5-§. Er va xotinning mashg'ulot turi, kasb
va turar joy tanlash huquglari
"Er-va xotinning har biri mashg'ulot turi, kasb va turish hamda yashash joyini tanlashda erklidir".
Oila kodeksining 22-moddasida belgilab go`yilgan mazkur qoida cr-xotinning birgalikda oilaviy masalalarni hal qilishdagi huquqlarini ta'minlashga qaratilgan. Oilada mashg'ulot turf, kasb tanlash masalalari kelishilgan holda hal qilinadi. Ammo bu masalalarni uzil-kesil hal qilish huquqi er-xotinning har biriga tegishli bo'ladi.
Er-xotin o'rtasidagi, ulardan birining huquqi va sha'nini kamsitadigan xatti-harakatlar huqugiy ahamiyatga ega bo'lmaydi. Er-xotindan har biri gizigishi, xislati, ijodiy qobiliyati, jismoniy rivojlanishiga qarab, o'ziga mos keladigan faoliyat turini tanlaydi. Er yoki xotin tanlagan kasb uni ganoatlantirib, oila ta.'minoti uchun mablag' topishga xizmat qilishi lozim. Er-xotindan birining tekinxo'rlik bilan kun kechirishi, oilaning moddiy ta'minotida o'z mehnati bilan ishtirok etmasligi ham nikohdan ajralish uchun asos bo'lishi mumkin.
Er-xotinning erkin kasb tanlash huquqi qonun bilan mustahkamlangan. Bu er-xotin o'z kasbi masalalarini (o'quv yurtida va kurslarda o`gishi, to'garaklarda ishtirok etishi va boshqalar) mustagil ravishda hal qilishni anglatadi. Bu masalalar voyaga yetmagan bolalar manfaatlarini hisobga oli.b hal qilinadi.
Er-xotinning birga yashashi bolalarni tarbiyalash, mustahkam oily qurish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Qonun har bir er-xotinga qaerda yashashni erkin hal gilish huquqini berib, bir yo`la ularni rag'batlantiradi. Qonunchilik bunday magsadlarga ko`maklashib, ulardan birortasi asosiy ish joyidan ko'chadigan bolsa, yo`1 puli to'lash, o`quv yurtini tamomlagan mutaxassislarni ishga taqsimlashda ularni yashab turgan joyida ishda goldirish va boshqa masalalarni hal etish tartibini belgilaydi.
Nikohda bolish er-xotinning birga turish majburiyatini aslo vujudga keltirmaydi. Undan tashgari, er-xotindan birortasining, ikkinchi tolnon uchun ham, - agar u bunga rozi bo'lmasa, - shunday huquqiy oqibatni vujudga keltirmaydi.
Er-xotinning turar joyiga qarab, ularning voyaga yetmagan farzandlari
--------------------------------------------------129------------------------------
VIII mavzu. ER VA XOTINNING MULKIY
HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |