O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi, toshkent davlat yuridik instituti
Xalqaro jinoyat huquqi tamoyillari
Download 428.31 Kb. Pdf ko'rish
|
xalqaro jinoyat huquqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalqaro jinoyat huquqi transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro huquqiy standartlarning tizimi sifatida
Xalqaro jinoyat huquqi tamoyillari
Xalqaro munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning bir turi bo‘lib, xar xil vositalar bilan tartibga solinadi. Davlatlararo aloqalar axloq, texnik, diniy kabi ijtimoiy normalarning ta'sirini o‘zida kechirib, ushbu me'yorlarning eng ta'sirchani huquq normalaridir, chunki ularning ijrosi xalqaro huquqda nazarda tutilgan majburlov mexanizmi bilan ta'minlanadi. Xalqaro huquq har qanday huquq sohasi singari muayyan tizim, institut, tartibga solish uslublar va tamoyillarga egadir. Tamoyillar xalqaro huquqda o‘zining odatiy huquqiy mezon, huquq sohasi doirasidagi normalar uchun rahbariy qoida tarzidagi funktsiyani bajaradi. Xalqaro huquq tamoyillarni, o‘zbekistonlik olim A.X. Saidov ham "ijtimoiy amaliyot natijasida vujudga keladigan xalqaro huquqning yuridik mustahkamlangan asoslari bo‘lib, huquq sub'ektlarining rahbariy qoidasi" tarzida ta'riflab, ularning xalqaro huquqiy tartibotni ta'minlashda xalqaro hamjamiyat uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlaydi 1 . Darhaqiqat, xalqaro huquqning tamoyillariga amal qilmaslik, nafaqat muayyan huquqiy me'yorni buzish bilan baravardir, balki xalqaro huquqiy tartibot negizini tashkil qiladigan huquqiy tayanchni mensimaslik va shu orqali davlatlararo yalpi huquq tartibotga bolta urishni anglatadi. Davlatlar hamkorligi tamoyilini hurmat qilish xalqaro huquqdagi eng oliy qadriyatlaridan biridir. Davlatlarning hamkorligini samarali ta'minlash universal va mintaqaviy jamoa xavfsizlik tizimining o‘zagini tashkil qiladi. Shu sababli, davlatlarning hamkorligi qoidasi ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan xalqaro huquqiy me'yor tamoyil darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, xalqaro huquqning har bir institutida rahbariy qoida sifatidagi mohiyatni kasb etadi. Olimlar tomonidan xalqaro huquq tamoyillarining, shu jumladan davlatlarning hamkorligi printsipining oliy yuridik kuchga ega ekanligidan tashqari, barcha uchun majburiyligi, orqaga qaytish kuchiga ega ekanligini, xalqaro huquq printsiplarini buzgan harakatlar xalqaro jinoyat sifatida baholanishi ilgari surilmoqda 2 . Xalqaro huquq tamoyillarining ushbu xususiyatlarini inkor etmasdan, bizningcha, ular amaldagi voqelikning eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishi, xalqaro huquq tamoyillari universal xalqaro shartnomalarda o‘z aksini topishi va ularning ro‘yobga chiqishi uchun davlatlarning suverenitetini cheklashga yo‘l qo‘yish mumkinligini qo‘shimcha ravishda e'tirof etish lozim.
1 Saidov A.X. Xalqaro huquq. –T.: Adabiyot jamg‘armasi, 2001. 87-bet. 2 Международное публичное право.-М.: Проспект, 1999. -С.55. 11
Ma'lumki, davlatlarning hamkorligi tamoyilining talablariga ko‘ra, muayyan davlatda xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid vujudga kelgan hollarda xalqaro huquqda belgilangan tartibda davlatlar o‘rtasida teran hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi lozim. Davlatlarning hamkorligi tamoyili xalqaro huquqning boshqa tamoyillari bilan birga mushtarak o‘zaro chambarchas bog‘liqlikda bo‘lgan tizimni tashkil qiladi. O‘zbekistonlik olimlar X.T. Odilqoriev va B.E. Ochilov xalqaro huquq tamoyillarining ushbu xususiyati to‘g‘risida "har bir tamoyil boshqa tamoyildan mazmunan kelib chiqadi deb ta'kilaydilar 1 . Darhaqiqat, agarda davlatlarning hamkorligi tamoyilining mazmuniga e'tibor beradigan bo‘lsak, ko‘rish mumkinki, "Davlatlarning ichkim ishlariga aralashish va interventsiyaga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida"gi Dekralaratsiyada boshqa davlatning xalqaro miqyosda tan olingan chegaralarini buzish
maqsadida davlatlar tomonidan xalqaro
munosabatlarda kuchdan foydalanish yoki kuch bilan tahdid qilishdan o‘zlarini tiyish majburiyati, yoxud mustamlaka hukmronlik girdobi ostida bo‘lgan xalqlarni o‘z taqdirini o‘zlari belgilash, erkinlik va mustaqillikka bo‘lgan huquqlarni mahrum qilishga qaratilgan harakatlar nazarda tutildi. Ko‘rinib turibdiki, ushbu harakatlar nafaqat davlatlarning hamkorligi, balki haqlarning o‘z taqdirini o‘zlari belgilash, kuchdan foydalanish yoki kuchdan foydalanish bilan tahdid qilish ishlatish kabi tamoyillari bilan qamrab olingan. Shu ma'noda, davlatlar hamkorligi tamoyilining buzilishi muqarrar ravishda xalqaro huquqning boshqa printsiplarini buzishga olib kelishida xalqaro huquq printsiplari tizimining yaxlitligi namoyon bo‘ladi. Ta'kidlash lozimki, xalqaro huquq printsiplarining uzviy bog‘liqligini kuchaytirish ularning ijrosini takomillashtirish borasida ahamiyati beqiyos omildir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomida davlatlarning hamkorligi tamoyili shunchaki tilga olinib, ularning batafsillashtirilgan izohi berilmagan. So‘ngra, davlatlarning hamkorligi tamoyili "Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga binoan davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik va do‘stona munosabatlariga oid xalqaro huquq printsiplari to‘g‘risida"gi BMT Bosh
Assambleyasining 1970-yil 24-oktyabr kunidagi Deklaratsiyasida davlatlarlarning ichki ishlariga aralashni ifodalaydigan xatti harakatlar keltirilib, "yuqorida zikr et tamoyillar o‘zaro bog‘lik va barcha boshqa tamoyillardan kelib chiqadi" deb mustahkamlandi 2 . 1 Международное публичное право.-Т.: ТГЮИ,2004.-С.71. 2 Декларация о принципах международного права, касающихся дружественных отношений и сотрудничества между государствами в соответсвии с Уставом ООН./ Международное право в документах. М.,2001-С.65-73..
12
Davlatlarning hamkorligi tamoyili 1981-yilgi Dekralaratsiyasida yoyilgan holda, xalqaro munosabatlar asoslarining deyarli barcha sohalarini qamrab olgan holda berilishi, mazkur tamoyilning xalqaro huquq printsiplarining tasnifida o‘rnini belgilashda ancha murakkabliklarni vujudga keltiradi. Jumladan, xalqaro huquq fanida xalqaro huquq tamoyillarning muhofaza ostidagi munosabatlarning ahamiyatligiga qarab, xalqaro huquq
tamoyillari umuminsoniy qadriyatlarni, ya'ni
tsivilizatsiyamizning hayotiy muhim ahamiyatga molik munosabatlarni muhofaza qiladigan tamoyillar (insonning asosiy huquq va erkinliklarini muhofaza qilish printsipi, tabiatni muhofaza qilish borasida davlatlarning hamkorligi printsipi) hamda davlatlarning bevosita manfaatlarini muhofaza qiladigan tamoyillarga ( davlatlarning ichki ishlarga aralashmaslik, kuch ishlatmaslik va kuch ishlatish bilan tahdid qilmaslik, umumiy va to‘liq qurollanish tamoyillari) tasniflangan. Shuningdek, ayrim asarlardan xalqaro huquq tamoyillarni funktsional tamoyillarga, ya'ni xalqaro huquqning butun tizimiga singib ketgan tamoyillar ( o‘z majburiyatlarni vijdonan bajarish, xalqaro nizolarni tinch yo‘llar bilan hal qilish,davlatlar hamkorligi, davlatlar tengligi tamoyillari) va boshqa tamoyillarga (insoning asosiy huquq va erkinliklarni hurmat qilish printsipi, yalpi va to‘liq qurollanish davlatlar chegaralarning yaxlitiligi va daxlsizligi, davlatlarning hamkorligi tamoyillari) tasniflangan. Professor N.T. Blatova xalqaro huquq tamoyillarini ob'ekt jihatidan tasniflab, tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlaydigan tamoyillarga ( insoning asosiy huquq va erkinliklarni muhofaza qilish, millat va elatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi, atrof muhitni xalqaro himoya qilish tamoyillariga), davlatlarning tinch hamkorligini ta'minlaydigan tamoyillarga ( kuch bilan foydalanish yoki kuchdan foydalanish bilan tahdid qilmaslik, davlatlarning hududiy yaxlitligi, davlat chegaralarning daxlsizligi, samarali xalqaro nazorat ostida qurolsizlanish tamoyillari) hamda inson, millat va elatlarning huquqlarini muhofaza qiluvchi tamoyillarga (davlatlarning suveren tengligi davlatlarning ichki ishlarga aralashmaslik, xalqaro nizolarni tinch yo‘llari bilan hal qilish, xalqaro majburiyatlarni vijdonan bajarish tamoyillari) tasniflagan 1 .
Bizningcha, xalqaro huquq tamoyillarning yuqorida keltirilgan barcha tasniflar shartlidir. Ushbu tamoyillarni amal qilish doirasi, ob'ekt jihatidan har qanday tasniflar xalqaro huquq tamoyillarning universallik tabiatiga zid keladi, chukni xalqaro huquq tamoyillari xalqaro huquqning har bir
institutida o‘zining rahbariy qoidaÿÿarzda maqomini
1 Международное публичное право. –М.: Проспект,1999.-С.57-58. 13
yo‘qoÿÿaydiÿÿa shu sabablÿÿÿÿlqaro huquq bilan qamrab olinadigan barcha davlatlararo munosabatlarga tegishlidir. Zikr etilgan yuqoridagi tasniflar shunchaki, nisbiy mezonlarga asoslangan. Yuqorida zikr etilgan barcha xususiyatlarni hisobga olgan xolda davlatlarning hamkorligi tamoyiliga izoh berar ekanmiz, xalqaro huquqning tamoyillarga berilgan umumiy ta'rifga asoslanish joiz. Fanda xalqaro huquq
tamoyillariga ta'rif
berishda ularning huquqiy xususiyatlarga tayanadi. Professor A.X. Saidov fikricha, xalqaro huquq tamoyillari ijtimoiy amaliyot natijasida vujudga keladigan xalqaro huquqning yuridik mustahkamlangan asoslari bo‘lib, huquq sub'ektlari xatti harakatining rahbariy qoidalar hisoblanadi. Olimning fikricha, xalqaro huquqning tamoyillari xalqaro huquqiy tartibotni saqlashda xalqaro hamjamiyat uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan va umumiy ahamiyat kasb etadi 1 . Darhaqiqat, xalqaro huquq tamoyillari universal qoidalar, o‘zining huquqiy ta'sir doirasiga barcha xalqaro munosabatlarni qamrab oladi.
Ammo bugungi
kunda yuridik
mustahkamlanmagan, odat tarzida amal qiladigan xalqaro huquq tamoyillari bor. Atrof muhitni muhofaza qilish, qurollanish poygasini to‘xtatish ana shunday tamoyillarning jumlasidandir. Ayrim mualliflarning fikriga ko‘ra, xalqaro huquq tamoyillari zamonamizdagi xalqaro munosabatlarning mazmun mohiyatiga javob beradigan, insoniyat, davlatlar va xalqaro
huquqning boshqa
sub'ektlarining manfaatlariga monand kelgan va shu sababli majburlovning eng qat'iy choralari bilan muhofaza qilinadigan asosiy, imperativ va universal qoidalardir. Mualliflar xalqaro huquq tamoyillariga izoh berishni davom ettirar ekan, ularning davlatlararo munosabatlarning eng muhim qirralarini tartibga solishini, xalqaro huquqning barcha sub'ektlari uchun majburiy ekanligini, universal shartnomalar va odatlarda o‘z ifodasini topishini, ularning ta'minlanishida davlatlarning suvereniteti cheklanishi mumkinligini va jismoniy shaxslar xalqaro huquqda nazarda tutilgan javobgarlikka tortilish mumkinligini ta'kidlaydi 2 . Bizningcha, yuqorida zikr etilganlar bilan birga, xalqaro huquq tamoyillari uzviy bog‘liq bo‘lgan tizimni tashkil etishi qo‘shilishi lozim. Xalqaro huquq tamoyillarning huquqiy ta'sir doirasida chirmashib ketganligi davlatlarning hamkorligi tamoyilini izohlashda muammolarni vujudga keltirishi muqarrar. Fan va amaliyot shu yo‘l bilan bordiki, xalqaro huquq tamoyillari davlatlarning huquq va majburiyatlarini keltirish
1 Saidov A.X. Xalqaro huquq. –T.: Adabiyot jamg‘armasi, 2001. 87-bet. 2 Международное право. -М.: Проспект, 1999. -С.55 14
bilan kifoyalanib qolgan. Ushbu huquq va majburiyatlar mazmuni davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyilining xalqaro tinchlik va xavfsizlik kabi umumiy ob'ekt bilan birga, davlat suvereniteti, tashqi va ichki siyosatini amalga oshirishda uning mustaqilligini ta'minlash bilan bog‘liq bo‘lgan xalqaro munosabatlar tushunilishi lozimdir. Holbuki, xalqaro huquq tamoyillari hayotiy ahamiyat kasb etar ekan, jahon hamjamiyatining tinchlik va xavfsizligini ta'minlash, globallashuv jarayonlarining salbiy hodisalardan holi bo‘lishiga erishishda har bir tamoyilning shu jumladan davlatlarning hamkorligi tamoyilining ijrosi ilmiy amaliy e'tiborga g‘oyatda molik. Davlatlarning hamkorligi tamoyiliga bepisandalik, mamlakat suverenitetini inkor qilish butun xalqaro hamjamiyatga qarshi jinoyat sifatida baholanib, misli ko‘rilmagan fojeaviy oqibatlarni keltirib chiqarish mumkinligini tarixning o‘zi tasdiqlamoqda. SSSR imperiyasining parchalanib ketishi xalqaro munosabatlardagi muvozanatga jiddiy tuzatishlarni kiritdi. Xalqaro huquq normalari, shu jumladan uning tamoyillarning ijrosida muhim ahamiyat kasb etadigan SSSR va Amerika Qo‘shma shtatlari salohiyatining mutanosibligi barham topdi. Shubhasiz, ana shu omilning yo‘qolishi davlatlarning hamkorligi tamoyilining rioya etish ahvoliga bevosita ta'sir ko‘rsatdi. Amerika Qo‘shma Shtatlarning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi roziligisiz Iroqga so‘kilib kirishi, NATO kuchlarining Yugoslaviya hududiga bostirib kirishi, AQSHning bugungi kunda yakkahukmronlikka yo‘naltirilgan oydin siyosati, bizningcha, davlatlarning hamkorligi tamoyilining amal qilish mexanizmini isloh qilishni taqozo etib turibdi. Tilga olingan xalqaro huquq tamoyilini ilmiy tadqiq qilish dolzarbligi xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid qiladigan illatlarning xavfliligi jadal sur'atlarda oshib borayotganligi bilan belgilanadi. Ana shunday illatlardan biri xalqaro terrorizmdir. 2001 yil 11 sentyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarida amalga oshirilgan terroristik xurujlar xalqaro terrorizm muayyan bir alohida jinoyat emas, balki ayrim hollarda davlatlar tomonidan qo‘llab quvvatlanadigan puxta o‘ylangan jinoiy strategiyaga aylanganligidan dalolat berib turibdi.. Ayrim mamlakatlarning xalqaro terroristik uyushmalariga madad bo‘lishi, moddiy-texnik yordam ko‘rsatishi davlatlarning hamkorligi tamoyili oldida yangi muammolarni ko‘ndalang qilmoqda. Zero, zamonaviy xalqaro munosabatlarning amaliyoti nafaqat terrorizmning umumbashariy ahamiyat kasb etishi bilan, inson huquqlarining buzilishi ommaviylashib ketganligi, mintaqaviy nizolarning
15
tobora ko‘payib, o‘zining salbiy ta'sir doirasini jahon miqyosida yoyish tendentsiyalari bilan belgilanadi. Mamlakatimiz rahbari I.A. Karimov ta'kidlaganlaridek, "mintaqa mojarolari tobora tez tez terrorizm va zo‘ravonlik, narkobiznes va g‘ayriqonuniy qurol savdosi, inson huquqlarini ommaviy ravishda buzish kabi xatarli xavflar va harakatlarning doimiy manbaiga aylanmoqda. Bu hollar davlat chegarasini nimaligini bilmaydi" 1 deb alohida ta'kidlagani, davlatlarning hamkorligi tamoyilining huquqiy mohiyatini ilmiy tadqiq qilishning dolzarbligini belgilaydi. Nainki, davlatlarning hamkorligi tamoyili O‘zbekiston Respublikasi uchun g‘oyatda dolzarb hisoblanadi. Mamlakatimiz o‘z davlat mustaqilligin ko‘lga kiritishi xalqaro munosabatlarda tenglik asosida ishtirok etish, xalqaro hamkorlik afzalliklaridan to‘laqonli bahramand bo‘lish, tom ma'noda xalqning manfaatini ko‘zlaydigan tashqi siyosatni amalga oshirish imkoniyatini berdi. Zamonaviy globallashuv jarayonlarda ishtirokisiz davlat siyosiy, ijtimoiy iqtisodiy parokandalikka yuz tutishi muqarrar. Darhaqiqat, XXI asr, shubhasiz, xalqaro munosabatlarda butun dunyo qamrab olinadigan asr bo‘ladi. Bunday sharoitda integratsiya jarayonini xalqaro munosabatlarda institut va tashkilotlarda suveren davlatlarning ishtirok etishini kengaytirish jarayonini tarix taqozosi emas, balki ayrim mintaqalar ko‘lamida, ham umuman butun sayyoramiz ko‘lamida ham sobit qadamlik, barqarorlikni qudratli omili deb hisoblamoq zarur 2 .
Xalqaro jinoyat huquqi transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro huquqiy standartlarning tizimi sifatida
Xalqaro huquq normalari davlatlar manfaatlarining uyg‘unlashuvi natijasida vujudga kelib, xalqaro munosabatlardagi muammolarga qarshi kurashning xalqaro huquqiy standartlari tariqasida qabul qilinadi. Xalqaro huquqning muvofiqlashtirish funksiyasi davlatlar qonunchiligini birhillashtirish, xalqaro munosabatlarda davlatlarning siyosatini yagonalashtirishga qaratilgan bo‘ladi. Bugungi kunda bir davlat doirasidan chiqib ketgan muammolarga ayni xalqaro huquq vositasida davlatlararo yalpi yondashuv shakllantirilib, mazkur muammoga barham berilish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.
1 Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash davr talabidir. -T.: O‘zbekiston, 1997. 250 bet. 2 Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr busag‘asida: xavfsizlikka tahdid, taraqqiyot shartlari va kafolatlari. –T.: O‘zbekiston, 1997. 298 bet.
16
Xalqaro huquqning muvofiqlashtirish, tartibga solish va bir qator boshqa
funktsiyalarida namoyon
bo‘ladigan davlatlar siyosatini yagonalashtirish vazifasi xalqaro jinoyatchilik va uning ko‘rinishlariga qarshi kurashda bag‘oyat dolzarbdir. Terrorizm, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar noqonuniy aylanishi, pornografik materiallarning aylanishi, yollanish kabi jinoyatlar nafaqat bir davlat yoki mintaqa balki umumbashariy ahamiyat kasb etuvchi muammodir. N.I.Kostenko tomonidan yozishicha, " xalqaro terrorizm illati g‘oyat mudhish bo‘lgan zamonaviy voqelikdir. AQSHda yuz bergan 2001-yil 11-sentyabr kunidagi voqealari jahon tinchligi va xavfsizligiga mutlaq yangi tahdidga ro‘para keldilar. AQSHdagi voqealari terrorizm insoniyat uchun eng xatarli tahdid ekanligi, ba balo-qazoga qarshi barcha davlatlar birlashish zarurligidan dalolat beradi". Xalqaro jinoyat huquqi samaradorligi xalqaro huquqning har bir instituti kabi nafaqat davlatlar va xalqaro huquqning boshqa sub'ektlaringning xatti-harakatlarini xalqaro munosabatlarda tartibga solish, balki ichki davlat qonunchiligida o‘z ifodasini topish bilan belgilanadi. Zero, xalqaro jinoyatchilikning turli ko‘rinishlariga qarshi kurashda xalqaro munosabatlarda davlatlarning sa'i-harakatlarini yurdik jihatdan tartibga solish bilan birga, milliy qonunchilikni birhillashtirish ahamiyati ortib bormoqda. Ayni qonunchiliklarni unifikatsiyalashtirish jarayonida xalqaro jinoyat huquqining g‘oyat muhim tamoyili jumladan jazo muqarrarligi tamoyili ruyoga chiqarilib, har qanday xalqaro huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning javobgarligi ta'minlanadi. Terrorizmni ta'riflashni nazarda tutib, A.N.Traynin e'tirof etganidek, " ayni shu jinoyat tarkibi rivojlangan davlatlarda kechayotgan jinoyat qonunchilikni unifikatsiyalashtirishning markaziy muammosidir". Ta'kidlash lozimki, xalqaro va milliy jinoyat huquqi normalari o‘rtasidagi nisbat xalqaro huquqning barcha institutlariga mos ravishda amalga oshiriladigan harakatlar sifatida hal qilinmoqda. Jumladan davlatlarning amaliyoti dalolat berishicha, xalqaro jinoyat huquqining normalari uch xil ko‘rinishda joriy etilmoqda. Birinchi uslub shundan iboratki, xalqaro huquq normalari jumladan xalqaro shartnomalar ratifikatsiya qilinganidan so‘ng davlat huquqiy tizimining tarkibiy qismiga aylanishi, yoxud ratifikatsiya qilinganidan so‘ng, faqatgina chop etilganidan so‘nggina qo‘llanilishi va nihoyatda xalqaro shartnoma ratifikatsiya qilinib, milliy amaliyotga tegishli qonun hujjatini qabul qilish orqali jori
etilishidir. Oxirgi
usul xalqaro
huquqshunoslikda transformatsiya iborasi bilan yuritiladi . 17
Ta'kidlash lozimki, xalqaro va milliy jinoyat huquqi o‘zaro ta'sir qilib kelmoqda. Xalqaro jinoyat huquqining milliy huquqqa ta'siri shunda namoyon bo‘ladiki, xalqaro jinoyat huquqida nazarda tutilgan qilmishlar asosida milliy jinoyat huquqi to‘ldirilib boriladi. Jumladan muayyan qilmishning xalqaro-huquqiy hujjatlarda jinoyat sifatida e'tirof etilishi, milliy jinoyat huquqida ham mazkur qilmishning jinoyat sifatda baholanishiga o‘ziga xos huquqiy zamin yaratadi. Jumladan 1948 yilgi "Genotsid jinoyatini oldini olish va u uchun jazolash to‘g‘risida"gi Konvensiyada jinoyat deb topilgan xatti-harakat majmui davlatlarning qonunchiliklarida ham ayni shu tarzda mustahkamlanib, jinoyat kodekslarining xalqaro tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar bo‘limida o‘z o‘rnini topgan. O‘z navbatida milliy jinoyat huquqi ham xalqaro jinoyat huquqi mazmuniga ta'sir ko‘rsatib boradi. Jumladan mazkur masalalarni chuqur tadqi qilgan V.I. Stepanenkoning ta'kidlashicha, milliy jinoyat huquqining xalqaro jinoyat huquqiga bo‘lgan ta'siri jinoyat tarkibining belgilarini aniqlash, jazolarni belgilash va ularning miqdorini aniqlab olishda, jinoiy yurisdiktsiya chegalarini aniqlashda imkoniyat beradi . Garchand bugungi kunda xalqaro huquqning ustuvorligi tamoyili e'tirof etilayotgan bo‘lsada, milliy jinoyat huquqining xalqaro jinoyat huquqi rivojlantirish borasidagi hissasi aniq baholashga sazovor. Bu holatlar xalqaro huquqshunoslar tomonidan g‘ham qayd etilmoqda Jumladan, "xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlashda jinoiy qonun roli" mavzusida o‘tqazilgan ilmiy-amaliy anjuman ishtirokchilari tomonidan jinoyat qonunining muhim roli e'tirof etilib, jinoyat kodekslarida xalqaro huquqda amalga oshirilgan xalqaro huquqbuzarlikning xalqaro jinoyatlar va xalqaro xarakterdagi jinoyatlarga bo‘lishni taklif etdi. Zero, milliy qonuning xalqaro jinoyat huquqini rivojlantirishdagi roli shunda namoyon bo‘ladiki, davlat mutasaddilari xalqaro jinoyatchilikning muayyan turiga qarshi kurash borasidagi xalqaro shartnoma loyihasini muhokama qilganda, milliy qonun, shu jumladan jinoyat kodeksi ta'siri bilan yo‘g‘rilgan huquqiy ong va tushunchalardan kelib chiqadi. Ikkinchidan, milliy sudlar xalqaro jinoyat huquqiga oid normalarni qo‘llash chog‘ida muqarrar ravishda xalqaro huquq normasi bilan bog‘liq bo‘lgan milliy qonunchilik normasini qo‘llaydi. Milliy qonunchilik aksariyat hollarda xalqaro huquq normasi mazmunini aniq talqin qilishda qo‘shimcha vosita vazifasini o‘taydi . Xalqaro terrorizmga qarshi kurash borasida ushbu illatga yagona tushuncha berish masalasi asrlar davomida muammo bo‘lib keldi. Jahon
18
sahnasidagi turli siyosiy kuchlarning terrorizmga, shuningdek uning xalqaro tus olgan turiga tushuncha berish borasidagi ixtiloflar terrorchilikka qarshi g‘oyat zarur chora bo‘lgan, xalqaro terrorizmga ta'rif berishning imkoniyatini bermadi. Bu borada G.I. Morozovning "terrorizmning davlatlararo darajadagi umumiy yagona ta'rifini ishlab chiqish bir qator sub'ektiv va ob'ektiv omillar bilan bog‘liq masaladir. Ob'ektiv omillarga aksariyat davlatlar tomonidan milliy xavfsizlikning turlicha tushunilishi, terrorizm va uning turlari haqidagi tasavvurlarida tafovutlar mavjudligi kirsa, sub'ektiv omillarni ba'zi davlatlar tomonidan terrorizm va uning yashirin aloqalariga batamom to‘siq bo‘luvchi qat'iy choralardan foydalanish xohlamasligi tashkil etadi degan fikri g‘oyat asosli va o‘rinlidir. Bugungi kunda xalqaro jinoyat huquqi doirasida xalqaro xarakterdagi jinoyatlar nazariyasi va amaliyoti shakllanib, mazkur jinoiy qilmishlar bir necha eki barcha davlatlarning manfaatlari va holatlariga daxldor bo‘lib, buning natijasida xalqaro ijtimoiy xavf tug‘diradi. Shuning uchun bunday hollar davlatlar o‘rtasidagi shartnoma bo‘yicha xalqaro xarakterdagi jinoyatlar deb tan olinadi hamda ularga ko‘p tomonlama Konvensiyalarda tegishli xalqaro huquqiy baho beriladi. Xalqaro xarakterdagi jinoyatlarni tartibga soluvchi xalqaro Konvensiyalarga quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: - xalqaro himoyadan foydalanuvchi shaxslarga daxlsizlik; "Xalqaro himoyadan foydalanuvchi shaxslar, shu jumladan, diplomatik agentlarga qarshi jinoyatlarning oldini olish va jinoyatchilarni jazolash to‘g‘risida"gi 1970-yilgi Konvensiya (1977-yili kuchga kirgan); 1970-yilgi "Havo kemalarini qonunga zid ravishda egallashga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi Gaaga Konvensiyasi; "Fuqaro havo kemasi xavfsizligini ta'minlash to‘g‘risida"gi 1971-yilgi Monrealь Konvensiyasi;-"Dengizda qaroqchilikning oldini olish to‘g‘risida"gi, 1958-yilgi "Ochiq dengiz to‘g‘risidagi Konvensiya; - dengizni zararli chiqindilar bilan ifloslantirmaslik to‘g‘risida"gi 1958 va 1982-yilgi "Ochiq dengiz to‘g‘risida"gi Konvensiya;- 1972-yilgi "Dengizni chiqitlar va boshqa zahardi chiqindilar bilan ifloslantirishning oldini olish bo‘yicha" Qonvsntsiya; - "Yadro materiallarini qonunga zid ravishda qo‘lga kiritish va undan foydalanish to‘g‘risida"gi Konvensiya (imzolash uchun 1980-yil 3-martda ochiq deb e'lon qilingan); "Narkotik va ruhiy kasalliklar keltirib chiqaruvchi moddalar bilan qonunga zid operatsiyalar to‘g‘risida"gi 1961- yilgi "Narkotik vositalar to‘g‘risida"gi yagona Konvensiya; 1961-yil Konvensiyasiga tuzatishlar to‘g‘risidagi 1972-yil qarori, Psixotrop 19
moddalar moddalar to‘g‘risida 1971-yilgi Konvensiya; pul belgilarini qalbakilashtirish to‘g‘risidagi 1929-yilgi pul belgilarini qalbakilashtirishga qarshi kurash to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiya; "Qulchilik va qul savdosining boshqa formalari to‘g‘risidagi 1929-yilgi qulchilikka taalluqli Konvensiya, unga 1953-yili o‘zgartirishlar kiritilgan; - qulchilikni, qul savdosini va shunga o‘xshash institut va odatlarni bekor qilish to‘g‘risidagi 1958-yilgi qo‘shimcha Konvensiya; "Inson ustidan savdo qilishga va uchinchi shaxslar tomonidan fohishabozlikdan foydalanishga qarshi ku- rash to‘g‘risida"gi 1950-yilgi Konvensiya. Mazkur konvensiyalarda odatda xalqaro jinoyatlarning xalqaro xavfi to‘g‘risidagi qoidalar, bu jinoyatlar normal xalqaro munosabatlarni o‘rnatishga jiddiy xavf tug‘dirayotganligi, umuminsoniy manfaatlar va boyliklarga zarar etkazayotganligi ta'riflab beriladi. Zero, jinoyat tarkibining normativ ta'rifini berilganligi katta ahamiyatga ega. Chunki, mana shu ta'rif o‘ziga xos standart bo‘lib, davlatlar o‘rtasida kelishib olishlari uchun jazo berish to‘g‘risida gapirib qo‘ya qolinadi, dengizni chiqitlar va boshqa materiallar bilan ifloslantirishning oldini olish bo‘yicha Konvensiyada esa bunday harakatlar uchun jazo choralari ko‘rish haqida gapiriladi. Giyohvand vositalar to‘g‘risida yagona Konvensiya va ruhiy kasalliklar keltirib chiqaruvchi moddalar to‘g‘risidagi Konvensiyaning ta'rifi o‘ziga xos: bu o‘rinda jiddiy jinoyatlar uchun jazolash normalari muayyan darajada qamoq. jazosi to‘g‘risidagi yoki ozodlikdan mahrum qilishning boshqa vositalari to‘g‘risidagi so‘zlar' bilan aniqlashtiriladi. Ayn vaqtda yuqorida sanab o‘tilgan Konvensiyalar umumiy ko‘p tomonlama shartnomalardir. Biroq, ayrim davlatlar bu Konvensiyalarning ba'zilarida qatnashmaydi. Tabiiyki, bu hujjatlarning hayotda qo‘llanishiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi, samaradorligini pasaytiradi. Xulosa tariqasida e'tirof etish lozimki, xalqaro jinoyat huquqi transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurash
borasida davlatlar qonunchiliklarini uyg‘unlashtirish vazifasini amalga oshiradi. shu maqsadda, xalqaro jinoyat huquqi doirasida bir qator xalqaro konvensiyalar ishlab chiqilib, ularda davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish masalalaridan tashqari, konvensiyaga qo‘shilgan davlatlar uchun majburiy bo‘lgan xalqaro huquqbuzarlik tushunchalari va tasnifi o‘zining aksini topadi. Ammo bugungi kunda xalqaro jinoyat huquqi asosida davlatlar qonunchiliklarini uyg‘unlashtirish jarayonlari sillik kechayapti deb aytib bo‘lmaydi. Davlatlararo hamkorlikning ushbu sohasi bir qator muammolarga duch kelib, mazkur muammolar XXI asrning eng xatarli tahdidi xalqaro terrorizm bilan bog‘liq bo‘lganligini 20
achinarli xoldir. Zero, olimlar tomonidan e'tirof etilishicha, agarda mazkur muammoga barham berish borasida insoniyat tomonidan tegishli aksilchoralar majmui ko‘rilmasa, ana shu balo ketida insoniyat yo‘q bo‘lib ketishi ehtimoldan holi emas. Shu ma'noda xalqaro jinoyat huquqining jinoyatchilikka qarshi kurash borasida davlatlar qonunchiliklarini uyg‘unlashtiruvchi soha oldida birinchi navbatda davlatlararo irodalarni yagonalashtirish, terrorchilik illati bo‘yicha bir samarali to‘xtamga kelish dolzarb vazifa bo‘lib qolayotir.
Download 428.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling