O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi, krimino


Download 321.95 Kb.
bet8/19
Sana09.06.2023
Hajmi321.95 Kb.
#1472035
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
BMI Eshonqulov fine

Birinchidan, jinoyat obyekti ijtimoiy kategoriya hisoblanadi va u moddiy ahamiyat kasb etmaydi, yani jinoyat obyektini jinoyat predmetidan farqlash mezonidir;
Ikkinchidan, qonun chiqarish vakolatiga ega organ tomonidan jinoyat obyekti sifatida faqat eng muhim, qiymati yuqori va davlat muhofazasiga muhtoj ijtimoiy munosabatlar tan olinadi;
Uchinchidan, jinoyat sodir etilayotganda jinoyat obyekti sifatida ijtimoiy munosabat yo‘qolib ketmay, faqatgina buziladi. Masalan, inson hayotini taʼminlovchi ijtimoiy munosabatlar doirasinida, odam o‘ldirish jinoyatida shaxs o‘ldiriladi, ammo u jinoyat obyekti sifatida yo‘qolib ketmaydi.
Jinoyat huquqida jinoyatning obyekti uchta turga bo‘lib, tasniflangan. Bular:
a) jinoyatlarning umumiy obyekti;
b) jinoyatlarning maxsus obyekti;
v) jinoyatning bevosita obyekti.
Jinoyatlarning umumiy obyekti jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy
munosabatlardir. Jinoyatlarning umumiy obektlari JK 2-moddasida nazarda tutilgan bo‘lib, ular shaxs, uning huquqi va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari, mulkchilik, tabiiy muhit, tinchlik va insoniyat xavfsizligi va boshqalardir.
Maxsus obyekt — jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan, o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq va o‘xshash bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar bo‘lib, JK Maxsus qismidagi barcha jinoyatlarning obyekti jihatidan o‘xshashlari ajratib olinib, so‘ng muayyan guruhdagi jinoyatlar turkumiga kiritiladi1.
Shu o‘rinda aytib o‘tishimiz lozimki, jinoyat huquqi nazariyasida jinoyatlarning turdosh obektlari haqida ham so‘z yuritiladi. Turdosh obyekt ijtimoiy munosabatlarning ijtimoiy qadriyatlar, qimmatlilik maxsus belgilariga qarab


1 Jinoyat huquqi. Umumiy qism. Darslik. Mualliflar jamoasi. O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi. T. 2012, 234-b.
27

guruhlanishi bo‘lib, ayni paytda maxsus obyektning bir elementi hisoblanadi. “Jinoyat kodeksi Maxsus qismining yangi tuzilishi, jinoyat huquqi, falsafiy va mantiqiy toifalarning solishtirilishi hisobga olingan holda ob'ektlarni vertikal ravishda umumiy, yaxlit, umumiy, o‘ziga xos va to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘linishi eng maqbul hisoblanadi. Demak, qonuniylashtirish ob’ektini ko‘rib chiqishda biz o‘z tadqiqotimizda jinoyatning umumiy obyekti Jinoyat kodeksida belgilangan jinoiy tajovuzlardan jinoyat qonuni bilan himoyalangan barcha jamoat munosabatlarining yig‘indisi ekanligidan kelib chiqamiz”1.


M.X.Rustamboyevning fikricha, “Turdosh obyekt – jinoyatlarning xususiyati bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘lgan obyekt turi. Amaliy va nazariy jihatdan bunday tasniflash tajovuzning darajasi va xususiyatini aks ettiradi. Masalan, shaxsga qarshi jinoyatlar (maxsus obyekt) o‘z ichiga shaxsning hayotiga qarshi qaratilgan jinoyatlar (I bob), sog‘liqqa qarshi jinoyatlar (II bob), jinsiy erkinlikka qarshi qaratilgan jinoyatlar (IV bob) kabi tartibda joylashib, bular jinoyatning turdosh obyektini tashkil etadi. Baʼzi hollarda, Maxsus qism bo‘limi bitta bobdan iborat bo‘lgan taqdirda (masalan, 4-bo‘lim va XIV bob – ekologiya sohasidagi jinoyatlar) turdosh obyekt mavjud bo‘lmaydi, yaʼni u maxsus obyekt bilan birikkan bo‘ladi”2.
Jinoyatning bevosita obyekti deyilganda, ijtimoiy xavfli tajovuz sodir etilayotganda bevosita tajovuz qaratilgan ijtimoiy munosabat tushuniladi. Bevosita obyekt JK Maxsus qismining alohida moddasi bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar bo‘lib, ular maxsus obyektlar doirasida bevosita obyektning ahamiyatiga qarab ketma-ket joylashtirilgan. M.X.Rustamboyevning fikricha, mazkur jinoyat obyekti respublika iqtisodiy faoliyati, jamoat xavfsizligi hisoblanadi, jinoyat predmeti aybdorning jinoiy faoliyati natijasida olingan pul mablag‘lari yoki boshqa mulk hisoblanadi3. O‘zbekiston Respublikasi JKning 243- moddasida


1 F.M.Fozilov “Jinoiy faoliyatdan olingan daronadlarni legallashtirishning jinoiy-huquqiy va kriminalogik aspektlari monografiya, Toshkent – 2021. 38-bet
2 M.H.Rustamboyev. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. I tom. Umumiy qism. Oliy taʼlim muassasalari
uchun darslik. “ILM-ZIYO”. – Toshkent.: 2011-y. 142-bet.
3 Rustamboyev M.X. O‘zbekiston Respublikasi JKga sharhlar. Maxsus qism 3-kitob. T. : Yuridik adabiyotlar publish”
2021-y. 330-b.
28

nazarda tutilgan jinoyatning turdosh obyekti jamoat xavfsizligi sohasidagi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.


Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyati natijasida turli jinoiy uyushmalar faoliyati moliyalashtirilishi, terroristik tashkilotlarning mavjud bo‘lishi uchun mablag‘larning yo‘naltirilishi jamoat xafvsizligiga jiddiy tahdid tug‘dirishiga olib kelishi mumkin. Ushbu jinoyat davlatning iqtisodiy asoslariga, moliya kredit sohasidagi munosabatlarga salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Bulardan tashqari, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarning legallashtirilishi xufyona iqtisodiyotning rivojlanishiga, davlatning iqtisodiy tizimi zaiflashishiga olib kelishi mumkin. Bundan ko‘rinib turibdiki, jamoat xavfsizligini taʼminlovchi ijtimoiy munosabatlar va respublika iqtisodiy faoliyati sohasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar ushbu jinoyatning bevosita obyektini tashkil etadi.
Har qanday jinoyat inson ongi va irodasi nazorati ostida sodir qilinadigan harakat yoki harakatsizlik ko‘rinishida bo‘ladi. Jinoyatning obyektiv tomoni shaxs qilmishining tashqi ko‘rinishidir. Melnikovaning ta‘kidlashicha, “ba’zi hollarda bo'limlar umumiy obyekt bo‘yicha ajratiladi va bo‘lim ichida muayyan obyekt bo'yicha bo'limlar bo‘linishi mumkin. Boshqalarida bo‘lim murakkab yoki qo‘shma ob'ekt bilan, bob esa umumiy bilan ajralib turadi”. Shu bilan birga, murakkab yoki kompozitsion obyekt ostida “ikkita, kerak bo‘lganda esa ko‘proq umumiy obyektlar tomonidan tashkil etilgan bunday obyektni tushunish taklif etiladi. Asosiysi, murakkab (komplekt) ob’ektning mazmunini tashkil etuvchi ijtimoiy munosabatlar guruhlari bir-biridan o‘zlashtirilishi kerak1.
Jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan obyektga qarshi qilingan ijtimoiy xavfli harakat yoki harakatsizlikning tashqi holatini ifodalovchi belgilar jinoyatning obyektiv tomoni deb aytiladi2. Jinoyat obyektiv tomonining birinchi navbatdagi ahamiyati, uni to‘g‘ri aniqlash ijtimoiy xavfli qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishda namoyon bo‘ladi. Jinoyatning obyektiv tomoni muayyan vaqt va makonda,


1 Melnikova E.V. Iqtisodiy va rasmiy jinoyatlar: kriminallashtirish va dekriminallashtirish muammolari: yuridik fanlar doktori dissertatsiyasi. – M., 1993. – b. 67.
2 Jinoyat huquqi. Umumiy qism: Darslik / A. S. Yakubov, R. Kabulov va boshq. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV
Akademiyasi, 2009-y. 245-b.
29


muayyan usulda sodir etiladigan, ayrim hollarda, muayyan sharoitda qurol vositalaridan foydalanib, jinoyat sodir etish vaqtida obyektiv haqiqatga aylanadigan ijtimoiy xavfli, jinoyat qonuniga xilof harakat yoki harakatsizlikdan iborat bo‘lgan qilmishdir. Jinoyatning obyektiv tomonini ifodalovchi bu belgilar jinoyat yuzasidan surishtiruv, tergov va sud muhokamasi vaqtida aniqlanadi. Jinoyat tufayli kelib chiqqan ijtimoiy xavfli oqibat ham jinoyat obyektiv tomonining belgilari doirasiga kiradi.
Jinoyat obyektiv tomonining zaruriy belgilaridan biri qilmishning ijtimoiy
xavfliligidir. Jinoiy qilmish – aybdorning ongli, ixtiyoriy faol yoki passiv xulq-atvoridir. Jinoyat tarkibiy qismining obyektiv tomoni belgilarini ko‘rsatuvchi qilmish quyidagi to‘rtta qismdan iborat bo‘lsa, u jinoiy-huquqiy ahamiyatga ega deb baholanadi:
huquqqa xiloflilik;
ijtimoiy xavflilik;
onglilik;
ixtiyoriylik.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatining obyektiv
tomoni jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni oshkoralashtirishga qaratilgan harakatlardan iborat. Daromadlarni oshkoralashtirishga qaratilgan harakat deganda jinoy faoliyat natijasida olingan noqonuniy daromadlarga qonuniy tus berishga doir har qanday hatti-harakat tushuniladi.
“Agar me'yorlarni tahlil qiladigan bo'lsak, "pul" va "boshqa mulk" atamalarini ko'rib chiqilayotgan jinoyat dispozitsiyasidan chiqarib tashlash va ularni xalqaro huquqqa muvofiq "mulk" atamasi bilan birlashtirish zarurati borligini taxmin qilishimiz mumkin. hujjatlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi ko‘char va ko‘chmas mulk, mulk, mualliflik huquqi va boshqa huquqlarni qamrab oladi”1.


1 Yusupov N.V. Ugolovnaya otvetstvennost za legalizatsiyu (otmivaniye) imushestva, poluchennogo prestupnim putem v sfere nezakonnogo oborota narkoticheskix sredstv, psixotropnix veshestv ili ix analogov: Dis. dis., fakultet yuridicheskix nauk. Moskva, 2011-y.
30

JK 243- moddasi qoidalariga muvofiq jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:


jinoiy faoliyat natijasida olingan mulkni o‘tkazish;
mulkka aylantirish;
almashtirish;
jinoiy faoliyat natijasida olingan mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan
joyini, tasarruf etish, tashilish usulini, mulkka nisbatan haqiqiy egalik huquqining yoki uning kimga qarashliligini yashirish yoki sir saqlash1.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromad deganda, shaxsning jinoyat sodir etish natijasida, masalan: kontrabanda, narkotik moddalar, qurol bilan savdo qilish, g‘ayriqonuniy tadbirkorlik va shunga o‘xshash biror jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanib olgan daromadi tushuniladi.
O‘tkazish deganda, jinoiy faoliyatdan olingan pul mablag‘lari bilan banklarda qandaydir moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish tushuniladi.
Aylantirish deganda, har qanday fuqaro huquqiy bitim: oldi-sotdi bitimini, almashish, hadya va hokazo bitimlarni tuzish yoki jinoiy faoliyat natijasida olingan daromadlarni qonuniy tadbirkorlik yoki boshqa ishlab chiqarish tuzilmasini tashkil qilish yoki ish olib borishiga sarflash tushuniladi.
Almashtirish deganda, so‘mning har qanday xorijiy valyutaga konvertatsiyasi tushuniladi.
Shaxsning qilmishida JK 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi bor- yo‘qligi to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun legallashtirilgan mulk jinoyat natijasida kelib chiqqanligi fakti aniqlanishi shart va u ushbu modda dispozitsiyasida ko‘rsatib o‘tilgan harakatlardan qaysi biridir sodir etilgan paytdan eʼtiboran tugallangan deb eʼtirof etiladi.
Obyektiv nuqtai nazardan, sud tergovi jarayonida jinoiy daromadlarni legallashtirish jinoyati, odatda, korrupsiya jinoyatlari bilan bir qatorda, o‘zlashtirish yoki o‘zlashtirish, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash, firibgarlik va boshqa majburiy


1 Rustamboyev M.X. O‘zbekiston Respublikasi JKga sharhlar. Maxsus qism 3-kitob. T. : Yuridik adabiyotlar publish” 2021-y. 331-b
31

to‘lovlarni to‘lash, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarning muomalasi


kabilar bilan asoslanadi. Quyidagi sud amaliyoti bunga misol bo‘la oladi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining 2021-yil 4-maydagi hukmi bilan sudlanuvchi Boltavoyev Teshavoy firibgarlik va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish kabi jinoyatlar bo‘yicha ayblangan. Boltavoyev T. “Nodir kommunal to‘lovlari” MCHJ rahbari lavozimida ishlab kelib, shu bilan birga yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelib, aldash va ishonchni suiisteʼmol qilish
yo‘li bilan o‘zganing juda ko‘p miqdordagi mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, YATTga “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Jizzax mintaqaviy filialidan 2019-yil 26-fevralda tuzilgan 2019/17-sonli shartnomaga asosan savdo faoliyatida foydalanish uchun “Merchand ID 900329806, terminal ID 30936” savdo terminalini ijaraga olib, ijara shartnomasining 6.1-bandi talablariga, yaʼni “Noto‘g‘ri xizmat ko‘rsatish” yoki “O‘zsanoatqurilishbank” ATB yo‘riqnoma talablariga zid ravishda Uzcard EMV (SmartVista) tizimidan foydalanib, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Jizzax mintaqaviy filialining juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini aldash va ishonchni suiisteʼmol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish rejasini tuzib, o‘z jinoiy rejasini amalga oshirish maqsadida dastlab tajriba tariqasida
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Jizzax mintaqaviy filialidan o‘z nomiga ochilgan plastik kartasidan YATT nomiga rasmiylashtirilgan savdo terminaliga 2019-yil 6-mart kuni soat 11:43 da 1.000 so‘m xaridni amalga oshirib, savdo terminali orqali
yechib olingan ushbu summani terminalning “Reversal” (otmena operatsii) funksiyasi orqali o‘z plastik kartasiga qaytarib tushirishga erishib, u tomonidan savdo terminalining “Reversal” (otmena operatsii) funksiyasi bosganligi sababli,
yechib olingan 1.000 so‘m amaliyot tugallanmasdan turib YATT hisob raqamiga
bank tomonidan qoplab berilganligi natijasida uning ham plastik kartasida, ham hisob raqamida 1.000 so‘m pul mablag‘i paydo bo‘lganligi pul mablag‘lari ikki marotabaga ko‘paytirishga erishganidan so‘ng, u o‘zining jinoiy harakatlarini
davom ettirib, o‘zganing juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘ini o‘zlashtirish maqsadida, o‘z nomiga ochilgan plastik kartasidan o‘zining YATT savdo terminaliga 1) 29.03.2019-yilda 13.846.000, 29.568.200 so‘m,
32

2) Bir qancha shaxslarning bank plastik kartalaridan jami 657.503.500 so‘m pul mablag‘larini yechib, yuqoridagi “Reversal” (otmena operatsii) funksiyasini amalga oshirish yo‘li bilan bankning 657.503.500 so‘m pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.


Jinoiy daromadlariga qonuniy tus berish maqsadida, o‘zining nomiga Jizzax shahar, Madaniyat mahallasi, K.Imomov ko‘chasi 26/3-uyni 2020-yil 25-iyundagi 202001553000418-sonli oldi-sotdi shartnomasiga asosan 280.000.000 so‘mga xarid qilib, Jizzax shahar Qurilish boshqarmasining 2020-yil 09-iyuldagi 71-sonli ruxsatnomasiga asosan o‘z nomiga reyestr 1708401/R-A1116248-son bilan 2020-yil 10-iyulda davlat kadastr ro‘yxatidan o‘tkazib, ushbu xonadonni 2020-yil 09-iyulda noturar joy toifasiga o‘tkazgan va o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, oldindan o‘ylangan jinoiy harakatlari natijasida qo‘lga kiritgan jinoiy daromadlariga qonuniy tus berish maqsadida, Jizzax shahar, Z.M.Bobur mahallasi, Azizbekov ko‘chasi, 66/13-uyni 2020-yil 25-iyundagi 202001546000806-sonli oldi- sotdi shartnomasiga asosan 230.000.000 so‘mga xarid qilib, Jizzax shahar Qurilish boshqarmasining 2020-yil 09-iyuldagi 72-sonli ruxsatnomasiga asosan o‘zining nomiga reyestr 1708401/R-A1116273-son bilan 2020-yil 10-iyulda davlat kadastr ro‘yxatidan o‘tkazib, keyinchalik yaʼni, 2020-yil 10-iyulda ushbu xonadonni noturar joy toifasiga o‘tkazgan. Boltavoyev T. O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 243-moddasi bilan aybli deb topilib 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 400 (to‘rt yuz) baravari (223.000x400) miqdorida, yaʼni 89.200.000 (sakson to‘qqiz million ikki yuz ming) so‘m jarima jazosi tayinlangan. Hamda O‘zbekiston Respublikasi JKning 243-moddasi bilan unga nisbatan JKning 57-moddasi qo‘llanib, 3 (uch) yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan1.
Yuqoridagilardan tashqari, amalda ko‘p hollarda noqonuniy bank operatsiyalari orqali jinoiy daromadlarni legallashtirish mumkin. Bunday holatlarga qarshi kurashish masalalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi


1 Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudi joriy arxivi. 2021-yil 1-1301-2103/17-sonli jinoyat ishi
33

va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2016-yil 2-oktabrdagi 328-V-son qarori bilan tasdiqlangan. Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashda ichki nazorat qoidalari. Unga ko‘ra, jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi choralar tushunchasi quyidagicha izohlanadi: Shubhali operatsiya – tijorat bankining ushbu Qoidalarni amalga oshirish jarayonida jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish maqsadida hamda uni ushbu toifaga kiritish (chiqib chiqarish)


to‘g‘risida qaror qabul qilingunga qadar amalga oshirilganligiga shubha qilishi. shubhali operatsiyalarni amalga oshirish;
Shubhali operatsiya deganda tijorat banki ushbu Qoidalarni amalga oshirish jarayonida uni tayyorlash, bajarish yoki amalga oshirish chog‘ida jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilgan deb gumon qiladigan operatsiya tushunilad; shular jumlasidan.
Bundan tashqari quyidagi qoidalarga ham nazar tashlasak maqsadga muvofiq hisobnalar edi. Bular quyidagilar :
xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalar — mazkur Qoidalar bilan belgilangan Departamentga xabar qilinishi lozim bo‘lgan shubhalilik mezonlari va alomatlaridan foydalangan holda kompleks tahlil asosida aniqlanadigan operatsiyalar;
bir marotabalik operatsiyalar — mijozlar tomonidan bank hisobvarag‘ini ochmagan holda, kamida bir oy davomida takrorlanmaydigan, bir marotabalik tartibda amalga oshiriladigan operatsiyalar;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar — Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining rasmiy bayonotlarida xalqaro moliyaviy tizimga xavf tug‘diruvchi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimlarida strategik kamchiliklari mavjud deb belgilangan davlatlar va hududlar;
34

offshor hudud — imtiyozli soliq rejimini taqdim qiluvchi va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ular haqidagi ma’lumotlarni oshkor etmaslikni va taqdim qilmaslikni ko‘zda tutuvchi davlatlar va hududlar;


tavakkalchilik — mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirish tavakkalchiligi1.
Ko‘rinib turibdiki, JK 243- moddasining dispozitsiyasida bir qancha o‘xshash usullar ko‘rsatilgan bo‘lib, ular vositasida jinoiy faoliyat natijasida olingan daromadlarga noqonuniy, oshkora tus beriladi. Moddiy boyliklarni va boshqalarni qalbaki oldi sotti shartnomasi bo‘yicha jinoiy faoliyatdan olingan mulkni boshqa shaxsga berish hollarini jinoiy daromadlarni legallashtirish sifatida baholash lozim. O‘zgalar mulkini olish, unga egalik qilish yoki undan foydalanish hollarida, agar uni olish vaqtida bu mulkning jinoiy faoliyat natijasida olinganligi maʼlum bo‘lsa, JKning 243- moddasi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi.


Download 321.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling