O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi, krimino


Download 321.95 Kb.
bet6/19
Sana09.06.2023
Hajmi321.95 Kb.
#1472035
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
BMI Eshonqulov fine

1.2 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatining
kelib chiqish tarixi
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatining kelib
chiqish tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, legallashtirish jinoyati o‘tmish davlardan ijtimoiy-munosabatlarda mavjud bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin. Bir qancha manbalarda pul yuvish "globallashuvning ko‘rinmas tomoni" yohud "jahon iqtisodiyotining noqonuniy tomoni" sifatida ham ta'riflanadi1; pul yuvish odatda transmilliy, yuqori texnologiyali jinoyat sifatida qabul qilinadi. Chunki, bu jinoyat asosan uyushgan hamda hozirgi rivojlangan texnologiyalar davrida esa texnologiya vositalaridan foydalangan holda sodir etilyotgan jinoyatlar ijtimoiy xavfliligi miqdori juda katta miqdorni tashkil etadi.
Noqonuniy faoliyatdan olingan mulk ya’ni daromadning kelib chiqishini jinoiyligini yashirish harakatlari oldingi davrlarda ham sodir bo‘lgan ya’ni o‘g‘irlangan ashyoga ega bo‘lib olgan yoki undan foydalanib qo‘lga tushgan jinoyatchilar uni qo‘lga kiritishning qonuniyli yo‘llari haqida aytishgan. Shuning uchun, ham Bobil hukumdori Xammurapi (miloddan avvalgi 1792-1750) qonunlarida buyumning kelib chiqishi qonuniyligini aniqlash tartibi hamda uni vijdonan harid qilish to‘g‘risidagi egasining guvohliklarini tekshirish orqali ancha oldin nazarda tutgan. Shunga o‘xshash qonunlarni Qadimgi Hindiston (Kautili Arthashastra - miloddan avvalgi 321-297)da ham uchratish mumkin.2 Demak bundan ko‘rish mumkin qadimgi davrlarda ham bu jinoyat haqida tushuncha mavjud bo‘lgan.
Lekin, 20-asrgacha jinoiy daromadlarni legallashtirish birorta qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan, bu mulk yoki pulning jinoiy kelib chiqishini mahorat bilan yashirish kabi ijtimoiy xavfli qilmishning tugallangan holda shakllanmaganligini ko‘rsatadi. Buning sababi iqtisodiy munosabatlarning rivojlanmaganligi, bozor munosabatlarining oddiy shakllanganligidan, iqtisodiy munosabatlarning unchalik rivojlanmaganligidan hisoblanadi. XX-asrning 80-

1 Dalla Chiesa, 2012, p. 11. The author highlights the importance of discerning grounded studies on the economic dimension of the Mafia from exaggerated theories that empathise the volume of the Mafia business.
2 F.M.Fozilov “Jinoiy faoloiyatdan olingan daronadlarni legallashtirish” monografiya, Toshkent – 2021, 16-b
19


yillarning oxirlarida narkobiznes sohasidan olingan “xarom” pullarni legallashtirish alohida dolzarb tus oldi. Shunga ko‘ra, narkobiznesdan olinadigan noqonuniy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Bazel shahrida tashkil etilgan Bank operatsiyalarini nazorat kilish qoidalari va usullari qo‘mitasi Xalqaro hisob-kitoblar banki, yaʼni “Bazel qo‘mitasi”da boshlanib, ushbu qo‘mitaga o‘nta davlat - Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya,Italiya, Kanada, AQSH, Fransiya, Shvetsiya, Shveysariya, Yaponiya markaziy banklarining vakillari kirdi. 1988-yilning 12-dekabrida bu qo‘mita bank tizimi orqali narkotik vositalarni sotishdan olingan pullarni legallashtirishning oldini olishga qaratilgan deklaratsiya “Bazel deklaratsiyasi”ni kabul qildi. Qo‘mitaning faoliyati turli Mamlakatlarda xalqaro va milliy darajalarda noqonuniy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashning samarali texnologiyasini yaratishga doir ishlarning faollashuviga jiddiy taʼsir ko‘rsatdi1.
Mazkur muammolar keskin va keng miqyosli ekanligi bois Birlashgan Millatlar Tashkiloti ham unga jiddiy ko‘maklashish maqsadida bir qancha konvensiyalar ishlab chiqdi. Uning muxim yakuniy ishlaridan biri 1988-yilning 20-dekabrida qabul kilingan “Narkotik vositalar va psixotrop moddalar bilan noqonuniy muomala qilishga qarshi kurash to‘g‘risida”gi BMTning Vena Konvensiya2si bo‘ldi. U keyinchalik noqonuniy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash tartiblarining rivojlanishiga kuchli taʼsir ko‘rsatdi.
Davlatlarning xududiy birlashmalari Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning ijtimoiy xavfliligini hisobga olib, legallashtirishga qarshi kurashni tashkil etish masalalariga ko‘p eʼtibor beradilar. Bu yerda ayniqsa Yevropa Kengashi faollik ko‘rsatadi. Bunga misol sifatida Yevropa Kengashining tashabbusi bilan 1990-yilda Strasburg shaxrida qabul qilingan “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishni aniqlash, olib qo‘yish va musodara qilish


1 Prevention of criminal use of the banking system for the purpose of money-laundering (december 1988) Basel. https://www.imolin.org/pdf/imolin/basle98.pdf
2 United Nations convention against illicit traffic in narcotic drugs and psychotropic substances. VIENNA 1988.
https://www.unodc.org/pdf/convention_1988_en.pdf
20


to‘g‘risida”gi xalqaro konvensiya1ni keltirish mumkin. Konvensiya noqonuniy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashda yangicha yondashuv va texnologiyalarni o‘z ichiga oldi. U legallashtirishning oldini olish va unda qatnashganlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi maxsus qonunlarning kelgusida takomillashtirilishiga turtki bo‘ldi. O‘tgan yillar tajribasini o‘ziga singdirgan, bir tizimga solingan qonun modeli mazkur jinoyatga qarshi kurashni tashkil etishda nazariyotchilar va amaliyotchilarga sezilarli taʼsir ko‘rsatdi, milliy qonunlarga zarur tuzatishlar kiritish imkonini berdi. So‘nggi yillarda pullarni legallashtirishga qarshi kurashga ixtisoslashgan xalqaro tuzilmalar qabul qilgan xalqaro hujjatlar, xalqaro konferensiyalar hayotda markaziy o‘rin egalladi. Chunki o‘rganilayotgan hodisaga qarshi kurashni tashkil etish strategiyasi va taktikasi ko‘p jixatdan ushbu hodisani tushunishga bog‘liq edi.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning jinoyatining milliy qonunchiligimizdagi tarixiga ham bevosita to‘xtalib o‘tish lozim. Chunki bu jinoyat faqatgina boshqa davlatlardagi muammo bo‘libgina qolmay. Balki O‘zbekistonning ham bugungi kundagi hal qilinishi lozim bo‘lgan dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha jinoyat qonunchiligini nazariy tahlil qiladigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgunga qadar bo‘lgan davrda O‘zbekiston SSR JKda bunday jinoyat tarkibi bo‘lmagan, degan xulosaga kelish mumkin. Bu, birinchi navbatda, xalqaro-huquqiy maydonda jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirish tushunchasi birinchi marta BMTning “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi konvensiyasida faqat 1988-yilda paydo bo‘lganligi bilan bog‘liq.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, albatta, mamlakatda bozor munosabatlariga asoslangan iqtsodiy yo‘l tanlandi, bu to‘g‘ridan to‘gri xususiy mulk bilan bog‘liq jarayon hisoblanadi. Shundan so‘ng mamlaktimizda xususiy mulk


1 Convention on Laundering, Search, Seizure and Confiscation of the Proceeds from Crime Strasbourg, 8.XI.1990 https://rm.coe.int/168007bd23
21

e’tirof etilishi bilan bir qatorda uni himoya masalasi ham dolzarb muammo hisoblanar edi. Aynan mana shu jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi bir qancha normalar ishlab chiqilib, qator ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekliston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 660-II-sonli qonuni 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan. Hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadni legallashtirishga qarshi bir qancha ishlar amalga oshirilib kelmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yana- da rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 2017-yil 7-fevraldagi PF–4947-sonli, “Sud tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi 2017-yil 30-noyabrdagi PF–5268-sonli, “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi 2019-yil 17-yanvardagi PF–5635-sonli farmonlari, «Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 14-maydagi PQ–3723-son, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha idoralararo komissiyani tashkil etish to‘g‘risida”gi 2018-yil 20-sentabrdagi PQ-3947-son, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2021-yil 28-iyundagi PF-6252- son Farmoniga, Vazirlar Mahkamasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq ma’lumotlarni taqdim etish tartibi to‘g‘risida”gi 2021-yil 29-iyundagi 402-son qaroriga va sohaga oid
22

boshqa qonun hujjatlari hisoblanadi. Hamda harakatlar strategiyasida ham jinoyat qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha bir qancha topshiriqlar ishlab berilgan.


Xususan, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq 2018-yil 14- mayda O‘zbekiston Respublikasining jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha konsepsiya qabul qilindi. Bu Konsepsiyaning vazifalari jahon hamjamiyatidagi tobora kuchayib borayotgan tahdid va zararlarni inobatga olgan holda ilg‘or xalqaro standartlar va xorijiy tajribalarni moslashtirish, shuningdek, transmilliy jinoyatlar sodir etganlik uchun javobgarlikni jinoyat qonunchiligiga kiritishdan iborat. Shu bilan birga keying besh yillik ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli, 2022-yil 28- yanvardagi farmoni imzolandi. Ushbu farmonda yettita ustuvor yo‘nlishlar belgilangan bo‘lib, shundan ikkinchi ustuvor yo‘nalish 14-maqsadda quyidagicha belgilangan “Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish”1. Shu yo‘nalish 4-maqsadda jinoyat, jinoyat-protsessual va jinoyat ijroiya qonunchiligini takomillashtirish siyosatini izchil davom ettirish vazifasi qo‘yildi. Shu asosda ham jinoyat qonunchiligini izchil takomillashtirish masalasi belgilandi. Aynan jinoyat qonunchiligini takomillashtirishda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashda ham takomillashtirish zamon talabi hisoblanadi.
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2021-yil 28-iyundagi PF-6252-son Farmonida ham 2017- 2021-yillarda amalga oshiriladigan ishar sifatida Quyidagilar Strategiyani amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilangan:


1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 – 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF – 60-sonli 2022-yil 28-yanvardagi farmoni.https://lex.uz/uz/docs/-5841063
23

1. jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida milliy darajada aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirish hamda davlat siyosatini yanada mustahkamlash;


2. ushbu sohadagi milliy tizimning xalqaro hujjatlarga muvofiqligini, shuningdek, FATF standartlari va xalqaro-huquqiy hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga implementatsiya qilinishini ta’minlash;
3. mazkur sohadagi jinoyatlarning barvaqt oldini olish borasida davlat organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning javobgarligini kuchaytirish;
4. xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yish;
5. sohadagi barcha statistik ma’lumotlarning yaxlit tizimini shakllantirish, ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, tahlil qilish va ulardan foydalanish hamda axborot almashinuvi samaradorligini oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish;
6. sohaga jalb qilingan davlat organlari xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, shuningdek, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar xodimlarini o‘qitish hamda qayta tayyorlash1. Shu kabi ishlar belgilan bo‘lib sohada bir qancha ishlar amalga oshirilishini talab etadi. Bunda xalqaro FATF tashkilotining ko‘rsatmalarini hamda xalqaro huquq no‘rmalari asosida qonunchilikni rivojlantirish vazifalari qo‘yilgan.
FATF tashkilotining ishlab chiqgan tavsiyalariga nazar tashaydigan bo’lsak ular quyidagilar : Tavsiyalar jinoiy daromadlarni legallashtirish, shuningdek, ularni musodara qilish uchun jinoiy javobgarlikka tortish talablaridan iborat (1-3 tavsiyalar). Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan


1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2021-yil 28-iyundagi PF – 6252-son Farmoni. Ko‘rib chiqish:https://lex.uz/ru/docs/-5482727
24


konvensiya qoidalarini amalga oshirish va FATF tavsiyalarini amalga oshirish orqali mamlakatlar “jinoiy daromadlarni legallashtirish”ni jinoiylashtirish masalasiga turli xil yondashishni maqul topdilar. FATFning 4–12 tavsiyalari moliyaviy institutlar (banklar, auditorlik firmalari va h.k.) tomonidan pul yuvishga qarshi kurash choralarini koʻrish. Moliyaviy institutlar bilan bir qatorda, 40 ta tavsiyalar moliyaviy bo‘lmagan institutlar va ayrim toifadagi kasblarga ham taalluqli hisoblanadi, ular qatorida: kazinolar, rieltorlar, advokatlar, notariuslar va boshqalar. 13–16 tavsiyalar shubhali bo‘lgan operatsiyalar haqida xabar berish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash dasturlarini ishlab chiqish talablarini oʻz ichiga oladi. 17–20-tavsiyalarda naqd pul aylanmasini nazorat qilish choralari ko'zda tutilgan. 21-22 tavsiyalar FATF tavsiyalariga rioya qilmaydigan mamlakatlardagi moliya institutlariga alohida e’tibor berishni talab qiladi. 23–25 tavsiyalar moliya institutlarini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish choralarini tavsiflaydi. 26–34 tavsiyalar jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash boʻyicha institutsional chora- tadbirlarga – moliyaviy razvedka agentligini yaratish, unga tegishli vakolatlar berish va “yuvish” boʻyicha tergovni tashkil etishga bagʻishlangan. Tavsiyalar 25-40 jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro hamkorlik shakllariga qaratilgan.

25




Download 321.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling