi hujjat bilan birga taqdim etiladi (15-ilova).
Mazkur Yo‘riqnomaning 41-bandida ko‘rsatilgan ma'lumotnomalar taqdim etilganda, yuqorida ko‘rsatilgan ariza ushbu ma'lumotnomalar bilan birga beriladi.

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling