O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev


-§. Bolaning nasl-nasabini belgilash


Download 0.85 Mb.
bet64/109
Sana08.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#246451
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   109
Bog'liq
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M

1-§. Bolaning nasl-nasabini belgilash

Ota-ona va bolalarning bir-biriga nisbatan huquq va majburi­yatlari bolaning nasl-nasabiga qarab belgilanadi.



Ota-ona va bolalar o'rtasidagi huquqiy munosabatlarni kelib chi­qishiga asos bo'lib bolaning otadan paydo bo`lganligi va onadan tug'ilganlik yuridik fakti qonun bilan belgilangan tartibda bo'lishligi lozim.

Oila kodeksining 60-moddasiga binoan, bolaning shu onadan tug'ilganligi (onalik) Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) organi tomonidan, bola tibbiy muassasaning hujjatlariga asosan agar, bola tibbiy muassasada tug'ilmagan holda boshqa dalil­larga asosan belgilanadi.

Agar bola tibbiy muassasadadan tashqari joyda tug'ilgan bo`lsa, u holda bu yuridik fakt guvohlar ko`rsatmalari va boshqa dalillar bilan belgilanadi.

Ayolning nikoh tuzilgandan keyin yoki Brining vafoti, nikohdan ajratilganligi yoxud nikoh haqiqiy emas deb topilganligi tufayli nikoh tugaganidan song uch yuz kun ichida tug'ilgan bolasi nikohda tu­g'ilgan bola hisoblanadi.

Bola bilan uni onasi o'rtasida huqugiy munosabat uni qonuniy nikohda bo'lgan yoki bo`lmasligidan qat'iy nazar tug'ilish faktiga asoslanadi.

Bolaning otadan bunyod bo'lganligini belgilash anchagina murakkab.

Agar bola qayd etilgan nikohda tug `ilgan bo `lsa, onasi bilan ni­kohda bo'lgan shaxs uning otasi degan ehtimolga asoslaniladi. Bu shaxsni otaligi ehtimollikka asoslanib, ushbu faktni isbotlash shart emas.

FHDYO organi tomonidan berilgan bolaning tug'ilganligi to'g'­risidagi guvohnoma unda ko`rsatilgan ota-onadan bolaning paydo bo`lganligini isbotlovchi hujjat bo'lib hisoblanadi.

Agar bola nikoh tugagandan keyin uch yuz kun ichida tug'ilsa va bu davrda ayol yangi nikohga kirgan bo'lsa, bola yangi nikohda
-------------------------------------------158--------------------------------

tug`ilgan bo'lib hisoblanadi. Bunday hollarda sobiq er yoki uning ota­onasi bolaning nasb-nasabi xususida nizolashish huquqiga ega.

Bolaning haquqiy otasi, otalikni o'z xohishi bilan tan olishi mumkin, agar u buni inkor etsa, u holda otalik sud tartibida belgi­lanadi.

Otalikni tan olish fakti alohida sud tartibida belgilanadi. Man­faatdor shaxs otaliknii tan olish maqsadida ariza bilan sudga murojaat etishi mumkin. Manfaatdor shaxslar bolaning onasi, uning vasiysi (ho­miysi), voyaga yetgandan song bolaning o'zi hamda prokuror hisob­lanadi. Ariza boshqa manfaatdor shaxslar tomonidan ham berilishi mumkin.

Otalikni tan olish faktini belgilash to'g'risidagi ishda muayyan faktni belgilash unda qanday maqsadlar uchun zarur ekanligi arizada ko'rsatilishi lozim. Qoida bo'yicha otalikni tan olish fakti boquvchi­sini yo'qotgan vaqtda unga pensiya tayinlash, meros olish, ya'ni mulkiy huquglarni amalga oshirish maqsadida belgilanadi.

Sudning otalikni tan olish to'g'risidagi ajrimiga asosan bolaning tug`ilganligi to`g`risidagi dalolatnoma yozuviga ota to`g`risidagi ma'lumot yozilib, bolaga tug`ilganlik to`g`risida guvohnoma beriladi.
2-§. Ota-onaning arizasi bo'yicha bolaning
nasl-nasabini belgilash

Amaldagi qonunlarga asosan ayrim hollarda ota-onalar o'zaro yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan nikohda bo`lmasalar, u holda qo­nun bilan belgilangan tartibda o'z huquq va majburiyatlarini ixtiyoriy ravishda bajara olishlari mumkin.

Oila kodeksi 61-moddasining 1-gismiga muvofiq bolaning onasi bilan nikohda bo`lmagan shaxsning otaligi o'zining bolaning otasi deb tan olgan shaxs va onaning fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga birgalikda topshirgan arizasiga binoan belgilanadi.

Otalikni tan olish bolaning onasi bilan nikoh tuzish vaqtida ham bo`lishi mumkin. Bunday holatda otalikni qayd etishga faqat uning roziligi bo'lgandagina yo`1 qo'yiladi. Bolaning ota-onasini boshga shaxslar bilan nikohda bo'lishi otalikni ixtiyoriy tan olish uchun to'siq bo`lmaydi.

------------------------------------159------------------------------------



Nikohdan tashqari tug'ilgan bolaga nisbatan faqatgina muomala layoqatiga ega bo'lgan fuqaro tomonidan emas, voyaga yetmagan shaxs tomonidan ham otalikni tan olish mumkin. Ammo bu to'g'risida qonunda aniq qoida belgilanmagan. Qonun oldiga qo'yilgan maqsad voyaga yetmaganlarning otaligi va onaligini belgilab, favqulodda hol­larda ularga nikoh tuzish uchun yo`1 go`yib, alohida holatlarda ularga nikoh yoshini kamaytirish uchun imkon yaratishdan iborat. Biroq yoshi 17 yoshdan kam bo'lmagan shaxsning otaligi tan olinishi mum­kin, chunki nikoh yoshi kamaytirilganda shunga to `g `ri keladi. Otalik­ni tan olish qat'iy bo'lib hisoblanadi. U to'g'risida nizolashishga faqat sud tartibida yo`1 qo'yiladi.

Otalikni tan olishlik ota va bola o `rtasida, shuningdek, bolaning ota tomonidan garindoshlari bilan huquqiy munosabatni keltirib chiqaradi.

Otalikni ixtiyoriy tan olishlikda faqat otaning roziligi yetarli emas. Odatda buning uchun ona ham o'z roziligini bildirsa, ota va bo­la o'rtasida huquqiy munosabat vujudga keladi.

Oila kodeksi 61-moddasining 3-bandiga asosan, bolaning otasi sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo'lsa, vasiylik va homiylik organining rnxsati bilan otalikni belgilash to`g`risidagi arizani uning nomidan homiysi berishi mumkin.

Otalikni belgilash to'g'risidagi ariza bolaning tug`ilganligini qayd etish vaqtida, shuningdek, bola tug'ilganligi qayd etilgandan keyin ham berilishi mumkin. Agar er-xotin bola tug'ilgandan song otalikni belgilash to'g'risida birgalikda ariza berishining imkoni bo`1­ma_v qolishi yoki mushkul bo`lishni ko`rsatuvchi asoslar mavjud bo`1­sa, tug`ilajak bolaning o'zaro nikohda bo`lmagan ota-onasi shunday arizani ona homiladorlik vaqtida ham fuqarolik holati dalolatnomala­rini qayd etish organiga berishga haqli.

Otalikni belgilash rad etilganda, o'zini bolaning otasi deb tan olgan shaxs sudga shikoyat qilishi mumkin.

-------------------------------------------160---------------------------------3-§. Otalikni sud tartibida belgilash
Otalik hamma vaqt ham ixtiyoriy ravishda belgilanavermaydi. Nikohsiz tug'ilgan bolaning otasi undan voz kechib, otalikni qayd etishni inkor etadigan hollar ham bo'ladi. Bunday holatda bolalar manfaatini himoya qilib, sud tartibida otalikni belgilashga yo'l qo'yi­ladi. Oila kodeksining 62-moddasiga binoan otalikni sud tartibida belgilash ota-onadan birining yoki bolaning vasiysi (homiysi)ning yoxud bola kimning garamog`ida bo'lsa, shu shaxsning arizasiga, shuningdek, bola voyaga yetganidan keyin uning o`zi bergan arizasiga muvofiq amalga oshiriladi.

Otalikni belgilash bilan bog'liq masalalar da'vo ishini yuritish tartibida ko`riladi. Sud otalikni belgilash vaqtida javobgarning bola­ning otasi ekanligini aniq tasdiqlovchi dalillarga asoslanadi.

Otalikni belgilashda sudlar amaldagi qonunlar bilan birga O'zbe­kiston Respublikasi Oiiy Sudining 2001.-yil 1-iyundagi <
Qarorda ko'rsatilishicha, <zarur.



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling