Xat, xabarnoma va arizalarni ro‘yxatga olish.
FHDYO organiga kelgan barcha xat, xabarnoma va arizalar kelgan kunida ro‘yxatga olish kitobiga kirim qilinib, shu kuniyoq ijroga qaratilib, qonunda belgilangan muddatlarda ijro etilishi lozim. Barcha kirim qilingan hujjatlarning birinchi varag‘ining pastki o‘ng burchagiga kirim qilingan sana va kirim raqami yozib qo‘yiladi .
Ijro etilgan xatdagi chiqish raqami kirim raqami bilan bir xil bo‘ladi.
FHDYo organida tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik va o‘lim haqidagi takroriy guvohnoma berishni so‘rab murojaat qilingan arizalarni ro‘yxatga olish daftarlari mazkur Yo‘riqnomaning keltirilgan shakl bo‘yicha har bir fuqarolik holati dalolatnomalari uchun alohida yuritiladi.
FHDYO organining o‘z tashabbusiga ko‘ra jo‘natilayotgan xat, xabarnoma va arizalar alohida chiqish kitobida ro‘yxatdan o‘tkazilib raqamlanadi .
FHDYO organlarida ish yuritishni ixchamlashtirish va tartibli olib borish maqsadida har bir FHDYO organida Ish hujjatlari nomenklaturasi yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |