O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi, toshkent davlat yuridik instituti
Jinoyatchilikka qarshi kurashda O‘zbekiston Respublikasining
Download 428.31 Kb. Pdf ko'rish
|
xalqaro jinoyat huquqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalqaro jinoyat huquqi normalarini O‘zbekiston qonunchiligiga implementatsiya qilish masalalari
Jinoyatchilikka qarshi kurashda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro hamkorligi
Mustaqillik sharofati o‘laroq, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro huquqning universal sub'ektiga aylandi. Bu esa, o‘z navbatida, davlatimizga xalqaro munosabatlarda o‘zining qonuniy huquqlarini erkin amalga oshirish, boshqa davlatlar bilan teng huquqlik, o‘z hududi ustidan va ushbu hududda mavjud bo‘lgan shaxslar ustidan (xalqaro huquqda tan olingan immunitetlar bundan mustasno) kabi huquqlarga ega bo‘lishi bilan birga, xalqaro hamjamiyati oldida inson huquqlarini hurmat qilish, xalqaro munosabatlarda xalqaro huquqning printsiplariga rioya qilish, xalqaro hamjamiyatiga nisbatan xavf tug‘dirmaydigan sharoitlarni yaratish singari majburiyatlarni yuklaydi. 3
1 Салимов К.В. Современные проблемы терроризма М. Гулт.1999, 28 с. 2 Резолюция 1373 Совета Безопастности ООН.// Международно-правовые документы по борьбе с терроризмом. -М.: Инфра-М., 2001. -С.12-13. 3 Saidov A.X. Xalaro huquq. Darslik. -T.: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi,2001.62-bet 44
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil suveren davlat ekan, uning hududida davlat hokimiyati ustuvor bo‘lib, Respublikamiz o‘z tashqi siyosatini o‘zi belgilaydi. Davlatimiz tashqi siyosatni yuritishda quyidagi asosiy ustuvorliklardan kelib chiqadi: - o‘z milliy davlat manfaatlari ustuvorligida o‘zaro manfaatlarni har tomonlama hisobga olish; - inson va davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda umuminsoniy qadriyatlarga ustuvorlik berib, O‘zbekiston xalqaro maydonda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, mojarolarni tinch yo‘llari bilan hal qilishni yoqlaydi; - O‘zbekiston tashqi siyosati teng huquqlik va o‘zaro manfaatdorlik tamoyillariga, ichki ishlariga aralashmaslik, mustaqil va suverenitetni cheklash mumkin bo‘lgan imkoniyatlarni bartaraf qiladigan tamoyillarga davlatlararo munosabatlarni mafkuradan holi qilish tamoyili asosida quriladi; - O‘zbekiston davlati ichki huquq oldida xalqaro huquq me'yorlarning ustuvorligini tan oladi, xalqaro-huquqiy standartlarga rioya qiladi;
- O‘zbekiston o‘zaro ishonch tamoyili bo‘yicha ikki tomonlama tashqi aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirish, xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlikni rivojlantirishni yoqlaydi. O‘zbekiston Respublikasining o‘z davlat mustaqilligini qo‘lga kiritishi xalqaro munosabatlarga ishtirok etish, jahon hamjamiyatiga integratsiya qilish imkoniyatini berdi. Uzoq yillar davomida sobiq sho‘rolar girdobi ostida ostidagi mamlakatimiz hom-ashyo etkazib beruvchi birlik sifatida baholanib, o‘zga davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish imkoniyatidan mahrum edi. Bugungi kunda mustaqillik sharofati bilan xalqning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi ro‘yobga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi dunyo hamjamiyatiga o‘z boru-mavqeini mustahkamlash sari intilib bormoqda Istiqlol yillarining tarixan qisqa, ammo g‘oyatda sermazmun yillari davomida yurtimizda ulkan g‘alabalar ko‘lga kiritildi Hozir O‘zbekiston dunyodagi 120 ziyod davlat rasmiy diplomatik munosabatlar o‘rnatgan, 165 davlat O‘zbekistonni tan olgan, Toshkentda 35 mamlakatning rasmiy diplomati elchixonalari faoliyat ko‘rsatib turibdi. shuningdek, O‘zbekiston to‘la huquqli asosda eng obro‘li va nufuzli xalqaro tashkilotlar tarkibiga kirgan bo‘lib, barcha qit'alardagi o‘nlab mamlakatlar bilan do‘stona aloqalarni rivojlantirib bormoqda. Eng yirik bank va moliya organlari, nodavlat va noxukumat tashkilotlar bilan 45
yaqindan yaqin hamkorlik qilmoqda. Respublikada 88 ta chet el davlat vakolatxonalari ro‘yxatdan o‘tgan 24 hukumatlararo tashkilotlar ishlab turibdi. O‘tgan yillar mobaynida respublika ko‘plab juda muhim xalqaro hujjatlarga qo‘shildi. Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganlaridek, " Biz mustaqillik taraqqiyot yo‘lida o‘n to‘rt yildan buyon keng ko‘lamli islohotlarni izchillik bilan olib bormoqdamiz. Bu borada biz tanlangan model, jamiyat hayotini erkinlashtirish jarayonlari amalda o‘zini oqlaganligi ko‘p ko‘p misollarda ko‘rishimiz qiyin emas. Bu hayotimiz deyarli barcha jabhalarda o‘z tasdig‘ini va isbotini topgan, ko‘pchilik tomonidan tan olingan haqiqatdir". 1
Milliy istiqlol buyuk sharofati bilan mamlakatimizni xalqaro jinoyatchilik illatiga qarshi kurash borasidagi davlatlar hamkorligida ishtirok etish, insoniyat boshiga tushgan mazkur kulfatga barham berish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Qisqa davr mobaynida O‘zbekiston bir xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurash
borasida o‘nlab xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilib, tegishli xalqaro tashkilotlar doirasida faol ishtirok etmoqda. Zero, xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi davlatlar hamkorligining turli tuzilmalarida ishtirok etish bugungi kunda turli xil jinoiy parast guruhlarning, ayniqsa terrorchilik va ekstremistik tusdagi guruhlarning nishoniga aylangan O‘zbekiston uchun bag‘oyat muhim ahamiyatga ega. Ma'lumki, mamlakatimizda sodir etilgan qo‘poruvchilik harakatlari, O‘zbekistonda amalga oshirilgan terrorchilik faoliyatining eng yuqori cho‘qqisi bo‘lgan Andijon voqealarning barchasi trasmilliy uyushgan jinoyatchilikning bir ko‘rinishlari bo‘lganligi, transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida bir davlat kuchi bilan engib bo‘lmasligi, terrorchilik, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi bugungi
kunda umumbashariy tus olganligini hisobga olgan xolda, O‘zbekiston uchun nafaqat universal, balki mintaqaviy va submintaqaviy xalqaro hamkorlik tuzilmalarida ishtirok etishning dolzarbligini belgilaydi. Xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurash borasida O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qo‘shilib, uning organlari va turli xil dasturlarida ishtirok etayotganligi tahsinga sazovor. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyada ta'kidlaganidek, "Tub tarixiy o‘zgarishlar davrida hozirgi dunyoning o‘zaro aloqasi va bir-biriga boliqligi ortib borayotganligi ravshan ko‘rinib turibdi. Ayni shu paytda umuminsoniy
1 Karimov I.A. Yangi hayotni eskicha qarash va yondaShuvlar bilan qurib bo‘lmaydi./Xalq so‘zi.17-fevral 2005-yil 46
muammolarni o‘rganish va hal qilishda jahon miqyosidagi siyosiy vosita sifatida BMTning dunyo ko‘lamidagi roli va ahamiyati oshib bormoqda. Barcha davlatlar tan olgan mustaqil O‘zbekiston endilikda BMTning to‘la huquqli a'zosi bo‘lib qolayapti". 1 O‘zbekiston Respublikasi xalqaro huquqni taraqqiy etish borasidagi BMTning barcha tashabbuslarida ishtirok etmoqda, yurtboshimiz I.A.Karimov tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar so‘ngra o‘z xalqaro-huquqiy ifodasini topib, jinoyatchilik illatining turli ko‘rinishlarga qarshi kurashda o‘z samarasini bermoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Mamlakatimiz rahbari Evropada Xavfsizlik va hamkorlik Kengashining Istambul sammitida so‘zlangan nutqida "terrorizmga qarshi kurash markazini tashkil etish masalasini keskin qo‘yish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Markazning asosiy vazifasi terrorizm ko‘rinishlari bilangina emas, eng avvalo, xalqaro terrorizmni mablag‘ bilan ta'minlayotgan, qo‘llab- quvvatlayotgan, qurol-yarog‘ bilan ta'minlab joylarga jo‘natayotgan manbalarga qarshi kurash bo‘yicha qabul qilingan qarorlarni so‘zsiz bajarilishi bo‘yicha faoliyatlarini muvofiqlashtirishdan bo‘lishi lozim". Ushbu markazni tashkil etish g‘oyasi Prezidentimiz tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyada 2000-yil sentyabr oyida so‘zlangan nutqida takroran bildirilgan. Ma'lumki, 2001-yil 11-sentyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarida amalga oshirilgan qo‘poruvchilik harakatlaridan so‘ng, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi tomonidan 1373-sonli rezolyutsiya qabul qilinib, ushbu rezolyutsiyada terroristik faoliyatni moliyalashtirish qat'iy taqiqlanishi, terrorchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘larni yig‘ishga qaratilgan har qanday davlat hududiga faoliyat jinoiy deb topilishini huzurida terrorizmga qarshi kurashga ixtisoslashgan maxsus organ ta'sis etilishi nazarda tutildi. 2
xalqaro hamkorligi nafaqat, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va u bilan bo- liq faoliyatni qamrab oladi. Bugungi kunda mamlakatimiz jinoyatchilikka qarshi kurash borasida sermazmun faoliyat olib borib, bu borada Evropa ittifoqi bilan olib borilgan hamkorlik rishtalari alohida ahamiyat kasb etadi. Jahon
hamjamiyati intergartsiyalashuvning tarkibiy qismi
davlatlarning turli
mintaqaviy birlashmalari bilan aloqalarni rivojlantirishdan iborat bo‘lib, bu yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasi
1 O‘zbekiston Respublkasi Prezidenti I.A. Karimovning BMT Bosh Asssambleyasining 48-ssesiyasdagi ma'ruzasi.-T.: O‘zbekiston,1993.5-bet. 2 Резолюция 1373 Совета Безопастности Организации Объединённqх Наций о борьбе с международнqм терроризмом. // Дипломатический вестник.2001.№10.-С.88 47
mintaqaviy xalqaro tashkilotlar jumladan, chunonchi, Evropa Ittifoqi, EXHT, NATO, EKO, OIK, Qo‘shilmaslik harakati va boshqalar bilan ham samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Bular orasida Evropa Ittifoqi bilan O‘zbekiston o‘rtasida munosabatlarni rivojlantirishda bir qancha muhim ishlar amalga oshirildi. 1996-yilning fevral oyida Evropa Ittifoqi Kengashi sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risida Bitim tuzish yuzasidan O‘zbekiston bilan tashqi ishlar vazirligi darajasida muzokaralar ushlash haqida qaror qabul qildi va shu yilning 21-iyul kuni Italiya Respublikasining Florentsiya shahrida sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim Evropa Ittifoqi a'zo-davlat vakillari, evropa komissiyasi rahbari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolandi. Yurtboshimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek, "Evropa Ittifoqi bilan sherikchilik va hamkorlikni biz O‘zbekistonning xavfsizligi va taraqqiyotining ta'minlanishiga qo‘shilgan yana bir hissa deb hisoblaymiz. Chunki bu sherikchilik iqtisodiy, madaniy, ilmiy sohalar bilan bir qatorda, siyosiy sohasini ham nazarda tutadi. Bu hujjat hamkorlik qilishning mutlaqo yangi bosqichini boshlab beradi, O‘zbekiston, evropa Ittifoqi va unga a'zo bo‘lgan mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning huquqiy negizini yaratadi, iqtisodiy, texnikaviy, madaniy aloqalar uchun keng imkoniyatlar ochadi, muntazam siyosiy muloqot uchun institutsional asos yaratadi". 1
aloqalarni mustahkamlash, integratsiya yo‘lidan borish uchun tomonlarga xizmat qiluvchi demokratiya va ozor iqtisodiyoti tamoyillarga rioya qilish tarafdori ekanligining ifodasi bo‘lib, jinoyatchilikka qarshi kurash kurashga bir qator masalalar bo‘yicha kelishuvlar nazarda tutildi. O‘zbekiston va Evropa Ittifoqi qo‘yidagi sohalarda hamkorlik qilishga kelishdilar: pullarni legallashtirishga qarshi kurash,
noqonuniy migratsiyaning oldini olish, o‘z fuqarolarini topshirish (ekstraditsiya), giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash. Mazkur bitim doirasida Giyohvandlikka qarshi kurash rejasi qabul qilinishi kutilayotgan bo‘lib, mazkur reja oirasida birgalikda o‘qitish, yagona texnikaviy standartlarni shakllantirish, giyohvandlik vositalarini aniqlovchi turli uskunalar etkazib berilishi nazarda tutildi. 2
Bugungi kunda O‘zbekiston hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasidagi davlatlar bilan o‘zaro hamkorlik rishtalarini shakllantirishtirish dolzarb vazifaga aylandi. MDH Nizomining muqaddimasida e'tirof
1 Karimov I.A O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida : xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.-T.: O‘zbekiston,1997. 303-bet. 2 Batafsil qarang: Jo‘raev R.Evropa Ittifoqi huquqi.-T.: TDYI, 2004.52-bet. 48
etilishicha, uning tuzilishidan asosiy maqsadalar bo‘lib, umumiy sa'i- harakatlar bilan o‘z xalqlarning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga erishish, millatlararo tinchlik va fuqarolik tinchlikni ushlab turish, shuningdek, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta'minlashda o‘zaro hamkorlik qilish, Hamdo‘stlik doirasida hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish va ularning samaradorligini oshirishdan iborat. MDH doirasida hamkorlik qurolli nizolarni bartaraf etish, yadroviy xavfsizlikni ta'minlash, tashqi chegalarida barqarorlikni ta'minlash, atrof-muhitni ximoya qilish kabi sohalarda hamkorlik qilish nazarda tutilgan. MDH Rossiya taklifiga binoan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti huzurida kuzatuvchi maqomini qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tuzilgan bir qator davlatlar bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi ikki tomonlama shartnomalar nazarda tutilgan. "Jinoyatchilikka qarshi kurash to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasida tuzilgan shartnomada, taraflar bir qator sohalar jumladan xalqaro terrorizm, kontrabanda, insonlarni sotish, sohalari kabi hamkorlik qilishga kelishdilar (2-moddasi). Shartnomaning 8-moddasida taraflar jinoyatlarni fosh etishga va oldini olishga ko‘maklashadigan axborot bilan ayirboshlash, dastlabki tergovni amalga oshirilishiga ko‘maklashish, daxldor shaxslar, korxonalar, muassasalar faoliyatini o‘rganish, shaxslar, ashyo va hujjatlarni tekshirish orqali, tezkor qidiruv tadbirlarning amalga oshirish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni bajarish, uyushgan jinoiy guruhlar faoliyatiga barham berishga qaratilgan o‘zaro muvofiqlashtirilgan tadbirlarni amalga oshirish, o‘zaro tajriba almashish, qonun va boshqa normativ hujjatlar bilan ayirboshlash to‘g‘risida kelishdilar. Shunga o‘xshash qoidalarni "Jinoyatchilikka qarshi
kurashda hamkorlik qilish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Moldova Respublikasi o‘rtasidagi Bitimda ham ko‘rishimiz mumkin. 1
yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalardan farqli ravishda ancha tor huquqiy munosabatlarni tartibga soladi. O‘zbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasi o‘rtasidagi "Jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida"gi shartnomada 2 shaxs va ashyolarni identifikatsiya qilish, hujjatlarni shu jumladan shaxslar kelishini talab etayotgan hujjatlarni berish, jinoyat va sud materiallarni, ma'lumotlar, hujjatlar va
1 Jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Moldova Respublakasi o‘rtasidagi Bitim. Arxiv MID Respubliki Uzbekistan. 2 Договор между Республкой Узбекистон и Республикой Индия о взаимной правовой помощи по уголовным делам. Архив МИД Республики Узбекистан. 49
boshqa materiallar taqdim etish, mulkni berib yuborish, ashyoviy dalillarni taqdim etish, shaxslardan ariza va guvohlik ko‘rgazmalarini olish, tintuv va olib qo‘yish, tergov harakatlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni bajarish, guvohlik ko‘rgazmalarining berilishi ta'minlash, shu jumladan qamoqqa olingan shaxslar bilan tergov harakatlarni o‘tqazishda yordam berish, jinoyat natijasida orttirilgan mol mulkning joylashishini aniqlash, ro‘yxatdan olish va musodara qilish huquqiy yordam turlari sifatida e'tirof etildi. Surishtiruv va dastlabki tergov davomida amalga oshirilish lozim bo‘lgan protsessual harakatlarni bajarishda ko‘maklashish huquqiy yordam tushunchasini ifoda etishi O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi "Fuqarolik, oila va jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida"gi shartnomada (4-modda), 1 O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Turkiya Respublikasi hukumati o‘rtasida tuzilgan fuqarolik, savdo masalalari va jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risida"gi shartnomada (25-modda) ko‘rishimiz mumkin.
2
Xalqaro jinoyat huquqi normalarini O‘zbekiston qonunchiligiga implementatsiya qilish masalalari
Bugungi kunda insoniyat tomonidan fan va texnika sohasida zabt kiritilayotgan olamshumul cho‘qqilar bilan birga, transmilliy uyushgan jinoyatchilikning jahon miqyosida yoyilish xususiyati yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Xalqaro terrorizm, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi, qurol-aslahalarning pinhona savdosi kabi illatlar tobora xavfli tus olib, insoniyat tinchligi va xavfsizligiga g‘oyatda jiddiy tahdid sifatida yuzaga chiqmoqda. Amaliy materiallarga qaraganda, faqat terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan transmilliy uyushgan jinoiy guruhlarning soni taxminan 500 taga etib, ular tomonidan bir yilda sodir etiladigan terroristik xurujlarning soni 1500 tashkil qilmoqda. Kriminolog-olimlar bashorat qilishlaricha, ushbu sonlar yiliga 300 foizga oshib boradi. 3
1 Договор между Республикой Узбекистан и Республкой Казахстан о правовой помощи и правовым отношениям по гражданским семейным и уголовным делам.Аламты 2 июня 1997 года. Ратифицировано постановлением Олий Мажлиса Республики Узбекистан 31.08.2000года №126-II. . Архив МИД Республики Узбекистан. 2 Договор между Республкой Узбекистан и Турецкой Республикой о вазимной правовой помощи по вопросам гражданства, торговли ва уголовным делам. Анкара,23 июня 1994 года. Ратифицровано Постановлением Олий Мажлиса от 23 сентября 1994 года №2026-XII. Архив МИД Республики Узбекистан. 3 Трунов В.Г. Актуальные проблемы борьбы с терроризмом.// Государство и право.2001.№3.-С.51. 50
Xalqaro jinoyatchilikning umumbashariy xususiyat kasb etib borayotgan bir pallada davlatlararo hamkorlikni mukammallashtirishdagi sa'i-harakatlarni yanada kuchaytirishdir dolzarb vazifa bo‘lib turibdi. Xalqaro maydonda ikkitomonlama standartlarga, tashqi siyosatni tor ma'noda sub'ektiv yondashish, yagona aksiljinoyat xalqaro siyosat shakllantirish jarayonlardan bo‘yin tovlashga barham bermay turib, transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida sezilarli yutuqlarga erishib bo‘lmaydi. Bu borada xalqaro jinoyat huquqi ulkan ahamiyat kasb etadi. Mazkur institut xalqaro huquqqa xos bo‘lgan tartibga solish, muvofiqlashtirish kabi funktsiyalar orqali uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda umumiy qabul qilingan xulq-atvor standartlarni belgilab, ularning ro‘yobga chiqishini ta'minlaydi. Professor A.X. Saidov yozishlaricha, " ushbu funktsiyalarsiz davlatlarning jahon hamjamiyati bilan munosabatlari va birgalikda mavjudligini tasavvur qilishning imkoni yo‘q". 1
Ma'lumki, xalqaro jinoyat huquqi xalqaro huquqning nisbatan yosh instituti hisoblanadi. Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashga oid xalqaro-huquqiy normalarning majmui taxminan 19 asrdan vujudga kela boshlab, muqaddam jinoyatchilarni ushlab berish, sudlovga tegishlilik jinoyat qonunning vaqt va hududda amal qilishi kabi masalalarni qamrab olardi. Hozirga kelib, xalqaro jinoyat huquqi tobora kengayib, uyushgan jinoyatchilikning turli
ko‘rinishlariga qarshi
kurashga doir
shartnomalardan tortib, xalqaro jinoyat sudi faoliyatiga oid huquqiy normalardan iborat. Umuman olganda, zamonaviy xalqaro jinoyat huquqi jinoyatchilikning oldini olish, jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va jazo muqarrarligini ta'minlashga qaratilgan davlatlararo hamkorlik kabi kompleks sohalarni o‘z ichiga oladi. Bugungi kunda ro‘y berayotgan xalqaro jinoyatchilikning bir davlat doirasidan chiqib ketishi, xalqaro ahamiyatga molik jinoyatlarning sodir etish holatlarining tezkor sur'atlarda o‘sib borishi barcha davlatlardan bir kuch sifatida bir kuch sifatida harakat qilishni, xalqaro shartnomalar asosida xalqaro va milliy qonunchilikni uyg‘unlashtirib borishni talab qilmoqda. Zikr etilgan salbiy jarayonlar xalqaro jinoyat huquqining tartibga solish va muvofiqlashtirish funktsiyalarining ahamiyatni yanada oshiradi. Bu holat ayrim olimlar tomonidan davlatlar jinoiy qonunlaridagi tafovutlarga barham berish xalqaro jinoyat huquqining asosiy vazifasi deb e'tirof etishishga asos yaratdi3. Bizningcha, xalqaro jinoyat huquqi asosida amalga oshirilayotgan o‘zaro huquqiy yordamning ham ulkan ahamiyatga
1 Saidov A.X. Xalqaro huquq. -T.: Adabiyot jamg‘armasi, 2001. 19-bet. 51
molik ekanligini e'tirof etgan holda, davlatlar jinoiy qonunchiligini birhillashtirish jarayonining muhimligini inkor etish qiyin. Xalqaro jinoyat huquqi doirasida amalga oshirilayotgan milliy jinoiy qonunlarni birhillashtirish jarayoni xalqaro shartnoma va xalqaro tashkilotlarning qarorlarini davlatlar tomonidan o‘z qonunchiligiga singdirish (implementatsiya) orqali amalga oshiriladi. Xalqaro huquqda implementatsiya hodisasi eng munozarali masalalardan biri bo‘lib, bugungi kunda olimlar ahli orasida bu borada yagona fikrga kelingani yo‘q. Tadqiqotchilar tomonidan implementatsiyaning xalqaro-huquqiy (xalqaro shartnomalarni tuzish va xalqaro tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirib borish) va milliy huquqiy mexanizmi (xalqaro huquqiy me'yorlarni milliy amaliyotga joriy etishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy choralarning majmui) ajratilmoqda. Shu munosabat bilan, nazarimizda, bu borada o‘zbekistonlik olima G. Yuldasheva tomonidan aniqroq tushuncha berilib, uning fikricha, xalqaro huquq normalarining implementatsiyasi - xalqaro huquqqa muvofiq xolda olingan majburiyatlarni to‘laligicha o‘z vaqtida bajarish maqsadida individual va jamoa tarzida yoxud xalqaro tashkilotlar doirasida davlatlarning aniq yo‘naltirilgan faoliyatidir. Olima tomonidan ham xalqaro huquq normalari implementatsiyasining xalqaro va milliy mexanizmlariga turkumlanmoqda. Tahlillardan ma'lum
bo‘lishicha, davlatlarning milliy qonunchiliklarida xalqaro jinoyat huquqi normalari nafaqat jinoyat kodeksi, balki maxsus qonunlar orqali implementatsiya qilinadi. Misol uchun, noqonuniy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash borasidagi xorijiy davlatlarning qonunchiligi jinoyat kodeksidagi normalar, noqonuniy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashga doir maxsus qonundagi normalar va aynan narkobiznes natijasida olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashga oid qonundagi normalardan iborat. Bundan maqsad, muayyan jinoiy qilmish uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi bilan chegaralanib qolmasdan, balki ushbu qilmishga qarshi kurashning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmni yaratishdir. Garchi, hozirda xalqaro jinoyat huquqi normalarini implementatsiya qilish borasida davlatlarning harakatlari ancha faollashib ketsada, bu sohada surunkali xarakterga ega ko‘plab muammolar mavjud. Ichki jinoiy qonunchiligidagi nomukammaliklar, bir jinoiy qilmishga qarshi kurashga oid davlatlar qonunchilikdagi tafovutlar hanuz saqlanib qolib, milliy darajada jinoyatchilikka bardosh berishga yalpi siyosatning amalga oshirish imkoniyatini bermayapti. Vaziyatni og‘irlashtiradigan omillardan biri -bugungi kunda umumbashariy tus olib borayotgan ayrim g‘oyatda
52
xavfli qilmishlarga yagona xalqaro-huquqiy tushunchasi berilmaganligidir. Ma'lumki, xalqaro terrorizm, agressiya kabi xalqaro jinoyatlarning ta'riflash masalasi huquqshunoslik fanida hal qilingani yo‘q va ularni sodir etgan shaxslarning javobgarlikdan qutulishiga zamin yaratmoqda. Shubhasiz, xalqaro jinoyat huquqi doirasidagi unifikatsiyalashtirish jarayonlarini jadallashtirish insoniyat tinchligi va xavfsizligi ta'minlashda ob'ektiv zarurat bo‘lib qolmoqda. Yuqorida zikr etilgan barchasi O‘zbekiston Respublikasi uchun g‘oyatda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘z davlat mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq jahon hamjamiyatiga integratsiya qilish hamda nafaqat xalqaro hamkorlikdan iqtisodiy-ijtimoiy naf ko‘rish balki mintaqa va umumbashariy xususiyat kasb etib borayotgan muammolarni bartaraf qilishga mustaqil suveren davlat sifatida o‘z ulushini qo‘shishiga intilayotgan O‘zbekiston uchun xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashda barcha kuch-qudratini safarbar etish hayot-mamot ahamiyatini kasb etib turibdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning e'tirof etishicha, "Biz sa'i-harakatlarimizni birlashib, eng asosiy qoida hozirgi zamon jamiyat taraqqiyotining bebaho boyligini, hatto mintaqada barqarorlikni o‘rnatishning muhim sharti sifatida inson huquqlari va erkinliklariga hurmat va ehtiromni mustahkamlashimiz kerak. Biz siyosiy va iqtisodiy islohotlarni olg‘a siljitishimiz, narkobiznes va terrorizmga, mintaqaviy va jahon hamkorligi jarayonlari rivojiga xalaqit beradigan barcha illatlarga qarshi kurashishimiz lozim". 1
O‘zbekiston Respublikasi istiqlol yillarining qisqa, ammo g‘oyatda sermazmun yillari transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida davomida salmoqli faoliyat olib borilgan bo‘lib, jumladan xalqaro jinoyat huquqi doirasida tuzilgan universal shartnomalarning majmui ratifikatsiya qilindi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi tomonidan terrorizmga qarshi kurash borasida tuzilgan 12 universal Konvensiya, "Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi
kurash to‘g‘risida"gi 1988-yilgi Konvensiya, Giyohvandlik vositalari bo‘yicha 1961-yilgi Yagona Konvensiya, "Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to‘g‘risida"gi Konvensiya ratifikatsiya qilindi. Shuningdek, mamlakatimizda ratifikatsiya qilingan shartnomalarning milliy amaliyotda singdirish mexanizmi shakllanmoqda. O‘zbekiston Respublikasida xalqaro shartnoma mazmuniga qarab, ichki davlat akti xalqaro majburiyatlarni joriy qilishni kelgusi huquq ijodkorligi bilan bog‘laydi yoxud
1 Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir.-T.3.-T.: O‘zbekiston,1996.-72-bet. 53
bog‘lamaydi. Xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilish akti xalqaro shartnomani joriy qilishni bildirmaydi. U yoki bu xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilish akti bo‘yicha ular davlat ichida yuridik kuchga ega bo‘lmaydi. Xalqaro-huquqiy normalarni joriy qilish uchun davlatning aniq bir huquqiy ijodkorligi zarur. 1
Ta'kidlash lozimki, xalqaro jinoyat huquqi normalarini milliy qonunchilikda implementatsiya qilishda har tomonlama tashkiliy-huquqiy mexanizmni yaratish tajribasidan O‘zbekiston Respublikasida ham foydalanildi. Xalqaro terrorizm, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi, noqonuniy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishiga qarshi
kurash mamlakatimizda nafaqat shunchaki Jinoyat kodeksida, balki maxsus qonunlar asosida amalga oshiriladi. Ushbu qonunlarda vakolatli davlat organlari va ularning vazifalari, profilaktika choralari,xalqaro hamkorlikka doir choralar belgilanib, mazkur normativ hujjatlar muayyan jinoyat turiga qarshi kurashni samarali ravishda muvofiqlashtirib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasida xalqaro jinoyat huquqi normalarini implementatsiya qilishda ko‘lga kiritilgan dastlabki yutuqlarni ijobiy baholagan holda, bizningcha, bu boradagi so‘ngi chora-tadbirlarning fursati etildi. Ana shu sababli, bizningcha, mamlakatimizda uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to‘g‘risidagi maxsus qonun qabul qilinib, unda
uyushgan jinoyatchilikning tushunchasi, mutasaddi davlat organlarining o‘rni va vakolatlari, jamoatchilik bilan ishlash tartibi, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining imtiyoz va kafolatlari, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashga doir qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik va xalqaro hamkorlikka doir choralar belgilanib olinishi kerak. Zero, ushbu qonunni qabul qilish zaruriyati nafaqat ichki sabablar bilan, balki xalqaro hamkorlik doirasida uyushgan jinoyatchilikka qarshi belgilangan choralardan kelib chiqadi. Ma'lumki, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari o‘rtasida "Uyushgan jinoyatchilik to‘g‘risida"gi Namunaviy qonun qabul qilinib, ushbu qonunda uyushgan jinoyatchilik tushunchasi va uning tarkibiy unsurlariga tushuncha berilgan, uyushgan jinoiy guruhlarni tuzish uchun javobgarlik belgilangan, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida vakolatlarini amalga oshiradigan davlat organlarining vakolatlari, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashning samaradorligini ta'minlaydigan maxsus tezkor qidiruv chora
tadbirlarning majmui
belgilangan, Bu
qonun qoidalari
1 Batafsil qarang: Odilqoriev X.,Matkarimova G.A. Xalqaro va milliy huquq: o‘zaro munosabat hamda ta'sir.// Davlat va huquq.2000.1.65-bet. 54
Hamdo‘stlikdagi davlatlar qonunchilik tizimiga deyarli singdirilmagan. Aynan shu sababli mutaxassislarning e'tirof etishicha, bugungi kunda MDH davlatlari qonunchiliklarida birhillashtirish emas, balki keskin farqlaydigan qonunlarni qabul qilishda ifodalanadigan uzoqlashish jarayonlari yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Shundan kelib chiqib, jinoyatchilikka qarshi kurashga oid maxsus qonunni qabul qilish nafaqat milliy ehtiyojdan kelib chiqqan
qadam, balki
xalqaro majburiyatlarimizning bajarilishi hamdir. |
ma'muriyatiga murojaat qiling