O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi, toshkent davlat yuridik instituti


Xalqaro jinoyatlarga qarshi kurash borasida davlatlar hamkorligi


Download 428.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana15.08.2020
Hajmi428.31 Kb.
#126464
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
xalqaro jinoyat huquqi


Xalqaro jinoyatlarga qarshi kurash borasida davlatlar hamkorligi 

 

Xalqaro jinoyatlar xalqaro huquqbuzarliklarning eng xavfli turlaridan 



biri  bo‘lib,  jahon  tinchligi  va  xavfsizligiga  jiddiy  tahdid  sifatida 

baholanadi.  Xalqaro  jinoyatlar  xalqaro  huquqbuzarliklar  sifatida  bir  qator 

xususiyatlarga  jumladan  butun  jahon  tinchligi  va  xavfsizligiga  qarshi 

qaratilgan  bo‘lishi,  xalqaro  jinoyatlarni  sodir  etganlik  natijasida  davlatlar 

bilan  bir  qatorda  davlat  rahbarlari  xalqaro  jinoiy  javobgarlikka  tortilishi, 

jazolash  mexanizmi,  nafaqat  milliy  yurisdiktsiya  doirasida,  balki  xalqaro 

adliya  organlari  faoliyati  bilan  bog‘liq  ekanligidan  kelib  chiqadi. 

Ma'lumki,  xalqaro  jinoyatlar  sirasiga  bugungi  kunda  genotsid,  agressiya, 

harbiy  jinoyatlar,  insoniyatga  qarshi  jinoyatlar  kiritilmoqda.

3

  Bugungi 



kunda  dunyoda  ro‘y  bergan  xalqaro  huquqqa  xilof  harakatlar,  jumladan 

Amerika  Qo‘shma  Shtatlarining  agressiya  harakatlarini,  dunyoning  turli 

burchaklarda  ro‘y  bergan  inson  huquqlarining  vahshiy  buzilishlari  (misol 

uchun  sobiq  Yugoslaviya  hududida)  xalqaro  jinoyatlarga  qarshi  kurash 

borasida davlatlar hamkorligini ta'minlash kun tartibida turgan eng dolzarb 

vazifalardan  biridir.  Zero,  xalqaro  jinoyatlardek  insoniyat  tinchiligi  va 

xavfsizligiga  jiddiy  tahdid  sifatida  vujudga  kelayotgan  tahdidga  barham 

berish samaradorligidan xalqaro huquqning amaliy ahamiyati belgilanadi. 

                                                 

1

 Гасанов Э.Г.Наркотизм:тенденции и меры преодоления. -Москва.: ЮрИнфоР, 1997. С.37. 



2

 Конвенция против транснациональной организованной преступности. Москва.: Норма-М. 2002. С.6. 

3

 Международное уголовное право. -М.: Наука, 1999. 



 

33 


Xalqaro jinoyatlarga qarshi kurash borasida davlatlar hamkorligidagi 

markaziy  muammolardan  biri  -  xalqaro  jinoyatlarga  bir  xil  tushuncha 

berish  va  xalqaro  jinoyatlar  sirasiga  kirgan  xalqaro  huquqbuzarliklar 

bo‘yicha  yagona  milliy  amaliyotni  shakllantirishdan  iborat.  Bir  qarashda, 

xalqaro  jinoyatlarga  ta'rif  beradigan  bir  qator  universal  konvensiyalar 

mavjud,  qolaversa,  xalqaro  jinoyatlarga  qarshi  kurash  masalalari  nafaqat 

umumbashariy  shartnomalar,  balki  mintaqaviy  hamkorlik  mexanizmlarda 

mustahkamlangan.  Ammo  bugungi  kunda  xalqaro  jinoyatlarni  sodir 

etganlik uchun jinoiy javobgarlikni ta'minlash masalasi turli muammolarga 

duch  kelmoqda.  Ana  shunday  muammolarning  asosiysi  -  davlatlar 

suvereniteti  va  insonparvarlik  aralashuvi  o‘rtasida  yagona  kelishuvga 

erishishdir. 

Ma'lumki, 

xalqaro 


huquq 

davlatlar 

tomonidan 

o‘z 


suverenitetining muayyan qismidan voz kechish va yagona huquqtartibotni 

yaratish  natijasida  vujudga  keladi.  Xalqaro  jinoyatlarga  qarshi  kurash 

borasidagi  davlatlararo  hamkorlikning  mazkur,  muhim  bir  yo‘nalishida 

qo‘yilgan  qadamlar  dunyoda  e'tirozlarni  vujudga  keltirmoqda.  Jumladan 

sobiq  Yugoslaviya  hududida  sodir  etilgan  inson  huquqlarining  vahshiy 

buzilishlari  bo‘yicha  ta'sis  etilgan  Tribunal  Xavfsizlik  Kengashi  qarori 

asosida  tashkil  etilgan  bo‘lib,  Kengashga  a'zo  bo‘lmagan  birmuncha 

davlatlarning 

e'tirozlariga 

sababchi 

bo‘lgan. 

Shuningdek, 

sobiq 

Yugoslaviya  hududida  sodir  etilgan  jinoyatlar  yuzasidan  ta'sis  etilgan 



Tribunal ichki milliy yuridiktsiya doirasida shaxslarni jinoiy javobgarlikka 

tortishni  istisno  etganligi  bois,  hatto  jinoiy  qonunchiligi  bir  muncha 

takomillashgan  xoldagi  davlatlar  suverenitetiga  asossiz  ravishda  zarar 

etkazganligining holati yo‘q emas.  

Bugungi  unda  xalqaro  jinoyatlarga  qarshi  kurash  borasida  davlatlar 

suvereniteti  va  xalqaro  huquq  doirasidagi  aralashuv  bo‘yicha  barcha 

davlatlarni  qanoatlantiradigan  kontseptsiya  mavjud  emasligi  Xalqaro 

Jinoyat  sudi  Statuti  jahonning  aksariyat  davlatlari  tomonidan  ratifikatsiya 

qilinmaganligida  ko‘rinadi.  Xalqaro  jinoyat  sudi  yurisdiktsiyasi  milliy 

yurisdiktsiya  doirasida  oliy  mansabdor  shaxslarni  jinoiy  javobgarlikka 

tortish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda ishga tushishi belgilangan. Xalqaro 

jinoyat  sudi  Statutida  xalqaro  jinoyatlarning  sirasi  eng  mukammal  tarzda 

mustahkamlangan  bo‘lib,  xalqaro  jinoyatlarni  davlatlar  qonunchiligini 

birxillashtirish  imkoniyatini  beradi.  Bugungi  kunda  Xalqaro  jinoyat  sudi 

Statuti  barcha  davlatlar  tomonidan  ratifikatsiya  qilinmaganligi  xalqaro 

jinoyatlarga  qarshi  kurash  borasidagi  davlatlar  hamkorligining  muhim 

maqsadlaridan  biri  -  jazo  muqarrarligini  ta'minlashni  chippakka 

chiqarmoqda.  



 

34 


Xalqaro  jinoyatlarga  qarshi  kurash  borasida  davlatlar  hamkorligini 

ta'minlash  sohasida  markaziy  muammo  xalqaro  jinoyatlar  sirasiga 

kiradigan  xalqaro  huquqbuzarliklarining  turlarini  aniqlashdir.  Bu  borada 

turlicha  talqinlar  mavjud  ekanligini  e'tirof  etish  lozim.  Xalqaro  jinoyatlar 

qarshi  kurash  bo‘ycha  bir  qator  xalqaro  shartnomalar  tuzilib,  ularda 

hamkorlikning  turli  qirralari  shu  jumladan  xalqaro  jinoyatlarga  yagona 

ta'rif berish masalalari ham nazarda tutilgan. Ammo bugungi unda xalqaro 

jinoyatlarni  kodifikatsiyalash  jarayonlari  og‘ir  kechmoqda.  Jumladan, 

Insoniyat  tinchligi  va  xavfsizligiga  qarshi  jinoyatlar  kodeksida  xalqaro 

jinoyatlar sirasiga agressiya, genotsid, harbiy jinoyatlar, insoniyatga qarshi 

jinoyatlar  bilan  birga  giyohvandlik  vosialari  va  psixotrop  moddalarning 

noqonuniy  aylanishi  kiritgan.  Giyohvandlik  vositalari  va  psixotrop 

moddalarning 

noqonuniy 

aylanishi, 

pornogorafik 

materiallarning 

muomalasi  xalqaro  xarakterdagi  jinoyat  sifatida  milliy  yurisdiktsiya 

doirasida  ta'qib  etilayotganligini  hisobga  olgan  holda,  mazkur  kodeks 

hanuz loyiha tariqasida qolayotganligining sabablari o‘z-o‘zidan ayon. 

Taassufki,  xalqaro  jinoyatchilikka  qarshi  kurash  borasidagi 

muammolar  muqarrar  ravishda  nafaqat  xalqaro-huquqiy  normalar 

ro‘yobga  chiqish  sur'atlarini  chippakka  chiqaradi,  balki  institutsional 

mexanizmlar faoliyatini samaradorligiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Ma'lumki, 

oxirgi  paytlarda  jahon  hamjamiyati  tinchligi  va  xavfsizligini  saqlashda 

asosiy  qalqon  bo‘lgan  Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  faoliyati  bir  qator 

muammolarga  duch  kelmoqda.  Birinchi  navbatda  mazkur  muammolar 

BMTning  mojarolarni  oldini  olish  va  ularga  barham  berish  bilan  bog‘liq. 

Pirovard  natijada,  oldi  olinmagan  mojaro  uyushgan  jinoyatchilikning 

uyasiga  aylanadi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov 

ta'kidlaganlaridek,  "Mintaqa  mojarolari  tobora  tez-tez  terrorizm  va 

zo‘ravonlik,  narkobiznes  va  g‘ayriqonuniy  qurol,  savdosi  inson 

huquqlarini  ommaviy  ravishda  buzish  kabi  xatarli  xavflar  va 

harakatlarning doimiy manbaiga aylanmoqda".

1

  

Fikrimizcha, xalqaro jinoyatlarga barham berish borasidagi davlatlar 



hamkorligining 

mexanizmlarini 

takomillashtirishda, 

ushbu 


mexanizmlarining nafaqat muayyan bir qirrasiga, uning butun bir yaxlitligi 

takomillashtirilish lozim. Shu bilan bir qatorda, xalqaro jinoyatlarga qarshi 

kurash  borasida  e'tiborga  sazovorli  jihatlaridan  biri  -  xalqaro-huquqiy 

asoslar  bilan  birga  tegishli  institutsional  tuzilmalar  faoliyatini  yanada 

takomillashtirishdir.  Birinchi  navbatdagi  takomillashtirish  Birlashgan 

Millatlar  Tashkiloti  faoliyati  bilan  bog‘liq  bo‘lishi  lozim.  Yalpi 

                                                 

1

 Karimov I. Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi.T. B. -T.: O‘zbekiston. 1997. 250 b. 



 

35 


xavfsizlikning mintaqaviy tizimi doirasida xalqaro tinchlik va xavfsizlikni 

ta'minlash,  quyidagilarga  rioya  etgan  holda  amalga  oshirilishi  lozim: 

mintaqaviy miqyosdagi sa'i-harakatlar BMTning Maqsad va Printsiplariga 

mos  kelishi  kerak,  ushbu  mintaqa  doirasida  amalga  oshirilib,  uning 

chegarasidan chiqib ketmasligi lozim, majburlov choralari faqat Xavfsizlik 

Kengashining  roziligi  bilan  amalga  oshirilishi  mumkin,  mintaqadagi 

davlatlar  o‘rtasidagi  nifoqlar  faqat  tinch  yo‘llari  bilan  hal  qilinishi  kerak, 

Xavfsizlik  Kengashi  mintaqada  amalga  oshirilayotgan  barcha  sa'i-

harakatlar  to‘g‘risida  doimo  xabardor  bo‘lishi  shart,  mintaqa  miqyosidagi 

sa'i-harakatlar yalpi xavfsizlikning universal tizimiga mos bo‘lishi lozim. 

Terrorizmga  qarshi  kurashda  yalpi  xavfsizlikni  ta'minlashning 

universal  tizimi  doirasida  qurolli  kuchdan  foydalanish  Amerika  Qo‘shma 

Shtatlarida  sodir  etilgan  qo‘poruvchilik  harakatlaridan  so‘ng,  Xavfsizlik 

Kengashi  ruxsati  bilan  amalga  oshirilgan.  Aksilterror  koalitsiyasi 

tomonidan  Afg‘onistondagi  terrorchilik  faoliyatiga  barham  berish 

maqsadida  harbiy  harakatlar  uyushtirilib,  ushbu  davlatdagi  "Al-Qoida" 

xalqaro terroristik tashkilotining ochiqdan-ochiq faoliyatiga barham berildi 

hamda terrorchilarni tayyorlashga qaratilgan maskanlar yo‘q qilindi. 

Sobiq 

sovet 


respublikalari 

ittifoqi 

hududida 

terrorchilikka 

moslashgan  ekstremistik  tusdagi  guruhlar  faoliyati  avjiga  chiqib,  ushbu 

guruhlar, 

asosan, 

tog‘li 


hududlarda 

makon 


topib 

tayyorgarlik 

ko‘rmoqdalar.  Shu  munosabat  bilan  Mustaqil  Davlatlar  Hamdo‘stligida 

ishtirok  etuvchi  davlatlar  faqat  o‘zaro  huquqiy  masalalarda  yordam 

ko‘rsatish  bilan  cheklanmasdan,  harbiy  kuchlarni  jalb  etgan  holda 

terrorchi-guruhlarni  yo‘q  qilishga  qaratilgan  kompleks  operatsiyalarni 

amalga oshirishni taqozo etib turibdi. 

Davlatlarning  ichki  ishlariga  aralashmaslik  tamoyilini  ta'minlash 

borasida  Birlashgan  Millatlar 

Tashkiloti 

samaradorligini 

yanada 


yuksaltirish  borasida  navbatdagi  chora  Xavfsizlik  Kengashi  tashabbusi 

bilan amalga oshiriladigan tinchlikparvar operatsiyalarni o‘tqazish tartibini 

tegishli  huquqiy  hujjatda  batafsillashtirish  lozim.  Ma'lumki,  Xavfsizlik 

Kengashi 

tashabbusi 

bilan 


amalga 

oshirilayotgan 

tinchlikparvar 

operatsiyalarni  huquqiy  jihatdan  batafsil  tartibga  soladigan  hujjat  mavjud 

emas.  Ammo  bu  borada  davlatlarning  xalqaro  huquqiy  tashabbuskorligi 

to‘xtovsiz  yuz  bermoqda.  Loyihalarning  biri  Rossiya  Federatsiyasi 

tomonidan  taklif  etilgan  bo‘lib,  unda  tinchlikni  saqlash  va  insonparvarlik 

yordamini  ko‘rsatish  bo‘yicha  Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining 

mandatini  aniq  belgilash,  tinchlikparvar  kuchlarning  o‘z  o‘zini  mudofaa 

qilish huquqi, tinchlikparvar operatsiyalarning tegishli me'yorlar jumladan 



 

36 


betaraflik,  xolisonalik,  mojaro  taraflari  bo‘lgan  davlatlarning  ichki 

ishlariga  aralashmaslik  tamoyillari  belgilandi.

1

  Nazarimizda,  Birlashgan 



Millatlar  Tashkiloti  Xavfsizlik  Kengashi  tomonidan  tinchlikparvar 

operatsiyalarning  amalga  oshirilishini  mustahkamlaydigan  xalqaro 

huquqiy  hujjatning  ishlab  chiqilishi  davlatlarning  ichki  ishlariga 

aralashmaslik  tamoyilining  ta'minlanishini  yanada  yuksak  darajaga 

ko‘taradi. 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasida davlatlarning ichki ishlariga 

aralashmaslik tamoyilini ta'minlash borasida eng muhim qadamlaridan biri 

Xavfsizlik  Kengashini  isloh  qilishdir.  Davlatlarning  ichki  ishlariga 

aralashmaslik  tamoyilining  ijro  amaliyotga  tatbiq  etish  mexanizmini 

takomillashtirish  ehtiyoji,  fikrimizcha,  Xavfsizlik  Kengashi  tarkibi 

zamonaviy  geosiyosiy,  geoijtimoiy  xaritaning  real  sharoitiga  mos 

kelmaganligidan  kelib  chiqadi.  Darhaqiqat  yurtboshimiz  I.A.Karimov 

ta'kidlaganidek  "Bizning  nazarimizda,  vujudga  kelgan  sharoitda  insoniyat 

taraqqiyotini 

chigallashtirib 

yuborishi 

mumkin 

bo‘lgan 


yangi 

mojarolarning  oldini  olishda  ayni  BMT  asosiy  vosita  bo‘lishi  kerak.  Shu 

munosabat bilan BMTning eng muhim organi-Xavfsizlik Kengashi hozirgi 

dunyoning  ijtimoiy-iqtisodiy,  etnik-madaniy,  diniy,  ma'naviy  jihatdan 

g‘oyat  hilma-hilligini  bab-baravar  tarzda  aks  ettirishi,  o‘zining  tarkib 

topgan  konservativ  tuzilmasini  qayta  ko‘rib  chiqishi  uchun  ham  samarali 

choralar ko‘rish zarurati etildi".

2

 



Ma'lumki,  Xavfsizlik  Kengashi  o‘n  besh  a'zo-davlatlardan  tashkil 

topgan.  Xitoy  Xalq  Respublikasi,  Frantsiya,  Rossiya,  Buyuk  Britaniya  va 

Shimoliy  Irlandiya  Qo‘shma  Qirolligi  va  Amerika  Qo‘shma  Shtatlari 

Xavfsizlik  Kengashining  doimiy  a'zosi  bo‘lib,  boshqa  o‘nta  a'zosi  Bosh 

Assambleya  tomonidan  BMT  a'zolaridan  sayladi  va  saylovda  BMTning 

maqsadlariga  erishishda  nechog‘lik  qatnashganligiga  hamda  adolatli 

jug‘rofiy  taqsimotga  e'tibor  beriladi.  Bugungi  kundagi  taqsimotga  ko‘ra, 

Osiyo  va  Afrika  davlatlardan  -  5,  Sharqiy  Evropa  -  1,  Lotin  Amerika  va 

Karib  Dengizidan-2,  G‘arbiy  Evropadan,  Kanada,  Yangi  Zelandiya  va 

Avstraliyadan-2 a'zo saylanishi lozim.

3

 

Bizningcha, Xavfsizlik Kengashining zikr etilgan tarkibi quyidagicha 



isloh  qilinishi darkor  :  a)  doimiy  a'zolarning  sonini  10  gacha  kengaytirib, 

ularga  islom  davlatlari,  Hindiston  hamda  Lotin  Amerika  va  Karib 

dengizidagi  davlatlarni  qo‘shish  maqsadga  muvofiq;  b)  muvaqqat 

                                                 

1

 DocUn.Ac.182/L189/Add.2.Corr.1. 



2

 Karimov I.A.Bizdan ozod va obod Vatan qolsin.T.2.-T.:O‘zbekiston,1996.56-57-b 

3

 Международное публичное право.-М.:Проспект,1999.-С.309. 



 

37 


a'zolarining  jug‘rofiy  taqsimotini  saqlab  qolgan  holda,  ularning  sonini 

kamida  ikki  baravarga  oshirish;  v)  Xavfsizlik  Kengashi  a'zoligiga  nufuzli 

xalqaro hukumatlararo tashkilotlarni ham kiritish lozimdir.  

Xulosa  tariqasida  e'tirof  etish  kerakki,  davlatlarning  ichki  ishlariga 

aralashmaslik  tamoyilining  zamonaviy  dinamikasi  jahon  hamjamiyati 

oldida  yangi  muammolarni  ko‘ndalang  qilib  qo‘ymoqda.  Ushbu 

muammolar  xalqaro  terrorizm  illati  kuchayib  borishiga  monand  chora 

ko‘rish  zarurligi,  tinchlikparvar  operatsiyalarni  tartibga  solishga  ehtiyoj, 

dunyoda 

ikki 


mafkuralarning 

tizimi 


qarama-qarshiligi 

bilan 


ta'minlanadigan  xalqaro  huquq  ijrosidagi  muhim  omilga  barham 

berilganligi  bilan  izohlanadi.  Shu  sababli  nazarimizda,  Birlashgan 

Millatlar  Tashkilotining  jahonda  tinchlik  va  xavfsizlikni  ta'minlashda 

universal organ maqomini saqlab qolgan holda, uning tarkibini isloh qilish 

maqsadga  muvofiqdir.  Zero,  ana  shu  islohotlar  hozirgi  kunda  dunyo 

xaritasida  shakllangan  davlatlarning  siyosiy,  iqtisodiy  va  boshqa  tusdagi 

qudratini aniq ifoda etishi lozim. 

 

Xalqaro xarakterdagi jinoyatlarga qarshi kurash sohasida davlatlar 



hamkorligi 

 

Xalqaro  xarakterdagi  jinoyatlar  xalqaro  huquqbuzarlikning  bir  turi 



bo‘lib,  ularning  xalqaro  jinoyatlardan  farqi,  ikki  va  undan  ortiq  davlatlar 

manfaatlariga  zid  kelishidir.  Ularga  qarshi  kurash  borasidagi  davlatlar 

hamkorligini  tashkil  etish  o‘ziga  xos  xususiyatlarga  ega  bo‘lib,  aksariyat 

holatlarda tegishli konvensiyalar asosida amalga oshiriladi. Ularni xalqaro-

huquqiy 

asosda 


ta'riflashda 

ham 


konvensiyaviy 

mexanizmdan 

foydalaniladi.  Misol  sifatida  Noqonuniy  daromadlarni  legallashtirishga 

qarshi  kurash  borasida  tuzilgan  dastlabki  xalqaro-huquqiy  xujjat

1

  -


Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga 

qarshi  kurash  to‘g‘risidagi  Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining  1988  yilgi 

Konvensiyasi hisoblanadi.

2

 



Ushbu 

Konvensiyada 

giyohvand 

vositalari 

va 

psixotrop 



moddalarning  noqonuniy  aylanishi  natijasida  ko‘rilgan  daromadlarni 

legallashtirish holatlari "jinoyat" deb e'tirof etildi va unga ta'rif berildi. 

                                                 

1

  Иванов  Э.А.Отмывание  денег  и  правовое  регулирование  борьбы  с  ним.-М.:  Российский  юридический 



издательский дом.1999.-С.176. 

2

  Конвенция  Организации  Объединённых  Наций  о  борьбе  с  незаконным  оборотом  наркотических  средств  и 



психотропных  веществ.1988.  Организация  Объединённых  Наций.  Нью  Йорк.1991.-  Сўнг  сноскасиз  берилади-

муаллиф. 



 

38 


Jumladan  mazkur  Konvensiyaning  3-moddasiga  binoan  qo‘iydagi 

xatti-harakatlar jazolanadigan jinoyat deb e'tirof etilishi lozim edi: 

"...v)  (i)  ushbu  bandning  "a"  qismida  huquqbuzarliklar  deb  e'tirof 

etilgan  xatti-harakatlarni  sodir  etish  natijasida  yoxud  ularda  ishtirok  etish 

natijasida  orttirilgan  mulkning  noqonuniy  manbaini  yashirish  yoki  ushbu 

huquqbuzarlik  yoki  huquqbuzarliklarni  sodir  etishga  qatnashgan  shaxsga 

yordam  berish  maqsadida  javobgarlikdan  qochish  imkoniyatini  yaratib 

berish maqsadini ko‘zlab, shunday mulkni o‘tqazish yoki konversiya; 

(ii)  ma'lum  mulk  ushbu  bandning  "a"  qismida  nazarda  tutilgan 

huquqbuzarlik  yoki  huquqbuzarliklarni  sodir  etish  yoxud  ularda  ishtirok 

etish  natijasida  orttirilganligi  ayon  bilan  holda  ushbu  mulkka  oid 

huquqlarga,  asl  tavsifiga,  manbasiga,  joylashishiga,  o‘tqazilishiga, 

tegishliligiga oid axborotlarni yashirish 

s)  davlatlar  huquqiy  tizimining  asosiy  tamoyillarini  hamda 

konstitutsiyaviy talabalarni hisobga olib: 

mazkur  bandning  "a"  qismida  nazarda  tutilgan  huquqbuzarlik  yoki 

huquqbuzarliklarni  sodir  etish  natijasida  mulkning  orttirilganligi  ayon 

bo‘lgan holatda ushbu mulkdan foydalanish,egalik qilish yoki sotib olish; 

(iv)  huquqbuzarlikni  yoki  huquqbuzarliklarni  sodir  etish  maqsadida 

til  biriktirish  jarayonida  ishtirok  etish,unga  daxldor  bo‘lish  yoxud  unda 

qatnashish,  huquqbuzarlik  yoki  huquqbuzarliklar  sodir  etilishiga  suiqasd 

qilish,  shuningdek  ko‘mak  berish,  dalollik  qilish,  ularni  sodir  etish 

bo‘yicha maslahat berishdir." 

Ushbu Konvensiyaning 5-moddasi 1-bandi bo‘yicha "Har bir tomon: 

a) 3-moddasining 1-bandiga binoan huquqbuzarlik deb e'tirof etilgan 

qilmishlarni  sodir  etish  natijasida  ko‘rilgan  daromadlarni  yoxud  ushbu 

daromadlar  qiymatiga  mos  mulkni  musodara  qilish  bo‘yicha  zarur  chora 

tadbirlarni ko‘radi" 

Noqonuniy  daromadlarga,  jumladan  giyohvandlik  vositalari  va 

psixotrop  moddalarining  noqonuniy  aylanishi  natijasida  ko‘rilgan 

daromadlarni  legallashtirish  xalqaro  xususiyat  kasb  etar  ekan,  bunda 

davlatlarning o‘zaro huquqiy yordamini mukammal yo‘lga qo‘yish g‘oyat 

muhimdir. 

Konvensiyaga  binoan  "So‘rov  qilayotgan  Tomon  yoki  mustaqil 

so‘rayotgan  Tomon  chiqarilgan  qarorga  binoan  musodara  qilinishi  lozim 

bo‘lgan  daromadlarni,  vosita  va  ashyolarni,  ushbular  joylashgan  davlat 

ularni  musodara  qilishi  uchun  huquqiy  yordam  ko‘rsatish  chog‘ida  jinoiy 

faoliyatdan  ko‘rilgan  daromadlarni  aniqlaydi  va  ularga  nisbatan  "arest" 



 

39 


chorasini  ko‘rishi  shartdir."  (Konvensiyaning  5-moddasi  4-bandi  "a",  "b" 

kismlari). 

Har  bir  huquqiy  hujjatning  xalqaro  munosabatlarda  hamkorlikni 

o‘rnatishda yutuqli jihati shuki, u o‘z yo‘nalishida a'zo-davlatlarning milliy 

qonunchiligida  yagona  yondashuvlarni  shakllantirib,  xalqaro  maydondagi 

ma'lum  muammoli  hodisaga  nisbatan  yalpi  siyosat  olib  borilishini 

ta'minlaydi.  Shu  jumladan  ham  giyohvandlik  vositalari  va  psixotrop 

moddalarning  noqonuniy  aylanishiga  qarshi  kurash  to‘g‘risidagi 

Konvensiyada ham xalqaro hamkorlik me'yorlari berib o‘tilishi bilan birga, 

bir  xil  ma'noni  anglatishi  lozim  bo‘lgan  atamalarning  ta'riflanishi 

davlatlarning  milliy  qonunchiligini  birhillashtirish  maqsadini  ko‘zlagan 

choradir.  

Ushbu  Konvensiyada  noqonuniy  daromadlarni  legallashtirishga 

qarshi  kurash  borasida  ham  bir  necha  atamalar  berib  o‘tilib,  jumladan 

ushbu hujjatning 1-moddasiga binoan: 

"...r)  "Daromadlar"  3-moddaning  1-bandiga  binoan  huquqbuzarlik 

deb  e'tirof  etilgan  qilmishning  sodir  etilishi  natijasida  bevosita  yoki 

bilvosita orttirilgan har qanday mulk

 q)  "mulk"  his  etish  mumkin  yoki  mumkin  bo‘lmagan,  ko‘chadigan 

yoki  ko‘chmas  moddiy  yoki  nomoddiy  xarakterdagi  har  qanday  aktivlar, 

shuningdek  ularda  ishtirok  etish  yoxud  ularga  bo‘lgan  huquqni 

tasdiqlovchi yuridik xujjatlar; 

e)  "xarakatdan  to‘xtatish"  yoki  "arest  qilish"-  vakolatli  organ  yoxud 

sud  tomonidan  chiqarilgan  qarorga  binoan  mulkning  olib  o‘tilishini, 

konversiyasini joylashtirilishini,  o‘tqazilishini vaqtinchalik to‘xtatish yoki 

vaqtinchalik arest yoyinki mulkiy nazorat ostiga olish; 

f) "musodara qilish"- sud yoki boshqa vakolatli organnning qaroriga 

binoan  tegishli  holatlarda  mulkni  olib  qo‘yish,  undan  butunlay  mahrum 

qilishni o‘z ichiga oladi". 

Chunonchi,  1990  yil  8  noyabr  kuni  imzolash  uchun  ochiq  deb  e'lon 

qilingan  "Noqonuniy  faoliyat  natijasida  ko‘rilgan  daromadlarni  musodara 

qilish, olib qo‘yish, aniqlash hamda oshkoralashtirish to‘g‘risida"gi Evropa 

Konvensiyasining  6-moddasida  belgilanishicha  "qo‘yidagilar,  noqonuniy 

daromadlarni yuvish ma'nosini anglatadi:

1

 

a)  konversiya  yoki  muyyaan  moddiy  qimmatliklarning  jinoyat 



natijasida 

orttirilganligi 

ayon 

bo‘lgan 


holatda 

ushbu 


moddiy 

                                                 

1

  Европейская  Конвенция  об  отмывании,  выявлении,  изъятии  и  конфискации  доходов  от  реступной 



деятельности// Сборник документов Совета Европы в области защиты прав человека и борьбы спреступностью/ 

Сост. Москолькова Т.С. и др.-М.:Спарк.1998-С.168-184.-Сўнг сноскасиз берилади-муаллиф. 



 

40 


qimmatliklarning  noqonuniy  kelib  chiqishini  yashirish  yoki  asosiy 

huquqbuzarliklarni sodir etishga dahldor shaxsga o‘zining xatti-harakatlari 

uchun yuridik oqibatlardan holi bo‘lish sharoitini yaratib berish maqsadida 

muayyan shaxs(lar) tomonidan moddiy qimmatliklarning o‘tqazilishi; 

b)  moddiy  qimmatliklarning  jinoyat  sodir  etilish  natijasida 

orttirilganligi  ayon  bo‘lgan  holatda  huquqbuzar  tomonidan  moddiy 

qimmatliklarning  asl  tegishliligini,  harakatlanishini,  kelib  chiqishini 

yashirish yoxud bunga oid axborotlarni noaniq berish

v)  moddiy  qimmatliklarning  jinoiy  yo‘llar  bilan  orttirilganligi  ayon 

bo‘lgan holatda moddiy qimmatliklarning sotib olishi, egalik qilish yoxud 

ulardan foydalanishdir." 

Mazkur 


Konvensiya 

giyohvandlik 

vositalari 

va 


psixotrop 

moddalarning  noqonuniy  aylanishiga  qarshi  kurash  to‘g‘risidagi 

Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining  1988-yilgi  Konvensiyasi  a'nanalarini 

davom  ettirib,  o‘zaro  huquqiy  yordamga  oid  masalalar  (7,9,12,18-

moddalar), musodara qilish choralarini ta'minlashga oid masalalar ( 11-17-

moddalar),  bank  sirini  ro‘kach  qilib,  huquqiy  yordam  ko‘rsatishni  rad 

qilish 

mumkin 


emasligi 

haqidagi 

talablarni 

(4,18-moddalar) 

mustahkamladi. 

Yoki 


misol 

uchun 


Giyohvandlik 

vositalari 

va 

psixotrop 



moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash to‘g‘risidagi 1988 yilgi 

Konvensiyasining  taraqqiy  ahamiyati  shuki,  unda  narkotiklarning 

noqonuniy  muomalasiga  oid  bir  necha  jinoiy  tarkiblar  mustahkamladi 

jumladan: 

1. 

Giyohvandlik  vositalari  va  psixotrop  moddalar  tayyorlash 



uchun  mo‘ljallangan  jihozlar  uskunalar,  ashyolar,  va  vositalarni 

tayyorlash,  ko‘chirib  o‘tqazish  yoki  tarqatish,  narkojinoyatlikni  tashkil 

etish, rahbarlik qilish yoki moliyaviy ko‘mak berish; 

2. 


Mazkur  Konvensiyada  nazarda  tutilgan  qonunchilikni  buzish 

asosida  ko‘lga  kiritgan  xususiy  mulkni  birovga  o‘tqazish  urinish  yoki 

shunday tarzda qonunbuzarlik sodir etgan shaxsga javobgarlikdan qochishi 

uchun sharoit yaratib berish; 

3. 

Narkojinoyatlikda  ishtirok  etgani  oqibatida  qo‘lga  kiritilgan 



mulkning asli manbaini yashirish; 

4. 


Xususiy  mulkni  olish,unga  egalik  qilish,agar  uni  tasarrufiga 

olgan  chog‘ida  bu  mulk  narkojinoyatchilik  oqibatida  yoki  shunday  ishga 

aralashishi oqibatida ko‘lga kiritilganligi ma'lum bo‘lsa; 


 

41 


5. 

Narkojinoyatga  yoki  giyohvandlik  vositalari  va  psixotrop 

moddalarni  noqonuniy  qo‘lga  kiritishga  oshkora  undash  yoinki  shunday 

ishga rag‘bat o‘yg‘otish; 

6. 

Narkojinoyat sodir etish uchun til biriktirish, bu ishda bevosita 



yoki  bilvosita  ishtirok  etish,  shunday  qonunbuzarlikni  amalga  oshirishga 

maslahat berish, narkojinoyatni sodir etishga urinish. 

Bugungi  kunda  xalqaro  xarakterdagi  jinoyatlarga  ta'rif  berishdagi 

umumiy  muammo  xalqaro  terrorizm  tushunchasi  hanuz  ishlab 

chiqilmaganligidir.  A.N.  Trayninning  e'tirof  etishicha:  "aynan  ushbu 

jinoyat  tarkibi  ya'ni  terrorizm,  rivojlangan  davlatlarda  jinoiy  qonunchilik 

sohasida  birhillashtirish  jarayonlariga  doir  avjiga  chiqayotgan  faollikning 

markaziy  muammosidir".

1

  Terrorizm  mohiyati  shu  qadar  murakkabki, 



xalqaro  hamjamiyat  tomonidan  terrorizmning  yagona  ta'rifini  xalqaro-

huquqiy  mustahkamlab  qo‘yishning  iloji  bo‘lmayapti.  Davlatlar  o‘rtasida 

mazkur  masala  bo‘yicha  o‘zgacha  yondashishi,  shuningdek  xalqaro 

terrorizm tom ma'nodagi umumbashariy ahamiyatdagi muammo ekanligini 

shunchaki  bayonot  tarzida  e'tirof  etib,  amalda  esa  zarur  choralar 

ko‘rimasligining  oqibatida,  xalqaro  terrorchilikka  qarshi  kurashning 

tizimlashtirilmaganligi  va  tarqoq  tarzda  olib  borilishiga  olib  keldi. 

Darhaqiqat,  "terrorizmning  davlatlararo  darajadagi  umumiy  yagona 

ta'rifini ishlab chiqish bir qator sub'ektiv va ob'ektiv omillar bilan bog‘liq 

masaladir.  Ob'ektiv  omillarga  aksariyat  davlatlar  tomonidan  milliy 

xavfsizlikning  turlicha  tushunilishi,  terrorizm  va  uning  turlari  haqidagi 

tassavurlarida  tafovutlarning  mavjudligi  kirsa,  sub'ektiv  omillarni  ba'zi 

davlatlar  tomonidan  terrorizm  va  uning  yashirin  aloqalarga  batamoman 

to‘siq  bo‘luvchi  qat'iy  choralardan  foydalanishni  xohlamaslik  tashkil 

qiladi".

2

 



Xalqaro  xarakterdagi  jinoyatlarga  qarshi  kurashda  davlatlar 

hamkorligini  tashkil  etish  borasidagi  muhim  xususiyat,  mazkur  kurashni 

muvofiqlashtirib boradigan maxsus organning mavjudligidir. Misol uchun 

hozirgi kunga kelib, Birlashgan Millatlar tashkiloti doirasida giyohvandlik 

vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash 

borasida bir qator universal hujjatlar qabul qilinib, quyidagi tuzilmalardan 

tashkil topgan institutsional tizim faoliyatini ko‘rsatmoqda. 

1. 


Narkotik vositalar bo‘yicha komissiya 

2. 


Narkotik vositalar ustidan nazorat o‘rnatish xalqaro komiteti 

                                                 

1

 Трайнин А.Н. Защита мира и уголовный закон.-М.: Наука,1969.-С.40. 



2

 Морозов Г.И. Междунарожный терроризм // Государство и право.1997.№1.-С.73. 



 

42 


3. 

Narkotik  vositalar  ustidan  xalqaro  nazorat  o‘rnatish  yuzasidan 

BMT dasturidir. 

Narkotik vositalar bo‘yicha komissiyadir.

1

 

Komissiyaning quyidagi vazifalari mavjud: 



1) giyohvandlik  moddalarga  tegishli  xalqaro  huquqiy  hujjatlarning 

amalga  oshirilishini  kuzatadi,  jahonda  giyohvandlik  vositalari  ustidan 

nazorat  ahvolini  tahlil  qilishda  iqtisodiy  va  ijtimoiy  kengashga 

ko‘maklashish; xalqaro nazoratni kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar beradi; 

2) giyohvandlikka oid ilmiy izlanishlarni rag‘batlantiradi va davlatlar 

o‘rtasida tegishli ma'lumotlarni ayirboshlashni tashkil etadi; 

3) Millatlar  Ligasi  maslahat  komitetining  vorisi  sifatida  oliy  va 

boshqa xavfli narkotiklarni tranzit olib o‘tish xavfsizligini kuzatadi

4) giyohvandlik  vositalari  va  psixotrop  moddalarning  noqonuniy 

aylanishiga  qarshi  kurash  borasida  xalqaro-huquqiy  hujjatlar  loyihasini 

tuzadi; 

5) giyohvandlik  vositalari  usulidan  xalqaro  mexanizmga  zarur  har 

qanday o‘zgarishni ko‘rib chiqadi; 

6) BMT doirasidagi narkotiklarni nazorat qilish dasturi strategiyasini 

belgilab berib, uning faoliyatini nazorat qiladi. 

7) Iqtisodiy  va  ijtimoiy  kengashning  qarorlariga  muvofiq  boshqa 

vazifalarni ham bajarishi mumkin. 

Komissiya faoliyatida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalari 

noqonuniy  aylanishiga  qarshi  kurashga  oid  xalqaro-huquqiy  hujjatlarni 

joriy  etish,  shuningdek  ilmiy  tadqiqot  dasturlarni  hamda  ma'lumotlarni 

ayirboshlash  borasida  tavsiyalar  muhim  rol  o‘ynaydi.  Mazkur  tavsiyalar 

giyohvandlik  va  psixotrop  moddalarni  o‘z  tarkibida  qamrab  olgan 

o‘simliklarni etishtirilishi mustahkam tus olgan mamlakatlarga yuqoridagi 

o‘simliklar  etishtiriladigan  maydonlarni  topadigan  ilg‘or  razvedka 

texnologiyalardan  foydalanish  imkoniyatini  yaratib  berish  hamda  ushbu 

mamlakatlarda  dehqonlar  amaldagi  qonunlarga  xilof  bo‘lmagan  qishloq 

xo‘jalik  faoliyati  bilan  shug‘ullanish  uchun  shart-sharoit  yaratib  berish; 

giyohvandlik  va  psixotrop  moddalarning  noqonuniy  ishlab  chiqarilishi 

hamda  tarqatilishiga  qarshi  kurash  choralarini  dunyoda  odil  xalqaro 

tartibotni  qaror  toptirish  maqsadida  "uchinchi  dunyo"  davlatlariga  milliy 

iqtisodni  barqarorlashtirishga,  yordam  berish  qishloq  xo‘jaligini  hamda 

sanoatning  odatdagi  eksport  tarmoqlarini  rivojlantirish,  giyohvandlikni 

                                                 

1

 http p// W.W.W. ecad. Ruloon-kom 2 doc. Адмикина Т.А., Маднов И.С., Сергеев А.Н. «Международно-правовое 



регулирование отношений в сфере незаконного производства наркотиков». 

 

43 


davolash va oldini olishga qaratilgan dasturlarga birinchi navbatda e'tibor 

berish mazmunidagi tavsiyalardir. 

Bugungi  kunda  xalqaro  xarakterdagi  jinoyatlarga  qarshi  kurashda 

davlatlar  hamkorligi  shakllarini  takomillashtirishda  birinchi  navbatda 

o‘zaro  uyg‘un  faoliyatini  yo‘lga  qo‘yish  lozim.  Ana  shundan  tajribadan 

biri  -  terrorizmga  qarshi  kurash  qo‘mitasining  faoliyatidir.  O‘zbekiston 

Prezidenti Islom Karimov Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining 

Istambul  sammitida  so‘zlagan  nutqida  (1999-yil  18-noyabr)  quyidagi 

takliflarni  bildirgan  edi:  "Xalqaro  terrorizmga  qarshi  kurash  markazini 

tashkil  etish  masalasini  keskin  qo‘yish  maqsadga  muvofiq  deb 

hisoblaymiz. 

Marazning asosiy vazifasi terrorizm ko‘rinishlari bilangina emas, eng 

avvalo,  xalqaro  terrorizmni  mablag‘  bilan  taxminlayotgan  qo‘llab-

quvvatlanayotgan,  qurol-yarog‘  bilan  ta'minlab,  joylarga  jo‘natayotgan 

manbalarga  qarshi  kurash  bo‘yicha  qabul  qilingan  qarorlarning  so‘zsiz 

bajarilishi  bo‘yicha  faoliyatlarni  muvofiqlashtirishdan  iborat  bo‘lishi 

lozim".

1

  Yurtboshimizning  mazkur  taklifiga  binoan,  BMT  Xavfsizlik 



Kengashi  doirasida  terrorizmga  qarshi  kurash  Markazi  ta'sis  etilib,  uning 

faoliyatin  nafaqat  terrorizmning  o‘ziga  balki  uning  yo‘ldoshi  bo‘lgan 

giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga, 

noqonuniy  daromadlarni  legallashtirishga,  yollanish  jinoyatiga  qarshi 

kurashga qaratildi.

2

 



 


Download 428.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling