O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi, krimino


Download 321.95 Kb.
bet9/19
Sana09.06.2023
Hajmi321.95 Kb.
#1472035
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
BMI Eshonqulov fine

2.2 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatining
subyektiv belgilari
Jinoyat tarkibining subektiv tomoni aybdorning jinoyat qonunida jinoyat, deb belgilangan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsning o‘z qilmishiga bo‘lgan ruhiy munosabati2. JK 243- moddasida nazarda tutilgan jinoyatning subektiv tomoni aybdorda to‘g‘ri qasdning mavjudligi bilan tavsiflanadi. Bunda aybdor daromadlarni jinoiy yo‘l bilan oshkoralashtirayotganligini bila turib uni amalga oshiradi. Aybor shaxsning jinoyat sodir etish sabab (motiv) va undan ko‘zlangan maqsad turlicha bo‘lishi mumkin ammo, bu hol jinoyatning kvalifikatsiyasiga taʼsir etmaydi. Jinoyatning maqsadi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni oshkoralashtirish hisoblanadi.

1 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2017-yil 17-apreldagi 343-V va 14-son qarori:https://lex.uz/docs/-3212190
2 Rustamboyev M.X. O‘zbekiston Respublikasi JKga sharhlar. Maxsus qism 3-kitob. T. : Yuridik adabiyotlar publish” 2021-y 136-bet.
35

Shu o‘rinda aytib o‘tishimiz lozimki, jinoyatning subektiv tomoni jinoyatning obyektiv tomoni bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Bunda, obyektiv tomon – jinoyatning tashqi ko‘rinishi bo‘lsa, jinoyatning subyektiv tomoni esa, uning aksi – jinoyatning ichki mazmunini tashkil etadi. Subyektiv tomon, obyektiv tomon singari jinoyat tarkibining zaruriy sharti bo‘lib, uning yo‘qligi jinoyat tarkibi mavjudligini rad etadi. Jinoyatning subyektiv tomonini to‘g‘ri belgilash aybdorning hatti-harakatlarini to‘g‘ri, adolatli va asosli kvalifikatsiya qilinishida muhim ahamiyat kasb etadi.


Jinoyatning subyektiv tomonining mazmuni ayb, motiv, maqsad kabi yuridik belgilari yordamida ochib beriladi. Ayb, motiv va maqsad bir-biri bilan uzviy bog‘langan tushunchalar bo‘lishi bilan birga ularning har biri mustaqil mazmunga ega bo‘lib, jinoyat subyektiv tomonining yuridik belgilarini tashkil qiladi.
P.S. Dagel va D.P. Kotov jinoyat motivini “ijtimoiy xavfli qilmish uchun ideal asos va asos bo‘lgan ehtiyojlar tizimi tomonidan yaratilgan ongli va baholangan motivatsiya” deb ta’riflaydi1.
A.I. Rarog jinoyat motivini ma'lum ehtiyoj va manfaatlardan kelib chiqadigan, shaxsni jinoyat sodir etishga qaror qilishga undaydigan va uni sodir etishda unga rahbarlik qiladigan ichki motivlar deb belgilaydi2.
Ayb – bu barcha turdagi jinoyat tarkibi subyektiv tomonining majburiy belgisidir. Ayb, shaxsning o‘zi sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmishi (harakat yoki harakatsizligi)ga nisbatan ruhiy munosabatida va ushbu ijtimoiy xavfli qilmish natijasida kelib chiqqan oqibatida namoyon bo‘ladi. Bunda aybning tuzilishi qasd va ehtiyotsizlik shaklida bo‘lishi mumkin. JK 20-moddasiga muvofiq, “Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmishni qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etgan shaxs jinoyat sodir etilishida aybdor deb topilishi mumkin”. Aybning qasd shakli to‘g‘ri va egri qasdga bo‘linadi (JK 21-moddasi), ehtiyotsizlik esa, o‘z-o‘ziga ishonish va beparvolik kabi turlarga bo‘linadi (JK 22-moddasi).
Motiv shaxsning jinoyat sodir etishga bo‘lgan ichki mayli va xoxishida ko‘rinadi.


1 Dagel P.S., Kotov D.P. Jinoyatning subyektiv tomoni va uning belgilanishi. Voronej, 1974-yil 2 Rarog A.I. Jinoyatlarning subyektiv tomoni va kvalifikatsiyasi. Moskva, 2007-yil.
36

Maqsad – bu jinoyat sodir etayotgan shaxsning shunday tasavvuriki, unda aybdor o‘zi istagan natijaga jinoyat sodir etish yo‘li bilan erishishi uchun intilishi tushuniladi. Motiv va maqsad fakultativ belgilar hisoblanadi, yaʼni ular har qanday tarkibni ham ifodalamaydi.


Jinoyatning subyektiv tomonining ahamiyatini quyidagilarda ifodalash mumkin:
- birinchidan, subyektiv tomon har qanday jinoyatning zaruriy belgisi hisoblanadi. Uning mavjud emasligi esa, qilmishning jinoiyligini istisno etadi;
- ikkinchidan, obyektiv tomondan o‘xshash bo‘lgan jinoyatlarni bir-biridan farqini ajratib beradi;
- uchinchidan, jinoyatning subyektiv tomonini aniq belgilash sodir etilgan qilmishni to‘g‘ri va asosli kvalifikatsiya qilinishining majburiy va zaruriy sharti hisoblanadi;
- to‘rtinchidan, jinoyat subyektiv tomonining mazmuni qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasini aniqlashda ham muhimdir. Shuningdek, shaxsning o‘zini ijtimoiy xavflilik darajasi ham subyektiv tomoni orqali aniqlanadi. Jinoyat subyekti jinoyat tarkibining ajralmas elementi hisoblanadi.
Jinoyatning subyekti — ijtimoiy xavfli qilmish sodir qilgan, qonunga muvofiq ravishda jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lgan shaxsdir.
JK 17-moddasiga ko‘ra, shaxsni jinoyatning subyekti sifatida ko‘rsatish uchun quyidagilarga eʼtibor qaratish talab etiladi:
- uning jismoniy shaxsligi;
- aqli rasoligi;
- JKga muvofiq jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaruvchi subyekt yoshiga yetganligi.
Agarda, ko‘rsatib o‘tilgan elementlardan birortasi mavjud bo‘lmasa, jinoyat subyekti yo‘q hisoblanadi va bunda jinoyat tarkibi ham mavjud bo‘lmaydi.
O‘zR JKning 11-moddasining mazmuniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoyat sodir qilgan O‘zbekiston fuqarolari, xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar jinoyatning subyekti bo‘ladilar. JK 12-moddasining mazmuniga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi yoki O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar xorijiy davlatlar hududida jinoyat
37

sodir etib, o‘sha davlat qonunlari bilan javobgarlikka tortilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston jinoyat qonuni bo‘yicha jinoyatning subyekti bo‘lishlari mumkin.


Jinoyatning subyekti ikki guruhga bo‘linadi. Bular umumiy subyektlar va maxsus subyektlardir.
Umumiy subyektlar quyidagi belgilar bilan ifodalanadi.
1) faqat jismoniy shaxslarning jinoyatning subyekti bo‘lishi;
2) shaxsning aqli rasoligi;
3) qonunda belgilangan alomatlarning barchasi bir vaqtda mavjud bo‘lsagina,
shaxs jinoyatning subyekti bo‘lishi mumkin1.
Jinoyatning maxsus subyekt esa, umumiy subyekt belgilarning barchasidan
tashqari yana boshqa maxsus belgilari ega bo‘lishi lozim. (Masalan, mansabdor shaxs ekanlik, harbiy xizmatchi ekanlik, xavfli yoki o‘ta xavfli retsidivist ekanlik va hokazolar).
Jinoyatning maxsus subyekti belgisi JK Maxsus qismining moddalari dispozitsiyasida ko‘rsatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatning subyekti – umumiy subyekt, yaʼni jinoyat sodir etish vaqtida o‘n olti yoshga to‘lgan aqli raso jismoniy shaxs bo‘lishi mumkin.
Shaxs jinoyatning subyekti bo‘lishi uchun ijtimoiy xavfli qilmish sodir etish paytida aqli raso bo‘lishi kerak. Aqli rasolik deganda, shaxsning jinoyat sodir etish vaqtida o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglashi va o‘z harakatlarini boshqara olishi tushuniladi.
Aqli norasolikda shaxs jinoyat sodir etish vaqtida sodir etayotgan harakatlar (harakatsizligi)ning ijtimoiy xavfli xususiyatini anglay va boshqara olmaydi. O‘zR JK 18-moddasining 2-qismida aqli norasolik tushunchasi berilgan bo‘lib, ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtida aqli noraso holatda bo‘lgan, yaʼni surunkali ruhiy kasallik, ruhiy holati vaqtincha buzilganligi, aqli zaifligi yoki boshqacha tarzdagi


1 M.Usmonaliyev. Jinoyat huquqi. (Umumiy qism). Darslik. –Toshkent.: “Yangi asr avlodi” ,2005-y. 233-b
38

ruhiy kasalligi sababli o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmagan yoki harakatlarini boshqara olmagan shaxs javobgarlikka tortilmaydi.


Aqli rasolik ham, aqli norasolik ham ikki: yuridik (psixologik) va tibbiy (biologik yoki psixiatrik) mezonlar orqali belgilanadi. Bunda, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni jinoyat subyekti hisoblashdan oldin, uning ruhiy holati to‘g‘risida har tomonlama baho berish talab etiladi.

39




Download 321.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling