O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi, toshkent davlat yuridik instituti


Xalqaro jinoyat huquqini milliy qonunchilikka implementatsiya


Download 428.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana15.08.2020
Hajmi428.31 Kb.
#126464
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
xalqaro jinoyat huquqi


Xalqaro jinoyat huquqini milliy qonunchilikka implementatsiya 

qilishning nazariy asoslari 

 

Huquqshunoslik doktrinasidan ma'lumki, huquq manbasi tushunchasi 



yuridik  majburiy  xulq-atvor  qoidasini  namoyon  etadigan  va  bu  qoidaga 

huquqiy  norma  xususiyatini  beradigan  (masalan,  konstitutsiya,  qonun, 

farmon,  davlat  vakolatli  organining  qarori  yoki  farmoyishi  va  sh.k.) 

shakldir.  Shunga  muvofiq,  xalqaro  huquq  manbalari  -  o‘zida  xalqaro 

munosabatlar  sub'ektlarining  xulq-atvor  qoidalarini  namoyon  etadigan  va 

ushbu  qoidalarga  xalqaro-huquqiy  normalar  xususiyatini  joriy  qiladigan 

shakllardir.  Yana  bir  ta'rif  shundan  iboratki,  xalqaro  huquq  manbalari  - 

davlatlar  tomonidan  tan  olingan  davlatlarning  xohish-irodalarini 

muvofiqlashtirish 

natijalarini 

mujassamlashtirgan 

xalqaro-huquqiy 

normalarni qayd etish shakllaridir. 

Xalqaro huquqning davlat ichki huquqidan katta farq qiluvchi o‘ziga 

xos  xususiyatlari  quyidagilardan  iborat:  birinchidan,  xalqaro  huquq 

normalari  sub'ektlar  tomonidan  ular  o‘rtasida  o‘zaro  kelishilgan  va  shu 

bilan umumiy xohish-irodasini ifoda etuvchi bitimlarga binoan o‘rnatiladi. 

Shuning  uchun  bunday  bitimlar  xalqaro-huquqiy  normalarning  manbai 

hisoblanadi;  ikkinchidan,  aytib  o‘tilganidek,  xalqaro  huquqda  nazarda 

tutilgan  sub'ektlarning  sub'ektiv  huquqiga  hamisha  xalqaro  huquq  boshqa 

sub'ektlarining yuridik majburiyatlari qarama-qarshi turadi. 

Xalqaro  huquqning  manbalari  sirasida  asosiy  manbalardan  biri 

xalqaro  shartnoma  bo‘lib,  u  xalqaro  ommaviy  huquqning  tegishli 

normalari  tomonidan  tartibga  solinadigan,  xalqaro  huquq  sub'ektlari 

o‘rtasidagi  yozma  bitim  sifatida  tushuniladi.  Bunday  normalarning 

yig‘indisi  va  tizimi  xalqaro  huquqning  xalqaro  shartnomalar  huquqi  deb 

nomlanadigan alohida, nisbatan mustaqil bo‘lgan tarmog‘ini tashkil qiladi. 


 

21 


Xalqaro huquqni xalqaro shartnomalarsiz bir zum ham tasavvur qilib 

bo‘lmaydi,  ular  hayotning  barcha  jabhalarini  qamrab  oladi.  Shartnomalar 

bir necha turga bo‘lib o‘rganiladi. 

Birinchi  guruh  shartnomalar  siyosiy  shartnomalardir.  Unda  xalqaro 

huquq sub'ektlari o‘rtasida diplomatik munosabatlarning o‘rnatilishi, urush 

eki  urush  xavfining  oldini  olish,  xalqaro  nizolarni  tinch  yo‘l  bilan  hal 

qilish, xalqaro xavfsizlikni ta'minlash kabi shartlar o‘z aksini topadi. 

Ikkinchi  guruh  shartnomalar  -  iqtisodiy  shartnomalar  hisoblanadi. 

Uchinchi  guruh  shartnomalar  esa  madaniyat,  fan  va  san'at  sohasidagi 

shartnomalardan  iborat.  Nazarimizda  ushbu  tasnifni  yana  ikki  guruh 

shartnomasi  bilan  to‘ldirish  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi.  Masalan,  harbiy 

sohadagi  shartnomalar,  aloqa,  kommunikatsiya,  transport  borasida 

shartnomalarni  alohida  bir  guruhga  ajratish  mumkin.  Huquqiy  masalalar, 

jinoyatchilikka  qarshi  xalqaro  kurash  vositalarini  takomillashtirish. 

insoniyatning  og‘usiga  aylangan  giyohvand  moddalarga  qarshi  kurash, 

terrorchi  va  jinoyatchilarni  ekstraditsiya  asosida  qaytarish  va  boshqa 

masalalar  bo‘yicha  shartnomalarni  yana  bir  alohida  guruhga  kiritish 

maqsadga muvofiqroq bo‘lar edi. 

Shu  o‘rinda  savol  paydo  bo‘lishi  tabiiy.  Davlatlarning  ichki  vakolat 

doirasidagi  masalalar  ham  xalqaro  shartnomaning  ob'ekti  bo‘lishi 

mumkinmi? Nazariy jihatdan, ha mumkin. Biroq amalda xar bir davlat o‘z 

ichki masalalarini, o‘zgalar ishtirokisiz mustaqil hal qilishni afzal ko‘radi. 

Mabodo  biron  bir  masala  yuzasidan  davlatlarning  manfaatlari  mos 

tushmasa,  ziddiyat  mavjud  bo‘lsa,  davlatlar  xalqaro  huquqning  o‘zga 

davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik printsipini qalqon qilib oladi va 

bu  printsip  ularni  o‘zi  istagan  siyosatni  amalga  oshirishida  himoya 

vazifasini o‘taydi. 

Xalqaro  shartnomani  xalqaro  huquqning  asosiy  manbai  sifatida 

ko‘rib  chiqish  jarayonida  tabiiy  ravishda  bir  savol  turilishi  mumkin. 

Xalqaro  huquqning  manbai  bo‘la  olmaydigan  shartnoma  ham  bormi?  Ha, 

albatta,  bunday  shartnoma  bo‘lishi  mumkin.  Agar  shartnoma  tuzilishi 

jarayonida  tomonlarning  o‘zaro  tenglik  huquqi  buzilib,  tomonlardan 

birining  vakilini  sotib  olish,  kontragentni  aldash,  yolg‘on  ishlatish,  hatto 

xatti-harakat  eki  majburlash  va  po‘pisa  qilish  hollari  yuz  bersa,  bunday 

shartnoma  mazkur  holat  ma'lum  bo‘lishi  bilan  o‘z  yuridik  kuchini 

yo‘qotadi  va  tabiiyki,  xalqaro  huquqning  manbai  bo‘la  olmaydi.  Demak 

xulosa  qilib  aytish  mumkinki,  faqat  xalqaro  huquq  sub'ektlarining  o‘z 

xohish-irodasiga  binoan,  xalqaro  huquqning  umum  e'tirof  etilgan 

printsiplariga  rioya  qilib  tuzilgan  shartnomagina  xalqaro  huquqning 


 

22 


manbaiga  aylanadi.  Xalqaro  shartnomalarning  ahamiyati  ham  turlicha 

bo‘ladi.  Masalan:  ulkan  miqyosdagi  keng  ko‘lamli,  mintaqaviy  va  ko‘p 

tomonlama  shartnomalar  xalqaro  huquqning  manbai  sifatida  turli 

vaznlarda  namoyon  bo‘ladi.  Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining  Nizomi 

shunday  katta  ahamiyatga  molik  bo‘lgan  hujjatlardan  biri  bo‘lib,  deyarli 

barcha mamlakatlar tomonidan qabul qilingan. 

Hozirgi  kunning  dolzarb  muammolaridan  biri,  nazarimizda,  xalqaro 

shartnomalarni  tatbiq  etishdir  qilishdir.  Ko‘plab  shartnomalarning 

ishlamayotganligi,  ko‘p  hollarda  ayni  o‘sha  mexanizmning  yaxshi 

takomillashmagani  yoki  butunlay  yo‘qligi  sababli  yuz  beradi.  Bu 

muammoni  hal  qilish  uchun  shartnomalarga  aloqasi  bo‘lgan  idoralar  va 

xizmatchilar,  o‘zlarining  sohasiga  tegishli  shartnoma  ratifikatsiya 

qilingach,  shartnomaning  to‘liq  matni  va  uni  qanday  tushunish  hamda 

qo‘llashga  oid  izohni  olishlari  lozim.  Lekin,  bunday  izoh  yoki  qo‘llanma 

aksariyat mavjud emas. Xizmatchilar xalqaro shartnoma qoidalarini o‘zlari 

qanday  tushunsa,  shu  holicha  qo‘llashga  urinyapti.  Masalan:  prokuratura 

xodimlari  u  yoki  bu  jinoyatni  tavsif  qilishda,  ularga  jazo  sanktsiyalarini 

talab qilishda faqat davlat ichki qonunlarini qo‘llaydi.  Xalqaro shartnoma 

mavjudligi  va  ayni  shu  masala  shartnoma  qoidasiga  binoan  o‘zgacha  hal 

qilinishi yoki kvalifikatsiya qilinishi haqida to‘liq axborotga ega emas. 

Xalqaro  huquq  normalarini  yaratish,  rivojlantirish  va  sharhlashda 

xalqaro  tashkilotlar  va  konferentsiyalarning  aktlari  katta  ahamiyatga  ega. 

BMT  Bosh  Assambleyasining  deklaratsiyalar  deb  nomlangan  ba'zi 

rezolyutsiyalari  BMTga  a'zo-davlatlar  tomonidan  kelishilgan  bo‘lib, 

ularning  o‘zaro  munosabatlari  qoidalarini  o‘z  ichiga  oladi.  Bu  qoidalar 

amal  qilayotgan  xalqaro-huquqiy  normalar  (shartnoma  yoki  odat 

normalari)  yanada  muayyan  ko‘rinishda  qayta  ishlab  chiqiladi  eki  yangi 

imperativ  ko‘rsatmalarni  o‘zida  namoyon  etadi.  Bunday  ko‘rsatmalarga 

Mustamlaka  mamlakatlar  va  xalqlarga  mustaqillik  berish  to‘g‘risidagi 

1960-yilgi Deklaratsiyani kiritish mumkin. Unda mustamlakachilikni to‘la 

tugatish  va  butun  hokimiyatni  qaram  hududlarning  xalqlariga  berish 

choralarini  qabul  qilish  nazarda  tutiladi.  Boshqa  misol:  BMT  Ustavining 

108-moddasi  asosida  BMT  Bosh  Assambleyasi  tomonidan  Ustavning 

alohida  moddalariga  o‘zgartirishlar  (normativ  xususiyatga  ega  bo‘lgan 

bunday  rezolyutsiyalar  1963,  1965,  1971-yillarda  qabul  qilingan  edi) 

kiritildi. 

O‘z  tarkibi  va  faoliyatining  xususiyatiga  ko‘ra  davlatlararo 

(hukumatlararo) 

xalqaro 

konferentsiyalar, 

yig‘ilishlar, 

kongresslar 

ko‘pincha, xalqaro shartnomalarni muhokama qilish va qabul qilish uchun 


 

23 


chaqiriladi hamda ularning davlatlar vakillari tomonidan imzolanishi bilan 

yakunlanadi.  Konferentsiyalarning  yakuniy  aktlari  bunday  xollarda 

mustaqil  normativ  mazmunga  ega  bo‘lmaydi.  Lekin  konferentsiya 

ishtirokchilari 

bo‘lgan 

davlatlarning 

xohish-irodasiga 

muvofiq 


shartnomaviy  tartibga  solish  sohasining  muntazam  kengayib  borishi 

xalqaro munosabatlar rivojlanishining qonuniyati hisoblanadi.  

Xalqaro  tashkilotlarning  davlatlar  hamkorligini  yo‘lga  quyishdagi 

rolining  kuchayish,  ular  qabul  qilgan  qarorlar  bilan  bu  tashkilotlarda 

qatnashuvchi  mamlakatlarning  ichki  huquqi  o‘rtasida  o‘zaro  ta'sirning 

chuqurlashuviga  olib  keladi.  Tashkilotlarning  qarorlari  ichki  huquqni 

rivojlantirishga  jiddiy  ta'sir  ko‘rsatmoqda.  O‘z  navbatida  ichki  huquq 

xalqaro  tashkilotlar  qarorlarini.  amalga  oshirishning  tobora  muhim 

vositasiga aylanmoqda.  

BMT Bosh Assambleyasida qabul qilinadigan rezolyutsiyalar yuridik 

jihatdan  davlatlar  uchun  majburiy  emas,  biroq  ularning  ayrimlari  ichki 

davlat  huquqiga,  hatto  konstitutsiyaviy  huquqqa  ham  jiddiy  ta'sir 

ko‘rsatadi. Buning yaqqol namunasi sifatida 1948-yili qabul qilingan inson 

huquqlari  umumjahon  Deklaratsiyasini  tilga  olish  kifoya.  Ko‘pgina 

mamlakatlarning  konstitutsiyalarida  mana  shu  Deklaratsiyaga  to‘g‘ridan-

to‘g‘ri  asoslanish  ko‘zga  tashlanadi.  Ko‘pincha  konstitutsiyalarning  inson 

huquqiga  bag‘ishlangan  bo‘limlari  Deklaratsiyaning  asosiy  qoidalarini 

ifodalaydi.  Mustaqil  O‘zbekiston  Respublikasining  1992-yil  8-dekabrda 

qabul 

qilingan 



Konstitutsiyasi 

inson 


huquqlari 

Umumjahon 

Deklaratsiyasining asosiy qoidalari asosida qabul qilingan. 

Bosh  Assambleyaning  ko‘pgina  rezolyutsiyalari  ichki  davlat 

huquqiga  taalluqli  qoidalarni  ifodalaydi.  Chunonchi,  1960-yili  qabul 

qilingan  diniy  kamsitishning  barcha  shakllarini  tugatish  to‘g‘risidagi 

Deklaratsiya davlatlardan diniy kamsitishni keltirib chiqaradigan va qonun 

kuchi  bilan  mustahkamlaydigan  qonun  hamda  qoidalarni  bekor  qilishni 

talab etadi. 

BMT  Xavfsizlik  Kengashi  o‘z  vakolati  doirasida  davlatlar  uchun 

yuridik  majburiyat  yuklaydigan  qarorlar  qabul  qiladi.  Agar  bu  qarorlarni 

amalga  oshirish  uchun  ichki  davlat  normalari  chiqarish  zarurati  tug‘ilsa, 

bunday  norma  chiqarilishi  hamda  bunday  davlatlar  o‘z  hokimiyati  ostida 

bo‘lgan  barcha  kishilar  va  tashkilotlar  bu  normalarni  bajarishlarini 

ta'minlashga  majbur.  Mazkur  normalarni  asossiz  ravishda  bekor  qipish 

Xavfsizlik  Kengashi  qarorlarini  buzish  hisoblanadi.  Xavfsizlik  Qengashi 

xalqaro  huquqqa  va  Kengash  qarorlariga  zid  davlat  aktlarini  qoralab, 

qonunsiz  ekanligini  e'lon  qilib,  bir  qator  qarorlar  qabul  qildi.  Jumladan, 



 

24 


1968-yilda  Xavfsizlik  Kengashi  qabul  qilingan  rezolyutsiya  Isroilniig 

Ierusalimniig  yuridik  maqomini  o‘zgartirishga  qaratilgan  hamma  qonun 

choralarini  bekor  deb  e'lon  qildi  va  bu  choralar  ana  shu  maqomni 

o‘zgartira  olmasligini  ta'kidladi.  Xavfsizlik  Kengashi  Janubiy  Afrika 

qonunlarini  Namibiya  hududida  tarqatish  qonunga  zid  ekanligini 

ko‘rsatuvchi o‘z qarorlarini bir necha bor ta'kidlagan edi. 

Evropa  hamjamiyati  organlarining  qarorlari  unga  a'zo  bo‘lgan 

mamlakatlar  ichki  huquqiga  sezilarli  ta'sir  ko‘rsatadi.  1957-yili  Evropa 

Hamjamiyatini tuzish to‘g‘risidagi shartnoma hamkorlikning oliy organlari 

Kengash  va  Komissiya  qarorlar,  ko‘rsatmalar  qabul  qilishini  belgilaydi. 

Qarorlar  kengashga  a'zo  davlatlarning  har  birida  ichki  huquq  normalari 

ustidan  ustunlikka  ega.  Qo‘rsatmalar  davlatlarga  muayyan  natijalarga 

erishishni  yuklaydi.  Bunda  shunday  natijalarga  erishishning  shakl  va 

vositalarini  belgilashni  ana  shu  davlat  organlari  ixtiyoriga  qoldiradi. 

Boshqacha  qilib  aytganda,  ko‘rsatmalar  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  ichki  davlat 

ta'siriga  ega  emas.  Qarorlar  ularga  qaratilgan  davlatlarga  ichki  huquq 

sub'ektlarini qo‘shib hisoblaganda ham majburiy bo‘ladi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri 

ichki davlat ta'sirga ega bo‘ladi. 

Shunday  qilib,  yuqorida  tahlillardan  xulosa  shuki,  turli  xil  xalqaro 

huquq 


manbalarining 

implementatsiya 

qilinishi 

xalqaro 


huquq 

manbasining  yuridik  tabiatiga  bog‘liq.  Jumladan  xalqaro  shartnomalarni 

implementatsiya qilish uchun mazkur xalqaro shartnoma tegishli davlatlar 

tomonidan ratifikatsiya qilingan bo‘lishi shart Ayni vaqtda barcha xalqaro 

shartnomalar birdek implementatsiya qilinmaydi. Xar bir davlat o‘z milliy 

an'analardan  kelib  chiqqan  holda  xalqaro  shartnoma  implementatsiya 

qilish  mexanizmini  belgilab  olishga  haqli.  Xalqaro  shartnoma  milliy 

qonunchilikda  joriy  qilinish  tartibni  belgilash  har  bir  davlatning  suveren 

huquqidir. Xalqaro tashkilotlar qarorlari ham davlatlar tomonidan turlicha 

implementatsiya  qilinadi.  Jumladan,  agarda  xalqaro  tashkilot  qarori 

davlatlar  uchun  tavsiyaviy  ahamiyatga  ega  bo‘lsa,  mazkur  qaror  davlat 

tomonidan 

umuman 

implementatsiya 



qilinmasligi 

yoki 


qisman 

implementatsiya  qilinishi  mumkin.  Xalqaro  tashkilotlarning  majburiy 

qarorlari  davlatlar  tomonidan  og‘ishmay  bajarilishi  lozim.  Ana  shunday 

qarorlarning  davlatlar  uchun  yuridik  majburiyligi  tegishli  tashkilotning 

yuridik  maqomi  yoxud  mazkur  tashkilotda  a'zolikdan  kelib  chiqadigan 

tegishli davlatlarning majburiyatlari bilan belgilanadi.  

 

 

 



 

25 


Xalqaro huquqbuzarliklar turlari va ularni tasniflash mezonlari 

 

Bugungi  kunda  xalqaro  uyushgan  jinoyatchilikka  qarshi  kurash 

masalalari  o‘ziga  tobora  ortib  borayotgan  e'tiborni  jalb  etib,  xalqaro 

huquqbuzarlikning  ayrim  turlarining  xavflilik  darajasi  umumjahon  tus 

olgan.  Ammo  bugungi  kunda  ham  amaliyot  ham  nazariyada  xalqaro 

uyushgan jinoyatchilikning turlari bo‘yicha yagona qarorga kelingani yo‘q. 

Giyohvandlik  moddalarning  noqonuniy  aylanishi  qaroqchilik,  terrorizm, 

qullarni  sotish,  pullarni  qalbakilashtirish,  ayollarni  va  bolalarni  sotish 

jinoyatlar  bilan  birga  1927-yilda  bo‘lib  utgan  jinoiy  qonunchilikni 

birxillashtirish  buyicha  xalqaro  anjumanda  xalqaro  xarakterdagi  jinoyat 

deb e'tirof etildi.1 Bu toifadagi xalqaro qilmishlarning huquqiy xususiyati 

shuki,  ularning  xalqaro  hamjamiyatiga  nisbatan  ijtimoiy  xavflilik  darajasi 

xalqaro  jinoyatlardagiday  bo‘lmaydi.  Ta'riflarga  qaraganda,  xalqaro 

jinoyatlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqaro huquq kommisiyasi 

davlatlar tomonidan xalqaro hamjamiyatning hayotiy muhim manfaatlarini 

ta'minlash  uchun  asosiy  ahamiyat  kasb  etadigan  majburiyatlarni  buzishni 

xalqaro-huquqiy  qilmish  sifatida  belgilaydi.  Bunday  jinoyatlarni  sodir 

etganlik  uchun  davlat  bilan  bir  qatorda  individlar  ham  javobgarlikka 

tortiladi. 

Xalqaro  xarakterdagi  jinoyatlar  milliy  huquqiy  tartibotga  tajovuz 

qilishi bilan birga xalqaro hamjamiyatning muhim manfaatlariga ham zarar 

keltiradi.  Ba'zan  bu  jinoyatlarni  konvensiyaviy  deb  ataladi,  chunki 

davlatlarning  xalqaro  xarakterdagi  jinoyatlarning  muayyan  turiga  qarshi 

kurashi ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalar asosida amalga oshiriladi.

1

 

Mazkur  fikrni  davom  ettirib,  A.X.Saidov  xalqaro  jinoyatlarning 



xalqaro  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  jinoyatlardan

2

  quyidagi  farqlarni 



belgilaydi, ya'ni xalqaro jinoyatlarda sub'ekt sifatida davlat mexanizmidan 

jinoiy  maqsadda  foydalanuvchi  davlatlar,  ularning  mansabdor  shaxslari, 

shuningdek  oddiy  ijrochilar  tan  olinsa,  xalqaro  ahamiyatga  ega  bo‘lgan 

jinoyatlarni  esa  jismoniy  shaxslar  sodir  etadi.  Shuningdek  xalqaro 

jinoyatlarda  ob'ekt  sifatida  xalqaro  tinchlik  va  xavfsizlik,  butun  insoniyat 

manfaatlari qaralsa, xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan jinoyatlarning ob'ekti 

ikki  yoki  bir  necha  davlatlar  manfaatlarida  namoyon  bo‘ladi.  Javobgarlik 

jihatidan  xalqaro  jinoyat  hamda  xalqaro  ahamiyatga  ega  bo‘lgan 

jinoyatlardan  farqi  shuki,  xalqaro  jinoyatlarda  xalqaro  huquq  sub'ekti 

sifatida  davlatlarning  javobgarligi  va  ijrochining  jinoiy  javobgarligi 

                                                 

1

 Международное публичиное право.- Москва.:Проспект, 1990. С.9. 542. 



2

 Saidov A.X.Xalqaro huquq. Darslik. -Toshkent.: Adabiyot jamg‘armasi, 2001. 229-bet. 



 

26 


mavjud bo‘lsa, xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan jinoyatlarda shaxsiy jinoiy 

javobgarlik  mavjuddir.  Nihoyat  A.X.Saidov  fikricha  xalqaro  jinoyatning 

yuridik  maqomi  xalqaro  yoki  ikki  davlat  bo‘lsa,  xalqaro  ahamiyatga  ega 

bo‘lgan jinoyatlarning yuridik makomi ichki davlat bo‘ladi.

1

 

Ta'kidlash  lozim  konkret  xalqaro  qilmishlarni  xalqaro  jinoyatlar  va 



xalqaro xarakterdagi jinoyat toifalariga tabaqalashtirish g‘oyat mushkuldir. 

Buning boisi hozirgi zamon ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, iqtisodiy-ijtimoiy 

muammolar,  urbanizatsiya  jarayonlari  nazariya  va  amaliyotda  xalqaro 

xarakterdagi  jinoyat  deb  e'tirof  etilgan  huquqbuzarliklarning  xalqaro 

hamjamiyatiga nisbatan ijtimoiy xavflilik darajasiga tobora o‘sib borishiga 

xizmat qildi va qilmoqda.  

Myullerson  R.A.  bu  borada  "Xalqaro  xarakterdagi  jinoyatlar  bu 

davlatlar  o‘zaro  hamkorlik  tarzida  qarshi  kurashayotgan  umumjinoiy 

jinoyatlardir(giyohvandlik  j  moddalarga  qarshi  kurash,  havo  qaroqchiligi, 

pornografik  nashriyotlarni  tarqatish,pullarni  qalbakilashtirish  va  hokazo). 

Agarda  xalqaro  jinoyat  bevosita  davlat  tomonidan  sodir  etilgan  bo‘lsa 

jismoniy  shaxslarning  xalqaro-huquqiy  javobgarligi  ushbu  davlatning 

siyosiy  javobgarlik  shaklidir;  xalqaro  jinoyatlar  asosan  davlatlar  emas 

jismoniy  shaxslar  tomonidan  sodir  etiladi.  Jismoniy  shaxslar  tomonidan 

xalqaro  xarakterdagi  jinoyatlarni  sodir  etganlik  uchun  davlat  javobgarligi 

faqat  xalqaro  xarakterdagi  jinoyatlar  buyicha  uz  shartnomaviy 

majburiyatlarni  bajarmaganda  yoki  ushub  jinoyatlarga  davlat  organlari 

bevosita ishtirok etganda yuzaga chiqadi " degan fikr bildiradi.

2

 

X.T.Odilqorievning  fikricha  xalqaro  jinoyat  deb,  insoniyat  uchun 



xavfli  bo‘lgan,  shaxsni  himoyalash,  xalqaro  hamjamiyatning  muhim 

hayotiy  manfaatlari,tinchlikni  saqlash  uchun  asosiy  ahamiyatga  ega 

bo‘lgan,  xalqaro  huquq  norma  va  printsiplarning  buzilishiga  aytiladi. 

Bunda  xalqaro  jinoyatlarni  keltirib  chiqaradigan,davlatlarning  jinoiy 

siyosatini  amalga  tatbiq  qiladigan  mansabdor  shaxslarning  qilmishi  katta 

xavf  tug‘diradi.  Xalqaro  siyosiy  va  moddiy  javobgarlikka  bunday 

jinoyatlarni keltirib chiqaruvchi davlat rahbarlari- oliy mansabdor shaxslar 

va jinoiy siyosatning boshqa ishtirokchilari ham tortiladilar.

3

 

Xalqaro  xarakterdagi  jinoyatlar  xalqaro  jinoyatlar  singari  xalqaro 



huquq-tartibotga  zarar  etkazmasdan  va  oqibatda  barcha  yoki  ko‘plab 

davlatlarning  manfaatlariga  tegishlidir.  Ammo  ularning  butun  xalqaro 

hamjamiyatiga  nisbatan  bo‘lgan  xavfliligi  xalqaro  jinoyatlarning 

                                                 

1

 Saidov A.X. Xalqaro huquq. -Toshkent.: Adolat, 2001. 229-bet. 



2

 Международное уголовное право.-Москва.: Наука, 1999. С 111-112. 

3

 Odilqoriev.X.T., Ochilov B.E. Hozirgi zamon xalqaro huquqi.-Toshkent.: Xega-Print, 2002. 327-bet. 



 

27 


xarakterlovchi  elementi  bo‘lmish-xalqaro  tinchlik  va  xavfsizlikka 

tahdididan ancha kamdir.

1

 

Yuqoridagilardan  ko‘rinib  turibdi  ki,  xalqaro  jinoyatlarning  xalqaro 



tinchlik  va  xavfsizlikka  ziyon  etkazishi  elementi  xalqaro  jinoyatlarni 

ta'riflashda asosiy elementdir. Xalqaro qilmishlar bu turining o‘ziga xosligi 

aynan  xalqaro  xavfsizlik  va  tinchlikka,  insoniyatga  bo‘lgan  tahdidi  bilan 

izohlanadi. 

Xalqaro  uyushgan  jinoyatchilikka  qarshi  kurashda  davlatlar 

hamkorligini  tashkil  etishda  e'tiborga  olinishi  lozim  bo‘lgan  navbatdagi 

muammo  :  jinoiy  qilmish  turlarining  o‘zaro  integratsiyasidir.  Jumladan 

giyohvandlik  vositalari  va  psixotrop  moddalarning  noqonuniy  muomalasi 

daxldor  bo‘lgan  jinoiy  qilmishlarning  boshqa  jinoyatlar  bilan  tobora 

chirmashib  ketganligini  zamona  voqeligining  mudhish  realligidir. 

Darhaqiqat,  "Bugun  aniq  aytish  mumkin  ki  agar  diniy  ekstremizm  va 

aqidaparastlik  shiorlari  xalqaro  terrorning  g‘oyaviy  niqobi  bo‘lsa, 

narkobiznes va narkotraffik, hech shubhasiz, xalqaro terrorning moliyaviy 

tayanchidir."

2

 

Narkotizm  o‘ta  ketgan  ashaddiy  jinoiy  guruhlar  uchun  misli 



ko‘rilmagan  daromadlar  manbasidir.  Narkotiklar  savdosidan  ko‘rilgan 

foydani  asosli  ravishda  sanoatning  butun  bir  tarmoqlarining  daromadlari 

bilan  qiyoslanib,  narkotiklar  savdosi  dunyoda  mahsulotlari  sotilishi 

bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadigan industriya deb tan olingani bejiz emas. 

Vashingtondagi strategik ma'lumotlar markazi xodimi R.Xadsonning 

yozishicha, bir yil mobaynida narkotik va psixotrop moddalari noqonuniy 

savdo-sotiq orqasidan mafiya eng kamida bir trillion dollar foyda oladi. Bu 

ko‘rsatkich esa AQSH Federal byudjeti miqdoriga teng.

3

  

Narkotik  va  psixotorp  moddalarning  noqonuniy  aylanishi  xalqaro 



terrorizm, qurol-yarog‘larni etqazib berish, diniy ekstremizm kabi xalqaro 

huquqbuzarliklar bilan chirmashib ketganligi tabiiy hol, chunki haqiqatdan 

ham  "  uyushgan  jinoyatchilik  foyda  olishning  ijtimoiy  xavfli  yo‘llarni 

tanlaydi:  narkotiklar  bilan  savdo  qilish,  tovlamachilik,  pullarni 

qalbakilashtirish, narkobiznes va qimorga asoslangan o‘yinlardir".

4

 



 Uyushgan  jinoiy  guruhlarning  narkobiznes  kabi  mablag‘  orttirish 

singari  daromad  manbasi  mavjudligi  xalqaro  va  milliy  xavfsizlikka 

muntazam  ravishda  o‘sib  borayotgan  tahdiddir.  Bundan  Afg‘onistonda 

                                                 

1

 Международное уголовное право. -Москва.: Наука, 1999. С.57. 



2

 Karimov I.A. Terrorizm xavfi to‘g‘risida.-Toshkent.:Shark,2002. 119-bet. 

3

 Вестник МВД РФ. 1992. №5. С.64. 



4

  Белов  Н.В.  ЭПК  (энциклопедия  преступлений  и  катастроф)  наркомафии.  Производство  и  распространение 

наркотиков. Минск.: Современный литератор, 1998. С.199. 


 

28 


bo‘lib  utgan  hayajonli  voqealar  yaqqol  dalolat  beradi.  Vaholanki 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov  1996-yildayoq  "Hozir 

Afg‘onistonda  qurol-yarog‘lar  shu  qadar  to‘planganki,  hisoblansa, 

jahondagi  boshqa  biron  mamlakatda  (jon  boshiga)  buncha  qurol  yo‘q 

Ammo bu hech kimni tashvishga solmayapti. Qurol-yarog‘lar va narkotik 

moddalar  chegara  orqali  Markaziy  Osiyo  Respublikalariga  o‘tmoqda, 

ammo na Birlashgan Millatlar Tashkiloti, na boshqa xalqaro tashkilotlar bu 

chegarani hech qanday nazorat ostiga olmagan.Afg‘onistonda, Pokistonda, 

Eronda  bizning  mintaqamizda  qo‘poruvchilik  faoliyati  olib  borish  uchun 

terrorchilar  guruhlari  tayyorlanmoqda"  deb,  xalqaro  hamjamiyatning 

diqqat-e'tiborini bu muammolarga qaratishga uringan edi.

1

 



Yurtboshimiz 

xalqaro 


hamjamiyatining 

Markaziy 

Osiyoda 

xavfsizlikni  va  tinchlikni  ta'minlash,  qurol-yarog‘larni  etkazib  berilishini 

cheklash,  narkotik  va  psixotrop  moddalarning  noqonuniy  aylanishiga 

barham  berish  borasida  chora-tadbirlarni  aynan  Afg‘oniston  muammosini 

hal  etishiga  yo‘naltirilishi  lozimligiga  davlat  rahbarlari  uchrashuvlarida, 

nufuzli  xalqaro  tashkilotlarda  qayta-qayta  da'vat  qilgan  edi.  Chunonchi 

Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining  Bosh  Assambleyasida  so‘zlagan 

nutqida 


"Afg‘oniston 

hozirgi 


paytda 

xalqaro 


terrorchilik 

va 


ekstremizmning  poligoni  hamda  tayanch  bazasiga,  milliardlab  daromad 

keltirayotgan  va  xalqaro  terrorchilikni  oziqlantirayotgan  dunyo  narkotik 

ishlab chiqarishning asosiy manbai-fabrikasiga aylangan. 

Afg‘oniston  bilan  chegaradosh  hududlar,  birinchi  navbatda, 

Markaziy  Osiyo  davlatlari  yuzlab  tonna  opiumni  va  geroinni  asosan 

Evropa va Shimoliy Amerika  mamlakatlariga olib chiqish uchun qisqa va 

qulay yo‘llarga va koridorlarga aylanmoqda 

Shu birgina misolda zamonamiz voqeligining ikki mudhish hodisasi-

xalqaro  va  narkobiznes  o‘zaro  chirmashib  borayotganini  ko‘rishimiz 

mumkin" deb ta'kidlagan edi.

2

 

Afg‘onistonda  "Tolibon"  diniy  radikal  harakati  panohida  o‘z  jinoiy 



rejalarini oshirib borgan "Al-qoida" terroristik tashkilotining nomi har bir 

sog‘lom fikrli inson uchun vahshiy va mash'um ma'no kasb etadi. 2001-yil 

11-sentyabr  kun  ushbu  terroristik  tashkiloti  a'zolari  tomonidan 

uyushtirilgan g‘ayriinsoniy terroristik aktlar terrorizmning hozirgi kundagi 

ijtimoiy xavfliligini namoyon qildi. 

                                                 

1

  Неъматов  Ж.К.  Научно-практические  проблемы  международного  сотрудничества  в  борьбе  с  легализацией 



доходов,  полученных  от  преступной  деятельности.(Сравнительно-правовой  анализ  законодательства 

Республики Узбекистан и международных документов.)-Ташкент.:Asia Offset Print, 2003. С.4. 

2

 Karimov I.A.O‘zbekiston:milliy istiqlol,iqtisod, siyosat, mafkura.T1. -Toshkent.: O‘zbekiston, 1996. 159-160 betlar. 



 

29 


Ma'lumotlarga  qaraganda  "Al-qoida"  tashkilotining  jinoiy  nigohi 

O‘zbekistonga  ham  tushgan.  1997-yilning  iyul  oyida  "O‘zbekiston  Islom 

xarakati" terroristik tashkiloti Turkiya davlatida yashiringan S.Madaminov 

tomonidan  boshqarilgan  dinoiy  guruh  bilan  birlashib,  xalqaro  terroristik 

tashkilot sifatida O‘zbekiston Respublikasining demokratik saylov asosida 

tashkil  topgan  qnuniy  hukumatini  ochiqdan-ochiq  kuch  ishlatib,  ya'ni  " 

jixod" yo‘li bilan egallash maqsadida birinchi raqamli terrorchi Usoma bin 

Laden  boshqargan  "Al-qoida"  va  boshqa  terrorchilik  tashkilotlari  moddiy 

kumagiga  tayangan  holda  jinoiy  faoliyatini  oshirib  bir  necha  o‘ta  og‘ir 

jinoyatlarni  sodir  etgan.  Tahlilga  ko‘ra  bu  jinoiy  uyushma  ishtirokchilari 

1992-2001-yillar 

davomida 

O‘zbekiston 

Respublikasining 

turli 

mintaqalarda  va  Turkmanistonda  jami  qirqqa  yaqin  jinoyatlarni  sodir  etib 



71 nafar begunoh insonlarni o‘ldirganlar, 212 shaxslarga turli darajada tan 

jarohatlari  etqazganlar.  Ularning  qilmishlari  natijasida  jami  706.150.023 

sum miqdorida moddiy zarar etqazilgan, ma'naviy esa san-sanoqsiz.

1

 



Mazkur  fojialarning  ruy  berishi  sababi  nafaqat  terrorizmga  balki 

Afg‘onistonda  o‘sha  vaqtda  tobora  avjiga  chiqqan  narkotik  va  psixotrop 

moddalarning  noqonuniy  aylanishiga  qarshi  samarali  chora-tadbirlar 

ko‘rilmaganidir. 

Yuqorida  belgilanganidek  uyushgan  jinoyatchilikning  moddiy 

manbalarni orttirishning xususiyati shuki, ular bu borada aksariyat xollarda 

qonunga  xilof  usullardan  foydalanadi.  Narkobiznes  aynan  shunday  usul 

bo‘lib,  uning  qo‘llanilishi  giyoxvandlik  va  psixotrop  moddalarga  bo‘lgan 

talab  va  ularning  savdosidan  ko‘rilayotgan  foyda  bilan  izohlanadi. 

Chunonchi  "Krek"  nomli  kokain  asosida  ishlab  chiqariladigan  narkotik 

modddasini  ishlab  chiqarish  uchun  sarflangan  xarajatlar  300%,  geroindan 

100%, metamfetamin nomidagi narkotikdan 70% foyda keltirar ekan.

2

 

Narkomafiya  ko‘radigan  daromadlarning  noqonuniy  kelib  chiqishi 



legallashtirish  zaruriyatini  vujudga  keltirib,  "pullarni  yuvish"  jinoyatining 

sodir  etilishiga  sababchi  bo‘ladi.  "Pullarni  yuvish"  atamasi  birinchi  bor 

Amerika  Qo‘shma  Shtatlarida  80  yillarning  boshlarida  narkotiklar  bilan 

savdo  qilish  hamda  undan  ko‘rilgan  foyda  shiddat  bilan  o‘sganligi 

munosabati  bilan  tilga  olinib,  nolegal  usullar  bilan  topilgan  pullarni 

legallashtirish ma'nosini anglatadi.2 

Ma'lumotlarga qaraganda faqatgina Amerika Qo‘shma Shtatlarida bir 

yilda  200  milliard  dollar  qiymatidagi  kapitallar  "yuviladi".  Dunyo 

                                                 

1

 Rajabova M. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash muammolari. -Toshkent.: O‘zbekiston, 2003.  



282-283-betlar. 

2

  Белов.Н.В.ЭПК(энциклопедя  преступлений  и  катастроф)  наркомафии.  Производство  и  распространение 



наркотиков. -Минск.: Современный литератор., 1998. С.67-68. 

 

30 


miqyosida  bu  son  100  milliarddan  500  milliardgacha  AQSH  dollarini 

tashkil  etadi.  Amerika  Qo‘shma  Shtatlari  Senati  huzuridagi  narkotik  va 

terrorizmga  qarshi  kurash  qo‘mitasining  ma'lumotlariga  asosan  dunyoda 

xar yili 320 dan 500 gacha milliard dollar "yuviladi".

1

 

Yuqoridan  ko‘rinib  turib  ki  giyohvandlik  vositalarini  va  psixotrop 



moddalarning  noqonuniy  aylanishiga  oid  huquqbuzarliklarni  xalqaro 

xarakterdagi  huquqbuzarlik  emas  ,  balki  xalqaro  jinoyat  deb  e'tirof  etish 

o‘rinlidir.  Bundan  yana  bir  maqsad  narkotik  va  psixotrop  moddalarning 

noqonuniy  aylanish  jinoyatida  davlatlarni  xalqaro  jinoyat  sub'ekti  sifatida 

xalqaro-huquqiy javobgarlikka tortishdir. 

Aynan  xalqaro  jinoyatlar  davlat  organlari  tomonidan  sodir  etilsa 

xalqaro  huquq  nuqtai  nazaridan  bu  jinoiy  xatti-harakat  davlat  o‘zining 

xatti-  harakatidir.  Shu  bois  aytish  mumkinki,  bunday  jinoyatlarda  bir  xil 

jinoyat  tarkibini  sodir  etib,  davlat  buning  oqibatida  kelib  chiqadigan 

xalqaro javobgarlik sub'ekti bo‘ladi. 

Agarda jinoiy aktlar jismoniy shaxslar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa 

va  davlat  tomonidan  bunday  aktlarning  oldini  olish  yoki  unga  barham 

berish  bo‘yicha  choralar  ko‘rilmasa-  bu  boshqa  holat.  Va  albatta,  uning 

xalqaro  majburiyatlarini  buzgan  aktlari  uchun  davlat  xalqaro-huquqiy 

javobgarlikka  tortiladi,  ammo  davlat  bu  holatda  ham  tegishli  jinoyat 

tarkibini  sodir  etmaydi.  Mazkur  holatda  ushbu  jinoyatlar  uchun  sub'ekti 

jismoniy  shaxslar  bo‘lib  ular  bilan  birga  xalqaro-huquqiy  javobgarlikka 

davlat ham tortilishi mumkin.

2

 

Xalqaro  jinoyatlarning  xalqaro  hamjamiyatga  nisbatan  o‘ta  ijtimoiy 



xavfliligini  munosabati  bilan  huquqbuzar  davlatga  nisbatan  nafaqat 

jabrlanuvchi  davlat,  balki  xalqaro  hamjamiyatning  har  bir  a'zosi  ya'ni 

davlatlar  va  xalqaro  tashkilotlar  e'tirozlarni  bildirishga  haqlidir.

3

 



Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining  Xalqaro  Sudi  1970-yil  6-fevral 

kunidagi  o‘z qarorida "orga omnes" tarzdagi, ijro etilishida butun xalqaro 

hamjamiyat  manfaatdor  bo‘lgan  majburiyatlar  mavjudligini  tan  oldi.  Bu 

majburiyatlarga  birinchi  navbatda  xalqaro  xavfsizlik  va  tinchlikni 

ta'minlashga qaratilgan majburiyatlar oiddir.

4

 



Ta'kidlash lozimki trasmilliy jinoiy faoliyatni amalga oshirish uchun 

jismoniy  shaxslar  aksariyat  xollarda  birlashib,  jinoiy  uyushma  sifatida 

                                                 

1

  Научно-практические  проблемы  международного  сотрудничества  в  борьбе  с  легализацией  доходов, 



полученных  от  преступной  деятельности.(Сравнительно-правовой  анализ  законодательства  РУз  и 

международных документов.) -Ташкент.: Asia Offset Print, 2003. -C.7. 

2

 Международное уголовное право. -Москва.: Наука, 1999. С.67. 



3

  Василенко  В.А  .Ответственность  государства  за  международные  правонарушения.  Киев.,  1976.  С124;  Курис 

П.М. Международные правонарушения и ответственность государств.-Вильнюс, 1973. С.63-64,135. 

4

 Тункин Т.И.Теория международного права. -Москва., 1970. С.474. 



 

31 


faoliyat  ko‘rsatadilar.  Til  biriktirishning  bu  o‘ta  xavfli  shakli  doimo 

mavjud  bo‘lib  kelgan.  Misol  tariqasida  SSSR  miqyosida  saksoningchi 

yillarning  oxirlarida  bir  yilga  yaqin  muddat  davomida  olib  borilgan 

operatsiya  natijasida  10.000  yaqin  aynan  narkotiklarning  noqonuniy 

savdosi  bilan  shug‘ullanuvchi  jinoiy  guruh  aniqlangan.Ulardan  20 

tonnadan ortiqroq narkotik va psixotrop moddalar tortib olinib, yo‘q qilib 

tashlangan.  400  gektarga  yaqin  maydondagi  ko‘knori  esa  o‘rib  olinib, 

yoqib yuborilgan.

1

 

Hozirgi  kunda  ham  narkotik  va  transmilliy  miqyosda  jinoiy  faoliyat 



olib borayotgan uyushmalarning soni muttasil tarzda oshib bormoqda. Ular 

giyohvandlik  moddalarning  muomalasi  ro‘y  berayotgan  mintaqalarni 

o‘zaro  bo‘lib  olib,  ularning  faoliyati  aniq  ishlab  chiqilgan  elementlardan 

tashkil  topgan  tizimda  namoyon  bo‘ladi.  Xususan  o‘z  tarkibida 

giyohvandlik 

moddalarni  qamrab  olgan 

o‘simliklarni  ekish  va 

parvarishlash, 

o‘simliklardan 

giyohvandlik 

moddalarni 

ishlab 


chiqish,tayyor  moddalarni  ulgurji  tarzda  sotib  olib,  dunyoning  turli 

nuqtasiga  etkazganidan  keyin  sotishdir.  Trasmilliy  uyushgan  jinoiy 

faoliyatga  ixtisoslashgan  uyushmalarning  "salohiyati"  g‘oyat  keng  va 

xavflidir.

2

 

Mazkur  jinoiy  uyushmalarning  mol-mulki  san-sanoqsiz  bo‘lib,  ular 



o‘z  faoliyatini  oshirish  uchun  barcha  zamonaviy  asbob-uskunalarga, 

samolyotlarga,  moliyaviy  mablag‘larga  egalar.  Kriminologik  jihatdan 

narkotizmga  ixtisoslashgan  xalqaro  ko‘lamdagi  jinoiy  uyushmalar 

quyidagi xususiyatlari bilan tavsiflanadi: 

-  yuqori  darajada  tashkillashtirilganligi,  uning  ishtirokchilari 

vazifalari aniq va qat'iy taqsimlanganligi; 

- belgilab qo‘yilgan ierarxiyaga asosan buysunuvchanlik

- obru hamda kuch bilan ta'minlanadigan ichki intizom; 

- pinhona faoliyatining yuqori darajada tashkil etilganligi; 

-  jinoiy  uyushmaning  bo‘lingan  guruhlari  bilan  yaqindan-yaqin 

aloqadorligi; 

-  turli  davlatlarda  jinoiy  uyushmaning  shu'balari  mavjudligi  va 

faoliyat ko‘rsatishi; 

- boshqa jinoiy tusdagi (pullarni qalbakilashtirish, kontrabanda, odam 

o‘ldirish kabi jinoyatlarni sodir etish bilan  shug‘ullanuvchilar va hokazo) 

bilan o‘zaro aloqadorligi va hamkorligi

                                                 

1

  ЭПК  (Энциклопедия  преступлений  и  катастроф)  наркомафии.Производство  и  распространение  наркотиков.-



Минск.: Современный литератор, 1988. С.9. 

2

 Гасанов Э.Г Наркотизм: тенденции и меры преодоления.-Москва.:ЮрИнфоР,1997.С.29. 



 

32 


- jinoiy guruh a'zolari turli millatlarga mansub bo‘lishi; 

-xohlagan maqsadga erishish uchun zo‘rlikdan foydalanishidir.

1

 

Uyushgan  jinoiy  faoliyatdan  foyda  olishga  ixtisoslashgan  mazkur 



jinoiy to‘dalarga xalqaro miqyosda zarba berish dolzarb vazifasidir. Bunda 

jinoiy  uyushmalarni  javobgarlikka  tortish  borasidagi  xalqaro-huquqiy 

mexanizmni  shakllantirish  taqozo  etiladi.  Transnatsional  uyushgan 

jinoyatchilikka  qarshi  kurash  to‘g‘risidagi  Konvensiyaning  10-moddasiga 

asosan  har  bir  ishtirokchi  davlat  o‘zining  huquqiy  tamoyillarini  hisobga 

olib, uyushgan jinoiy guruhlarga daxldor yuridik shaxslarning javobgarligi 

nazarda tutmog‘i darkor.

2

 



Bu  borada  ushbu  Konvensiyaga  qo‘shilmagan  har  bir  davlat 

qo‘shilish  tadbirlarini  ko‘rib,  o‘z  qonunchiligida  Giyohvandlik  vositalari 

va  psixotrop  moddalarning  noqonuniy  aylanishiga  daxldor  yuridik 

shaxslarni  javobgarlikka  tortishning  milliy-huquqiy  asoslarini  yaratishi 

shartdir.  

 


Download 428.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling