Nikohni qayd etish.Nikohga kiruvchilar tomonidan taqdim etilgan arizalar shu kunning o‘zida mahsus daftarga ro‘yhatga olinib, arizaning qayd etilgan sanasi va raqami hamda nikohni qayd etish tayinlangan sanasi yozib qo‘yiladi. Ariza qabul qilingan vaqtida nikohlanuvchi shahslarga tibbiy ko‘rikka berilgan yo‘llanmalar raqami arizaning kirim raqamiga drob orqali tartib bilan qo‘shib boriladi.
Nikohga kirish haqida belgilangan shaklda to‘ldirilgan arizadagi ma'lumotlar nikohga kiruvchilarning shahsini tasdiqlovchi hujjatlari asosida aniq yozilishi va arizani qabul qiluvchi mas'ul hodim ishtirokida imzolanishi hamda u tomonidan arizada ko‘rsatilgan ma'lumotlar arizachilarning shahsini tasdiqlovchi hujjatlari (pasport, oficerlarning shahsini tasdiqlovchi guvohnomasi) bilan tekshirib qabul qilinishi lozim.
Ariza 2 qismdan iborat bo‘lib, uning birinchi qismi topshirish vaqtida to‘ldirilib, o‘sha kundagi sana yoziladi. 2-qismi esa, nikohlanuvchilar belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tganlaridan keyin, FHDYO organiga tibbiy ma'lumotnomalar taqdim etilgan vaqtida to‘ldiriladi va shu kunning sanasi qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |