O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi, krimino


Download 321.95 Kb.
bet10/19
Sana09.06.2023
Hajmi321.95 Kb.
#1472035
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
BMI Eshonqulov fine

III BOB. JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA QARSHI KURASHDA XORIJ TAJRIBASI
3.1. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatining
o‘xshash jinoyatlardan farqi
Jinoyatlarni o‘xshash jinoyatlardan farqlash jinoyat sodir etgan shaxslarning
qilmishlarini to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish va shu orqali ularning ijtimoiy xavfli qilmishlariga mos jazo hamda boshqa majburlov choralarini to‘g‘ri qo‘llash imkonini beradi. Bu esa davlat organlariga nisbatan fuqarolarning ishonchini oshiradi.
Mazkur ishimizda biz ham jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatining o‘xshash jinoyatlardan farqini keltirishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Chunki Oliy sud Plenumining tushuntirishlariga ko‘ra “Sudlar daromadlarni legallashtirishni jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olish yoki o‘tkazish jinoyatidan farqlashlari lozim. Jumladan, jinoyat (masalan, o‘zganing mulkini talon-toroj qilish) natijasida topilgan mulkni olish yoki o‘tkazish, agar bundan mulkka qonuniy egalik ko‘rinishi berilmayotgan bo‘lsa (masalan, texnik pasport yoki o‘g‘irlangan avtomobilni sotish uchun beriladigan ishonchnoma qalbakilashtirilgan), daromadlarni legallashtirish (JK 243-moddasi) tarkibini tashkil etmaydi.
Ishning muayyan holatlaridan (jumladan, talon-toroj qilingan mulk bilan amalga oshirilgan bitim oldiga qo‘yilgan maqsaddan) kelib chiqqan xolda bunday harakatlar o‘zganing mulkini talon-toroj qilishda ishtirokchilik (yordamchi shaklida) yoki jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olish yoki o‘tkazish (JK 171- moddasi) sifatida, bunga asoslar mavjud bo‘lganda esa, hujjatlarni qalbakilashtirish sifatida ham kvalifikatsiya qilinishi mumkin”ligi ko‘rsatib o‘tilgan1.
Shuning uchun biz quyidagi tahlilni jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatini o‘xshash jinoyatlar bilan taqqoslagan holda ularni kvalifikatsiya qilishdagi farqli tomonlarini keltirib o‘tamiz. Jinoiy faoliyatdan

1 O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida” gi 1-son Qarori. 2011-yil 11-fevral. https://lex.uz/uz/docs/-1766419
40

olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatini JK ning 171-moddasidagi Jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olish yoki o‘tkazish jinoyati bilan taqqoslab ularning farqlarini keltirib o‘tish lozim.


Birinchidan, jinoyatlarning obyekti jihatidan: Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish (JK 243-moddasi) jinoyatining bevosita obyekti respublika iqtisodiy faoliyati sohasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar, shuning­dek, jamoat xavfsizligini taʼminlovchi ijtimoiy munosabatlardir. Jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olish yoki o‘tkazish (JK 171-moddasi) jinoyatining bevosita obyekti esa mulk huquqi va boshqa mulkiy huquqlar, shuningdek, jamiyatda shakllangan va qonunchilikda aks ettirilgan mulkni tasarruf etish bo‘yicha munosabatlar hisoblanadi1.
Demak, keltirilgan dastlabki tahlilda mazkur ikkala jinoyatning obyektlarida farqlar mavjudligi ko‘rsatildi. Yaʼni 171-moddaning maxsus obyekti O‘zgalar mulkini talon taroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan ijtimoiy munosabatlar (XI bob) bo‘lsa, 243-moddaning maxsus obyekti esa jamoat xavfsizligi bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar (XVII bob) hisoblanadi.
Ikkinchidan, jinoyatlarning predmeti jihatidan. Jinoiy faoliyat natijasida aybdor qo‘lga kiritgan daromadlar, yaʼni mulk (pul mablag‘lari yoxud boshqa ashyolar) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatining predmeti hisoblanadi.
Odatda mazkur qilmishning predmeti talon-toroj qilish, kontra­banda, tovlamachilik, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish, fohishaxona ochish yoki saqlash, pornografiya materiallarini tayyorlash yoki tarqatish kabi jinoyatlarni sodir etish oqibatida olingan ashyolardir. Faqat jinoiy yo‘l bilan, yaʼni jinoiy faoliyat natijasida topilgan mulk jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olish yoki o‘tkazish jinoyatining predmeti bo‘lishi mumkin. Masalan, har qanday shakldagi talon-toroj qilish natijasida topilgan, bojxona qonun hujjatlarini buzish natijasida va h.k. tarzida olingan mulk. Fuqarolik


1 Rustamboyev M.X. O‘zbekiston Respublikasi JKga sharhlar. Maxsus qism 2-kitob. T. : Yuridik adabiyotlar publish” 2021-y. 464-bet.
41


muomalasidan chiqarilgan predmetlar (o‘qotar qurollar, giyohvandlik vositalari) jinoyatning pred­meti bo‘lishi mumkin emas. Bunday qilmish uchun aybdor Jinoyat kodeksining boshqa moddalari bilan javobgarlikka tortiladi.
Jinoiy javobgarlik subyekti bo‘lolmaydigan yosh bolalar yoki boshqa shaxslar tomonidan jabrlanuvchidan yashirin ravishda qo‘lga kiritilgan mulklar jinoiy yo‘l bilan topilgan deb hisoblanmaydi. Shunday qilib, mazkur jinoyat predmetining zaruriy belgisi mulkni olishning jinoiy xarakteri hisoblanadi (masalan, maʼmuriy javobgarlikka tortiladigan mayda talon-toroj qilish sodir etish natijasida qo‘lga kiritiladigan mulk jinoyat pred­meti hisoblanmaydi).
Demak, predmet jihatidan ham farqlar mavjud.
Uchinchidan, jinoyatlarning obyektiv tomonidan. Obyektiv tomondan jinoyat
jinoiy faoliyatdan olin­gan daro­madlarni legallashtirish, yaʼni mulk (pul mablag‘­lari yoki boshqa mol-mulk) jinoiy faoliyat natijasida topilgan bo‘lsa, uni o‘tkazish, mulkka aylantirish yoxud almashtirish yo‘li bilan uning kelib chiqishiga qonuniy tus berish, xuddi shuningdek, bunday pul mablag‘­lari yoki boshqa mol- mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, ko‘chirish usulini, pul mablag‘­lariga yoki boshqa mol-mulkka bo‘lgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki uning kimga qarashliligini yashirish yoxud sir saqlash kabi harakatlarda ifodalanadi.
O‘tkazish deganda, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar bilan banklarda bank bilan tuzilgan omonat shartnomasiga ko‘ra biron-bir moliyaviy operatsiya o‘tkazilishi tushuniladi.
Aylantirish deganda, jinoiy faoliyatdan olingan mol-mulkka qonuniy tus berish maqsadida unga egalik qilish, foydalanish, tasar­ruf qilish uchun oldi-sotdi, almashti­rish, sovg‘a qilish va fuqarolik huquqiy bitimlar tuzish, qonuniy tadbirkorlik yoki ishlab chiqarish tuzilmasini tashkil etish yoxud ular faoliyatining ishlab turishini taʼminlashga sarflanishi tushunilishi kerak.
Almashtirish deganda, o‘zbek so‘mining boshqa xar qanday chet el valyutasiga konvertatsiya qilish tushuniladi1.


1 Rustamboyev M.X. O‘zbekiston Respublikasi JKga sharhlar. Maxsus qism 3-kitob. T. : Yuridik adabiyotlar publish” 2021-y. 331-bet.
42

Obyektiv tomondan JK 171-moddasida nazarda tutilgan jinoyat esa jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olish yoki o‘tkazishda ifodalanadi.


Jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olish deganda, mulkni jinoiy yo‘l bilan topgan shaxsdan o‘sha mulkni o‘z egaligiga va tasarrufiga o‘tkazishga qaratilgan har qanday (haq evaziga yoki bepul) bitim tuzilishi tushuniladi. Jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni bila turib olish turli usullarda (arzon narxda sotib olish, boshqa buyumga ayirboshlash, hadya tariqasida olish, qarzga olish yoki berish va h.k.) amalga oshirilishi mumkin. Jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olgan shaxs uning egasi bo‘la olmaydi. Jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni o‘tkazish deganda, mazkur mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishning barcha usullari (sotish, hadya qilish, qimorda yutqazish, ayirboshlash va h.k.) tushunilishi lozim.
To‘rtinchidan, jinoyatlarning subyektlari jihatidan. JK 243-moddasi, yaʼni jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va 171-moddalarida nazarda tutilagan jinoyatining subyekti 16 yoshga to‘lgan, aqli raso jismoniy shaxs bo‘lishi mumkin. Demak, farqlar mavjud emas.
Beshinchidan, jinoyatlarning subyektiv tomonidan. JK 243-moddasi, yaʼni jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyati subyektiv tomondan jinoyat to‘g‘ri qasd bilan amalga oshiriladi. Motiv va maqsad jinoyatni kvalifikatsiya qilishga taʼsir qilmaydi1. Jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olish yoki o‘tkazish (JK 171-moddasi) jinoyati subyektiv tomondan to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi. Aybdor bila turib jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olayotganligini yoki o‘tkazayotganligini anglaydi yoki ishning obyektiv holatlariga ko‘ra anglashi lozim bo‘ladi va bunday harakatlar sodir etilishini xohlaydi yoki imkoniyat yaratib beradi. Shu bilan birga, mazkur mulk qaysi jinoiy yo‘l bilan topilganligi, kim, qachon va qaysi holatlarda ushbu jinoyatni sodir etganligini aniqlash majburiy ahamiyat kasb etmaydi. Agar mulk bunday muayyan jinoyatni sodir etish orqali qo‘lga kiritilganligini shaxs bilganligi aniqlanadigan bo‘lsa, unda uning harakatlari ji­noiy yo‘l bilan topilgan mulkni olish yoki o‘tkazish sifatida, shuningdek, aybdorning harakatlarida JK 241-


1 Rustamboyev M.X. O‘zbekiston Respublikasi JKga sharhlar. Maxsus qism 3-kitob. T. : Yuridik adabiyotlar publish” 2021-y 332-bet.
43


moddasida nazarda tutilgan jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish kabi belgilar mavjud bo‘lganda, jinoyatlar jami bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Odatda, jinoyat motivi g‘arazli, shuningdek, o‘zgacha ham bo‘­lishi mumkin, biroq ular jinoyatni kvalifikatsiya qilishga taʼsir ko‘rsatmaydi. Masalan, shaxsiy xarakterdagi motivlarga tayanib, shaxs bila turib jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni o‘tkazishi mumkin. Mulkni jinoiy yo‘l bilan topgan shaxsga uni avvaldan sotib olish yoki o‘tkazishga vaʼda berilmaganligi ham jinoyatni kvalifikatsiya qilishda zaruriy shart hisoblanadi.
Jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni oldindan vaʼda bermagan holda olish yoki o‘tkazish deganda, agar subyekt bunday harakatlarni sodir etishga, jinoyat sodir etish yo‘li bilan mulk topuvchi shaxslarga avvaldan vaʼda (rozilik) bermagan bo‘lsa, shuningdek, ular tomonidan sodir etilayotgan ji­noyatlardan oldin yoki o‘sha vaqtda vaʼda bermagan (masalan, doimiy ravishda bila turib aynan bir shaxslardan jinoiy yo‘l bilan topilgan mulklarni olish) hamda ularga uning yordamiga ishonishiga imkoniyat beradigan harakat qilmagan holatlar tushuniladi.
Agar aybdor jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olishni avvaldan, yaʼni talon- toroj yoki boshqa jinoyat sodir etilishidan ilgari vaʼda qilgan bo‘lsa, aybdor shaxs sodir etgan jinoyatda ishtirok etganlik uchun javobgarlikka tortilishi kerak. Shuningdek, shaxs o‘g‘irlangan narsalarni muntazam ravishda sotib olgan va o‘g‘rini jinoiy yo‘l bilan topilgan har qanday mulkni olishga ishontirgan bo‘lsa, bunday shaxs o‘zganing mulkini talon-toroj qilishning ishtirokchisi deb hisoblanadi1.
Demak, mazkur jinoyatlarni sodir etishda motivning farqi mavjud bo‘lmasada, lekin mulkni jinoiy yo‘l bilan topgan shaxsga uni avvaldan sotib olish yoki o‘tkazishga vaʼda berilmaganligi ham jinoyatni kvalifikatsiya qilishda zaruriy shart hisoblanadi.


1 M.H.Rustamboyev. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. IV tom. Maxsus qism. Oliy taʼlim muassasalari uchun darslik. “ILM-ZIYO”. – Toshkent.: 2011-y. 72-bet.
44

Oltinchidan, JK 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyat shu modda dispozi­siyasida sanab o‘tilgan harakatlardan birontasi sodir etilgan paytdan eʼtiboran tugallangan deb eʼtirof etiladi.


Jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olish yoki o‘tkazish qilmishi jinoiy yo‘l bilan topilgan mulk olingan yoki o‘tkazilgan paytdan tugallangan deb hisoblanadi.
Shuningdek, JK 243-moddasida nazarda tutilgan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatidan farqli ravishda jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olish yoki o‘tkazish jinoyati uchun JK 171-moddasining ikkinchi qismda takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; moddiy javobgar shaxs tomonidan; ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa javobgarlik klassifikatsiya qilingan va uchinchi qismida yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda qamoq tariqasidagi jazo qo‘llanilmasligi belgilangan.
Shu maqsadda JK 243-moddasida nazarda tutilgan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyati uchun jazolarni differensiatsiya qilish uchun JK 243-moddasini quyidagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan to‘ldirish zarurligini taklif qilamiz:
1-qism saksiyasi 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar ko‘p miqdordagi mulkka nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida qismida ko‘rsatilgan harakatlar:
a) juda ko‘p miqdordagi mulkka nisbatan;
b) xizmat mavqeyidan foydalanib;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan
bo‘lsa,
— besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Shuningdek, jinoiy faoliyat natijasida orttirilgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkka nisbatan mulkiy huquq va majburiyatlarni vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki tugatishga qaratilgan harakatlarni sodir etishda ishtirok etgan shaxsning harakatlarini kvalifikatsiya qilish masalasini hal etishda, har bir holatda bu shaxs mazkur mol-mulk jinoiy faoliyat natijasida orttirilganligini aniq bilgan-
45

bilmaganligi aniqlanishi shart. Masalan, agar shaxs jinoiy faoliyat natijasida topilgan mulkni legallashtirishni xohlab oldi-sotdi shartnomasi tuzgan bo‘lsa va oluvchi sotuvchida mazkur mulkka qonuniy tus berish maqsadi borligini anglagan holda bu mulkni sotib olsa, oluvchining harakatlari daromadlarni legallashtirishga ko‘maklashish sifatida JK 28, 243-moddalari bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunday hukm keyinchalik mulkni oldi-sotdi shartnomasi fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida haqiqiy emas deb topilishi uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.


Notarius tomonidan mansab vakolatlaridan pul mablag‘lari yoki boshqa mulkni legallashtirishga qaratilgan bitimni o‘zi bila turib tasdiqlash uchun foydalanilishi daromadlarni legallashtirishga ko‘maklashish sifatida (JK 28, 243- moddalari) bilan, bunga asoslar bo‘lganda esa, Jinoyat kodeksining boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi boshqa moddalari bilan ham bilan kvalifikatsiya qilinadi,
Daromadlarni legallashtirishdan olingan mulk JPK 211-moddasi 5-bandiga ko‘ra, JK 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyat predmeti hisoblanadi va Fuqarolik kodeksi 204-moddasiga asosan jismoniy yoki yuridik shaxsga jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy zarar qoplangandan so‘ng konfiskatsiya qilinishi kerak.
Agar shaxsni JK 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda ayblashga doir ishni ko‘rish chog‘ida pul mablag‘lari yoki mulkning muayyan qismi jinoiy yo‘l bilan orttirilmaganligi aniqlansa, ular JPK 211-moddasi 4-bandiga asosan qonuniy egasiga qaytarilishi lozim1.


1 O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida” gi 1-son Qarori. 2011-yil 11-fevral.
46



Download 321.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling