O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev


Download 0.85 Mb.
bet66/109
Sana08.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#246451
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   109
Bog'liq
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M

Otalikni tan olganlik fakti - 1968-yilning 1-oktabrigacha tu­g'ilgan bolalarga nisbatan bolaning otasi deb taxmin qilinadigan shaxs vafot etgan taqdirdagina manfaatdor shaxsning arizasiga binoan qo'zg'atilgan ish tushuniladi va bunday ariza alohida ish yuritish tartibida ko'riladi. Bunday bolalarga nisbatan otalik cud tartibida belgilashga yo'l go`yilmaydil.

Oila kodeksining 62-moddasiga muvofiq bunday dalillarga qu­yidagilar kiradi: bolaning onasi bola tug'ilishiga qadar javobgar bilan birga yashaganligi va umumiy ro'zg'or yuritganligi yoki ular bolani birgalikda tarbiyalaganliklari yoxud ta'minlab turganliklarini, yoki javobgarning otalikni tan olganligini aniq tasdiqlovchi boshqa dalillar.



Amaldagi qonunda sanab o'tilgan holatlar erkak va ayol o`rta­sidagi munosabatda amaliy oilaviy munosabatni nazarga olmasdan, faqat qonuniy asosda oila qurishga qaratilgan maqsad bo`lishini qo'­riqlaydi.

Shu bilan birga, otalikni belgilashda sanab o'tilgan barcha holat­larning birgalikda bo'lishi talab etilmaydi, balki ulardan faqat birortasi bo'lsa ham kifoya.



A) Bolaning onasi bola tug'ilishiga qadar javobgar bilan birga yashaganligi va umumiy ro'zg'or yuritganligi. Ushbu holatda bola­ning ota-onasi doimo birga turganligi e'tiborga olinib, qoida bo'yicha onaning homiladorlik davrida umumiy-ro'zg'or ishlarini birgalikda olib borganliklari nazarda tutilib, birgalikdagi daromadlar va xara­jatlar, uy-ro'zg'or buyumlarini olishlik, turmushda o'zaro yordam va boshqalar tushuniladi (ba'zi vaqtda ular bir turar joyda yashamas­liklari ham mumkin). Masalan, talabalar yoki yosh xodimlar har xil yotoqxonalarda yoki xonalarda yashasalarda katta bo'lmagan umumiy «uy xo`jaligiga» ega bo'lishlari mumkin. Muhimi shundaki, bolaning

--------------------------------------------162------------------------------------



onasi va javobgar o'rtasidagi oilaviy-maishiy aloqalar bola tug'ilgu­niga qadar, aniqrog'i ona homilador bo`lishi davrida bo'lishi lozim. Agar bu aloqalar bola paydo bo'lguniga qadar tugagan bo'lsa, ular

otalikni o`rnatish uchun asos bola olmaydi.

B) Ular bolani birgalikda tarbiyalaganliklari yoxud ta'minlab turganliklari. Agar birinchi chart ikki zarur fakt - birga yashash va umumiy ro'zg'or yuritishning qo'shilishidan tarkib topgan bo'lsa, ikkinchi chart esa faqat bolani birgalikda tarbiyalaganlik yoxud ta'minlab turganlik holatlarini o'z ichiga oladi. Bolani tarbiyalash uni ta'minlash bilan birga bo'lmasligi ham mumkin. Bu faqat otasi to­monidan bo`lmasdan (u oliy o'quv yurtida o'qiydi), onasi tomonidan ham bo'lishi mumkin, masalan, agar onani va uning bolasini ota-onasi ta'minlab turgan bo'lsa (buva va buvi). Otalikni belgilash nizosini ko'rishda sud uchun otani bolani tarbiyalashda ishtirok etganligi yetarlidir. Teng asosda faqat ta'minotni berishlik (tarbiyalashda ishti­rok etmasa ham) otalikni belgilash uchun yetarlidir. Biroq bolaning onasi uchun berilgan har qanday moddiy yordam ham otalikni isbotlash uchun tegishli asos bola olmaydi (moddiy yordam bolaning onasi bilan samimiy munosabatda bo'lgan do'stining xotirasi uchun berilgan yordam ham bo`lishi mumkin. Moddiy jihatdan ta'minlab yurgan shaxs bola o'ziniki eka.nligini bilishi va bolaning otasi sifatida harakat qilishi lozim. Ta minot berayotgan shaxs bola o'z farzandi va u ota sifatida harakat gilayotganligini bilishi lozim.

Qoida bo'yicha ta'minot deganda bolaning doimiy ta'minoti uchun vaqti-vaqti bilan berib turilgan moddiy yordam tushuniladi.

Otalikni sud tartibida belgilash huquqi da'vo muddati bilan o'tib ketmaydi, shuning uchun qancha vaqt o'tmaslik, bu to'g'risida da'vo gilish mumkin.

V) Javobgarning otalikni tan olganligini aniq tasdiglovchii bosh­qa dalillarni e'tiborga olish.

Bu asosning oldingilaridan farqi shundan iboratki, javobgar ota­likni rad etsa ham, otalikni tasdiqlovchi obyektiv faktlar mavjud bo'­ladi. Javobgar tomonidan otalikni tan olishlik subyektiv (ya'ni, ongli va erkli) holat bo'lib, ma'lum harakatlarda ifodalanadi: so`zlab berish, xatlar va hujjatlarda bunda ehtimol gilinayotgan ota o'z bolani ekan­ligini tan oladi. Bunday tan olishlik onaning homiladorlik davrida, shuningdek, bola tug'ilgandan keyin ham bo`lishi mumkin. Uning

----------------------------------------------163------------------------------------

qarindosh-urug'lar, do'stlar, qo'ni-qo'shnilar, birga ishlovchilar va mansabdor shaxslar bilarn bo`lgan suhbatlarda bolaning otasi ekanligi­ni tan olishi javobgar tomonidan otalikni tan oluvchi dalil bo`lib hi­soblanadi.

Otalikni belgilash ishlari da'vo ishini yurgizish va alohida tar­tibda ko `riladi.

Ishda ishtirok etish uchun ariza beruvchi, bolaning onasi yoki uning vasiysi va manfaatdor fuqarolar hamda tashkilotlar jalb etilishi mumkin. O`lganning xotini va garindosh-urug`lari manfaatdor shaxs­lar bo'lib hisoblanadi.


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling